
ANDIJON VILOYATI SPORT BOSHQARMASI
Murojaatlar bilan ishlashda
“mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet
ochiladi. Uni yuritishga
yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi
mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga
“Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish
topshirildi.
Bundan buyon
murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi
belgilandi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham
kuchaytiriladi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
O‘tgan yili
Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi
rahbar qilib tayinlangandi.
Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda
rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun
hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani
, aholi ko‘targan masalalarning
60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotgani
ta’kidlandi. Lekin
qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani
ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan,
Toshkent shahrida 170 ming
va
Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan.
Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.
Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi
Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni
so‘ragan. Bu masalaga
ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan.
Holat
ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina
mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar
odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi
Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming)
tegishli ekani qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish
yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yurtimiz nufusi
38 milliondan,
mehnatga layoqatli aholi
20 milliondan oshdi
, so‘nggi to‘qqiz yilda
aholi
daromadi 2 karra ko‘paydi.
Xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘targan masalalariga yechim topish bo‘yicha
vazir va hokimlar mahallaga tushib ishlaydigan tizim
yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilashga
56 trillion so‘m
ajratilmoqda.
“Endi vazirlar, hokimlar o‘ziga savol bersin:
shuncha imkoniyat bo‘la turib, aholi ko‘targan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi?
Bundan to‘qqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qo‘yilgan edi:
davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish.
To‘g‘ri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin
bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda o‘zgartiradigan vaqt keldi
”
,
– dedi Prezidentimiz.
Bundan keyin
“Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak” degan shior
har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining
bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi
qayd etildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
boshlanadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
ANDIJON AXBOROTI | SUZISH SPORT MUSOBAQASI 12.03.2026
Bizning sahifalarimiz:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagam
|
🎞
Youtube
|
🌐
Web-sayt
🏑
Сhim ustida xokkey sport turi bo‘yicha "Tashkent open cup" turniri boshlandi
📍
Olimpiya shaharchasining chim ustida xokkey maydonida mazkur sport turi bo‘yicha o‘smirlar (ayollar va erkaklar) o‘rtasida "Tashkent open cup" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
📑
Musobaqada Belarus, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston davlatlaridan kelgan jamoalar g‘oliblik uchun bellashadi.
📝
Ma’lumot uchun: musobaqa jarayonlari joriy yilning 17-mart sanasiga qadar davbom etadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
💼
Avval xabar berganimizdek,
Sport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
📑
Bugun seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston talabalar milliy terma jamoasini Butunjahon talabalar universiada o‘yinlarida ishtirok etish tizimi, raqamli platformalar, Oliy o‘quv yurtlari muassasalarida yengil atletika, basketbol 3x3, voleybol, futbol sport turlari bo‘yicha musobaqalalarni o‘tkazish dasturi to‘g‘risida ma’lumotlar berilmoqda.
🟢
Qizgin savol-javoblar tarzida asosida o‘tkazilayotgan ushbu o‘quv seminari 14-mart kuniga qadar davom etadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
♟
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi!
📍
Toshkent shahrida kar va zaif eshituvchi kattalar hamda yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.
📑
Respublikamizning turli hudularidan kelgan ishtirokchilar o‘rtasida kechgan qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida musobaqa g‘olib va sovrindorlari
aniqlandi.
🏆
Taqdirlar marosimida musobaqaning klassik yo‘nalishi g‘olib va sovrindorlari 5 000 000, 4 000 000, 3 000 000 so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
“Sport maydonlari yoshlar bilan gavjum: Andijonda Yoshlar kuni”
Andijon viloyatida Yoshlar kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga
qaratildi.
Viloyat bo‘ylab barcha shahar va tumanlarda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Musobaqalarda faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirildi.
Shuningdek, Izboskan tumanida rahbar va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari yoshlar bilan uchrashib, sport sohasidagi imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda yoshlarning tashabbuslari haqida fikr almashdi.
Uchrashuv Istiqlol MFY binosida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Izboskan tumani 11-umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan ham uchrashuv tashkil etilib, ularning kelajakdagi rejalari, ta’lim olish hamda sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarni sportga jalb qilish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom va faol hayot tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning sahifalarimiz:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagam
|
🎞
Youtube
|
🌐
Web-sayt
💼
“Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
⚡️
Ayni vaqtda Sport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
📑
Seminarda Sport vaziri Adkham Ikramov, hamkor vazirlik va idoralar vakillari, respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari sport klub rahbarlari va o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.
⚫️
Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tgan edi.
🫥
Ushbu muloqot davomida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o‘quv seminarida Sport vazirligi va tegishli vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda joriy yilda ilk marotaba 3 bocqichda tashkil etiladigan sport musobaqalari, xususan “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” hamda “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat, nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini qamrab olish masalalari muhokama qilindi.
➡️
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida musobaqalar 7 ta sport turi bo‘yicha tashkil etiladi. Mazkur sport musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qiladi.
✅
Ushbu o‘quv seminari 14-mart kuniga qadar davom etadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube