
Andijon Davlat Universiteti
"Inson o‘zgarishi uchun bir lahza kifoya"
Biz bilan birga
👇
👇
👇
✅
Yangiliklarni
✅
Ma'lumotlarni
Tezroq olishingiz mumkin!
Tabriklayman
✨
📚
Qalbida ilm va nur taraluvchi, mehr va sabr bilan bizni kamolot sari yetaklayotgan aziz ustozlarim! Sizlarni bugungi qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin yurakdan tabriklayman!
Ustoz — hayotimizning eng ulug‘ ustuni, qalblarimizga ilm ziyosini yoyuvchi, insoniylik, ezgulik va odob-axloq saboqlarini beruvchi ulug‘ zotdir. Sizlarning fidokorona mehnatlaringiz, tinimsiz izlanishlaringiz va halol xizmatlaringiz tufayli jamiyatimizda barkamol avlod voyaga yetmoqda.
Bugun sizlarning mehnatingizni e’zozlab, borliq sizlarga minnatdorchilik izhor etmoqda. Mening ham qalbim sizlarga cheksiz hurmat va samimiy duolar bilan to‘lib-toshgan.
Doimo sog‘-salomat bo‘ling, sabr va bardavomingiz ziyoda bo‘lsin. Har bir kuningiz shogirdlaringizning yutuqlari, mehribon duolari va samimiy tabassumlari bilan fayzli o‘tsin. Sizlarning har bir so‘zingiz, har bir nasihatingiz bizning qalbimizda oltin xatlarda yozilib qolaveradi.
Ustozlarga ta’zim, ustozlarga cheksiz ehtirom!
@Tolibjon_Mirzajonov
Channel name was changed to «
Andijon Davlat Universiteti
»
https://t.me/Tolibjon_Mirzajonov/1014
15.09.2025
Ustoz va murabbiylar kuni muborak!
Prezidentimizning ustoz va muallimlarga yo‘llagan samimiy tabriklari qalbimizni g‘urur va iftixor bilan to‘ldirdi. Ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar biz – yosh o‘qituvchilar uchun ham katta rag‘bat, ham ulkan mas’uliyatdir.
24 yoshli yosh o‘qituvchi sifatida men ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlikni o‘z kasbimga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlaydigan, yurtimiz kelajagini yanada buyuk qilish yo‘lida doimiy mehnatga chorlovchi ulkan kuch deb bilaman.
Bugun o‘qituvchilik – faqat bilim berish emas, balki yosh avlod qalbiga vatanparvarlik, halollik, insoniylik tuyg‘ularini singdirishdek muqaddas burchdir. Prezidentimizning ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlari bizga shu buyuk vazifani sharaf bilan ado etish uchun barcha imkoniyatlarni yaratmoqda.
Shu bois, Prezidentimizga chin qalbimdan rahmat aytaman!
Biz, yosh o‘qituvchilar, kelajak avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish uchun bor bilim, kuch va fidoyiligimizni safarbar qilamiz. Zero, ertangi kunning poydevorini aynan biz quramiz!
Mirzajonov Tolibjon Toxirjon o‘g‘li
"Xalq taʼlimi aʼlochisi" Andijon tumani 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘qituvchisi
@Tolibjon_Mirzajonov
O‘zbekiston Respublikasining 34 yillik Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
🇺🇿
Bu ulug‘ sana — xalqimizning orzu-intilishlari, erk va ozodlik yo‘lidagi mashaqqatli mehnatining yorqin samarasidir. Mustaqillik tufayli biz o‘z tariximiz, tilimiz, dinimiz va qadriyatlarimizni asrab, yangicha taraqqiyot sari dadil odimlamoqdamiz.
Har bir xonadonda baxt-u saodat, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, kelajagimizda esa yorqin istiqbol doimo hamroh bo‘lsin!
#vatan
#muqaddas
#nemat
@Tolibjon_Mirzajonov
#OTM
O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan "Xalq qalbidan joy olgan Axborot xizmati" onlayn tanlovini o'tkazmoqda
Xalq mehrini qozongan Oliy ta'lim muassasasi Axborot xizmatiga ovoz bering!
Ovoz berish
25-iyun 19.00
gacha davom etadi.
Eng ko'p ovoz to'plagan 3 nafar Axborot xizmati qimmatbaho sovg'a va diplom bilan taqdirlanadi.
Bog‘ishamol oromgohiga tarbiyachi va yetakchilar kerak!
✨
Yozgi fasl yaqinlashmoqda, tabiat qo‘ynida joylashgan Bog‘ishamol oromgohi esa yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda!
Agar siz yoshlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni istasangiz, faol, quvnoq va mas'uliyatli bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!
✍️
Bizga kimlar kerak?
Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan,
Faol, jamoaviy ishlay oladigan
Yozgi oromgohda 1-2 oy ishlashga tayyor bo‘lganlar!
♦
Sizni nima kutmoqda?
Tabiat bag‘ridagi go‘zal oromgoh,
Do‘stona jamoa va quvnoq bolalar,
Tajriba, yangi tanishlar va unutilmas xotiralar!
⚡
Bog‘ishamol oromgohi — bu nafaqat ish, balki zavq, o‘sish va ilhom manbai!
Qiziqdingizmi?
👇🏻
Quyidagi link orqali biz bilan bog‘laning
@Mirzajonov_Tolibjon
yozing!
Bizni kuzating
@Oromgoh_bolajonlari
🇺🇿
🇰🇷
Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasining Qirol Sejong markazi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kurslarida koreys tilini o‘rganishga taklif etiladi.
Ma'lumot o'rnida, o'quv kursiga
qabul davom etmoqda.
👉
Ro'yxatdan o'tish
➡️
Murojaat uchun
🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring
👉🏻
@agency_andijon
#muhim
⚖️
Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin.
🔸
Baxtiyorjon Akbaraliyev
— Andijon davlat universiteti rektori;
☎️
+998933765400
🌐
@anddu_rektori_bot
🔸
Azizbek Yuldashev —
rektor maslahatchisi;
☎️
+998993996688
🔸
Universitet
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.
☎️
+998742248191
🌐
@adu_anticorruptionbot
❗️
Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi.
Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
📌
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.
Yaqinlarga yuboring, ushbu sahifalarga kirish, layk bosish, tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Ogoh bo'ling!
Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube