Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi | Rasmiy kanali

Amudaryo_tumani_MMTB

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy telegram kanali!

Subscribers
982
Post views
507
ER
51,06%
Posts
2 318
October 29, 05:09

Ассалому алайкум
!
Туман
мактабгача ва мактаб таълими бўлими
барча
мактаб педагоглари, маъмурияти иштироки
да 2024-2025 ўқув йилида амалга оширилган ишлар, 2025-2026 ўқув йили I чорак якуни бўйича ZOOM орқали
умумий
(таҳлилий)
йиғилиш
ўтказади.
Йиғилиш таътил кунлари (тахминан 4-7-ноябр) да бўлиб ўтади.
Йиғилиш якунидан кейин барча
мактаблар педагогика кенгашини давом эттириш тавсия этилади.
Шу сабабли зал ёки синф хонасини, камера
(барча кўриниб турадиган)
,
микрофон
(овоз яхши эшитилиши, сўзга чиқувчилар бўлиши мумкин)
лар
ни тайёрлаб қўйинг!

October 25, 08:37
Media unavailable
1
1
Show in Telegram





#Digital_Generation_Girls
"Raqamli avlod qizlari" loyihasi doirasida ekspertlar ishtirokida intervyular davom etadi:

"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, "Raqamli avlod qizlari" loyihasi koordinatori Muhlisa Mamajonova loyihaning o‘z hayotidagi o‘rni, erishgan yutuqlarida "Raqamli avlod qizlari"ning ahamiyati va xorijda ta'lim olish yuzasidan o‘z tajribalari bilan bo'lishdi.
Mavzu
:
Startap loyihalar nima olib keldi?
🌐
BATAFSIL
_____
👉
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
qizlar.raqamliavlod.uz
Digital Generation Uzbekistan
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

October 18, 06:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" loyihasi doirasida tajribali ekspertlar bilan intervyular davom etadi.
Bugun "Startaplar uchun PITCH Deck yaratish, bunda e‘tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritiladi.

Loyihaning bu galgi mehmoni —
Gulnur Esova — 4Rize (Fintech SaaS) kompaniyasining asoslarichidan biri.

BATAFSIL
_____________
🔴
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz
platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.
Digital Generation Uzbekistan
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

October 18, 03:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Orzularingizni yozib qoʻying” – Nazokat Yusufjonova
Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, 5-sinf Adabiyot darsligi mualliflaridan biri Nazokat Yusufjonovadan orzular haqida hayotiy hikoya tinglaymiz.
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda
koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: Videolavha oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari uchun tayyorlangan.
Instagram
|
Telegram
|
Youtube

October 16, 10:03

УЙҒОНИШ ФАСЛИНИНГ ФАРЗАНДЛАРИСИЗ
Фасллар ичида фасл кўп аъло,
Бир фасл бор бунда аммоки танҳо,
Умиду ишончи кўнгилларга жо,
У билан ҳамнафас бўлинг доимо,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Ҳавас уйғотади шижоатингиз,
Истеъдод, билиму маҳоратингиз,
Дунёни лол қилсин жасоратингиз,
Сўнмасин сира қалб ҳароратингиз,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Меҳнату заҳматда яшаб эрта кеч,
Кўрмадим бир лаҳза тинганингиз ҳеч,
Сиз мудом интилиш, иштиёққа эш,
Эҳтимол, шундадир ҳар ишингиз беш,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Хизматим шу Ватан, эл учун дейсиз,
Нурафшон ва порлоқ йўл учун дейсиз,
Баланд кўтарилган қўл учун дейсиз,
Юрак учун дейсиз, дил учун дейсиз,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Ахир мудраганнинг эртаси йўқ-ку,
На боши, охири, ўртаси йўқ-ку,
Юрт шонин иларга елкаси йўқ-ку,
Сиз эса ўктамсиз, дил тўла чўғ-ку,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Ўзга юрт бойлиги — кўринмас бир чанг,
Кўзингни алдайди кўнглингга солсанг,
Дейман, шу Ватанда яшангиз, толманг,
Биттангиз ҳам асло қатордан қолманг,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Ўзликнинг руҳи бор кенту воҳада,
Сиз жавлон урасиз барча жабҳада,
Илғор ва абжирсиз ҳар бир соҳада,
Ким қолмоқ истайди сиздан орқада?!
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Аждодлар уйғонмоқ йўриғин билган,
Сизга унинг илмин чин мерос қилган,
Турғазинг, кимки бор бунда қоқилган,
Замон бугун сиздай мардни соғинган,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Дунё минбарида юртим овози,
Чорлайди дилларга тинчлик ҳавосин,
Ортадир жаҳоннинг ишонч, ҳаваси,
Унга бахш этасиз илҳом нафасин,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Олға юринг доим шаҳд билан бирга,
Сергак туринг доим аҳд билан бирга,
Яшнанг, кулинг доим бахт билан бирга,
Юксалинг замону вақт билан бирга,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Бу замин, бу тупроқ эту тирноқдир,
Не-не заҳматларга асл гувоҳдир,
Уни сизга сийлаб берди бу тақдир,
Ишингиз диллашмоқ ва бирлашмоқдир,
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
Ёруғ кунда эрта нишонаси бор,
Келажак умиди қалбларда пойдор,
Бирингиз бургутсиз, бирингиз-чи сор,
Мен эса дегайман такрор ва такрор:
Истиқлол нурининг дилбандларисиз,
Уйғониш фаслининг фарзандларисиз!
©
Ўткир Раҳмат
#Даъват
|
@Otkir_Rahmat

October 16, 10:03

UYG‘ONISH FASLINING FARZANDLARISIZ
Fasllar ichida fasl ko‘p a'lo,
Bir fasl bor bunda ammoki tanho,
Umid-u ishonchi ko‘ngillarga jo,
U bilan hamnafas bo‘ling doimo,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Havas uyg‘otadi shijoatingiz,
Iste'dod, bilim-u mahoratingiz,
Dunyoni lol qilsin jasoratingiz,
So‘nmasin sira qalb haroratingiz,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Mehnat-u zahmatda yashab erta kech,
Ko‘rmadim bir lahza tinganingiz hech,
Siz mudom intilish, ishtiyoqqa esh,
Ehtimol, shundadir har ishingiz besh,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Xizmatim shu Vatan, el uchun deysiz,
Nurafshon va porloq yo‘l uchun deysiz,
Baland ko‘tarilgan qo‘l uchun deysiz,
Yurak uchun deysiz, dil uchun deysiz,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Axir mudraganning ertasi yo‘q-ku,
Na boshi, oxiri, o‘rtasi yo‘q-ku,
Yurt shonin ilarga yelkasi yo‘q-ku,
Siz esa o‘ktamsiz, dil to‘la cho‘g‘-ku,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
O‘zga yurt boyligi — ko‘rinmas bir chang,
Ko‘zingni aldaydi ko‘nglingga solsang,
Deyman, shu Vatanda yashangiz, tolmang,
Bittangiz ham aslo qatordan qolmang,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
O‘zlikning ruhi bor kent-u vohada,
Siz javlon urasiz barcha jabhada,
Ilg‘or va abjirsiz har bir sohada,
Kim qolmoq istaydi sizdan orqada?!
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Ajdodlar uyg‘onmoq yo‘rig‘in bilgan,
Sizga uning ilmin chin meros qilgan,
Turg‘azing, kimki bor bunda qoqilgan,
Zamon bugun sizday mardni sog‘ingan,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Dunyo minbarida yurtim ovozi,
Chorlaydi dillarga tinchlik havosin,
Ortadir jahonning ishonch, havasi,
Unga baxsh etasiz ilhom nafasin,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Olg‘a yuring doim shahd bilan birga,
Sergak turing doim ahd bilan birga,
Yashnang, kuling doim baxt bilan birga,
Yuksaling zamon-u vaqt bilan birga,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Bu zamin, bu tuproq et-u tirnoqdir,
Ne-ne zahmatlarga asl guvohdir,
Uni sizga siylab berdi bu taqdir,
Ishingiz dillashmoq va birlashmoqdir,
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
Yorug‘ kunda erta nishonasi bor,
Kelajak umidi qalblarda poydor,
Biringiz burgutsiz, biringiz-chi sor,
Men esa degayman takror va takror:
Istiqlol nurining dilbandlarisiz,
Uyg‘onish faslining farzandlarisiz!
©
O‘tkir Rahmat
#Da
'vat |
@Otkir_Rahmat

October 09, 14:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

JAHON TA’LIM TAJRIBASI - ENDI NUKUSDA!
👇
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi joriy etiladi.
Unda:

1-11-sinflarda amaldagi ta’lim dasturlari asosida o‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladi;

o‘zbek tilida o‘qitiladigan 2-4-sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

5-7-sinflarda har birida 25 nafardan o‘quvchidan iborat o‘zbek tilida o‘qitiladigan sinflarni tashkil etish orqali ularda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

maktabda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitish uchun xorijiy pedagoglar ta’lim beradi
.
📢
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Kembrij dasturi asosida professional maktab o‘qituvchilari uchun seminarlar tashkil etiladi.

Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi joriy etiladigan 5-7-sinf o‘quvchilarini tanlash maqsadida xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda nazorat materiallarini tayyorlash va sinov ishlari o‘tkaziladi;

Chet ellik pedagoglar hamda ingliz tili sinflarida dars
beradigan aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari suhbatdan o‘tkazilgan holda ishga qabul qilinadi.
✔️
Qo‘shimcha yo‘nalishlar:
🔔
O‘quvchilar uchun quyidagi zamonaviy to‘garaklar tashkil etiladi:

Robototexnika;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

Art dizayn;

modellashtirish;

Media va kommunikatsiya yo‘nalishlari.
Maktab Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli bo‘lib, ta’lim
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida
olib boriladi.
📖
Shuningdek, Ipoteka bank bilan hamkorlikda dunyo kitobxonasidan foydalanish uchun
Bilim xonasi
tashkil etildi.
🚍
Uzoq hududdan qatnab o‘qiydigan o‘quvchilar uchun
maxsus avtobus
yo‘lga qo‘yilgan.
📢
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni zamonaviy ta’lim muhitida o‘qishini xohlaysizmi


Unda
my.maktab.uz
platformasi orqali onlayn ariza topshiring!
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
🔎
Web
🌐
Instagram
🌐
Facebook

Telegram
🌐
Youtube

October 09, 06:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#DÍQQAT
!
TIYKARǴÍ OLIMPIADANÍŃ EKINSHI - RAYON (QALA) BASQÍSHÍNÍŃ ÓTKERILIW GRAFIGI HÁM OLIMPIADA QATNASÍWShÍLARÍNA QOYÍLATUǴÍN TALAPLAR MENEN TANÍSÍŃ!
📢
Qánigelestirilgen bilimlendiriw mákemeleri agentligi janındaǵı Pán olimpiadalar orayınıń 2025-jıl 6-oktyabrdegi
02-10-567
-sanlı xattıń qosımshası menen tiykarǵı olimpiadanıń ekinshi - rayon (qala)lıq basqıshın ótkeriw grafigi tastıyıqlanǵan.
❗️
Bunda barlıq olimpiada qatnasıwshıları tómendegilerden xabardar bolıwı kerek:

Qatnasıwshılar olimpiada kestesi tiykarında smena boyınsha saat 09:00 ge (2-smena saat 12:00ge, 3-smena saat 15:00ge) shekem auditoriyalarǵa kirgiziledi:

Bilimlendiriw shólkemleri direktorı tárepinen maǵlıwmatnama, shaxsın tastıyıqlawshı hújjet hám kók reńli ruchka alıp keliw kerek;

Fizika hám ximiya pánlerinen qatnasıwshılar ózleri menen kalkulyator alıp keliwi kerek (Ximiya páninen Mendeleev dáwirlik kestesin rayon (qala) boyınsha birdeyligin támiyinlew maqsetinde qatnasıwshılarǵa shıǵarıp beriledi)

Rayon (qala) larda shólkemlestirilgen telegram toparına aǵza boliwi kerek;

Testlerdiń video sheshimlerin kóriw ushın Pán olimpiadaları orayınıń
https://t.me/Fan_olimpiadalari_M
rásmiy telegram kanalına aǵza bolıwı kerek;

Rayon (qala) larda shólkemlestirilgen telegram toparınan juwaplar betin alıw hámde Pán olimpiadaları orayınıń kanalınan video sheshimlerdi alıp ózin-ózi (oqıtıwshısınıń qatnasıwında) analizlew kerek.
_______________
#DIQQAT
!
ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI - TUMAN (SHAHAR) BOSQICHINING O‘TKAZILISH JADVALI VA OLIMPIADA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR BILAN TANISHING!
📢
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalar markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi
02-10-567
-sonli xatining ilovasi bilan asosiy olimpiadaning ikkinchi - tuman (shahar) lik bosqichini o‘tkazish jadvali tasdiqlangan.
❗️
️Bunda barcha olimpiada ishtirokchilari quyidagilardan xabardor bo‘lishi kerak:

Ishtirokchilar olimpiada jadvali asosida smena bo‘yicha soat 09:00 gacha (2-smena soat 12:00 ga, 3-smena soat 15:00 ga) auditoriyalarga kiritiladi:

Ta’lim tashkilotlari direktori tomonidan ma’lumotnoma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ko‘k rangli ruchka olib kelish kerak;

Fizika va kimyo fanlaridan ishtirokchilar o‘zlari bilan kalkulyator olib kelishlari kerak (Kimyo fanidan Mendeleyev davriy jadvalini tuman (shahar) bo‘yicha bir xilligini ta’minlash maqsadida ishtirokchilarga chiqarib beriladi).

Tuman (shahar) larda tashkil etilgan telegram guruhiga a’zo bo‘lishi kerak;

Testlarning video yechimlarini ko‘rish uchun Fan olimpiadalari markazining
https://t.me/Fan_olimpiadalari_M
rasmiy telegram kanaliga a’zo bo‘lish kerak;

Tuman (shahar) larda tashkil etilgan telegram guruhidan javoblar sahifasini olish hamda Fan olimpiadalari markazining kanalidan video yechimlarni olib o‘zini-o‘zi (o‘qituvchisining ishtirokida) tahlil qilish kerak.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
🔎
Web
🌐
Instagram
🌐
Facebook

Telegram
🌐
Youtube

October 03, 09:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

DXX "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi
O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida o'qish istagini bildirgan, hozirgi kunda umumta'lim maktablarining 9-sinfida tahsil olayotgan o'quvchilar 2025-yil 5-sentyabrdan 15-oktyabrgacha
www.dxxtmhal.uz
sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.
@domlajon
t.me/domlajon

September 25, 06:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

Amudaryo tumanida Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun seminar tashkil qilindi
👁
Seminarda Qoralpog'iston Respublikasi MMTVining AKT bo‘limi boshlig‘i J.Besinbayev hamda vazirlik informatika fani metodisti V.Allamuratova hamda tuman MMTB AKT metodistlari ishtirok etib, informatika ta’limining mazmun-mohiyatiga oid dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
📎
Ular umumta’lim maktablari o‘quvchilarining axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning informatsion kompetensiyalarini shakllantirish, dasturlash va raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berildi.
➡️
Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🗣
Shuningdek, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining topshirig‘i bilan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida IT yo’nalishi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilishi yo’lga qo’yilgan.