
AndDTI Yoshlar Ovozi | Rasmiy kanali
Sintetik kayf, giyohvandlik va o‘z joniga qasd — bugungi jamiyatning dolzarb muammolari
Bugungi kunda yoshlar orasida sintetik moddalarga ruju qo‘yish, giyohvandlik oqibatlari va ruhiy bosimlar sabab o‘z joniga qasd qilish xavfi tobora oshib bormoqda. Bu holatlar individual muammo emas — butun jamiyatning og‘riqli nuqtasidir.
🔹
Sintetik “kayf” — xavfning eng og‘ir ko‘rinishi
So‘nggi yillarda sintetik giyohvand moddalar arzonligi va yashirin tarqalishi tufayli ko‘plab yoshlarni o‘ziga tortmoqda. Ammo:
Ularning tarkibi noma’lum va nihoyatda zaharli.
Bir martalik iste’mol ham og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Markaziy asab tizimining izdan chiqishi, ruhiy buzilishlar, hatto o‘lim holatlari kuzatiladi.
Sintetik moddalar “kayf” emas, balki hayotga tahdid soluvchi zahardir.
https://www.youtube.com/watch?v=-ckRIY8hzd4
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
Yoshlar ovozi
#Toza_hudud
🌿
“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!”
Andijon davlat texnika instituti talabalari ushbu ezgu shior ostida birlashib, atrof-muhitni asrash va mahallalarni obod hamda pokiza qilish yo‘lida amaliy sa’y-harakatlarni boshladilar.
Ularning tashabbusi shunchaki hududni tozalash bilan chegaralanib qolmaydi — bu orqali yoshlar ongida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirish maqsad qilinmoqda.
Talabalar mahalla ko‘chalari, yashash hududlari va jamoat joylarini chiqindidan holi etishga kirishib, o‘z namunalari bilan tengdoshlariga ham ijobiy ibrat bo‘lishmoqda.
Ushbu xayrli ishda “Elektr va energetika muhandisligi” fakultetining ko‘ngilli talabalari hamda dekanat xodimlari faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qildilar.
🌍
Tabiat — bizning uyimiz. Uni asrash esa barchamizning burchimiz!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
Yoshlar ovozi
“Giyohvandlik yo‘q deymiz” — profilaktik podkast taqdimoti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat texnika institutida navbatdagi ma’rifiy loyiha amalga oshirildi.
Mazkur Farmonda belgilangan vazifalarga muvofiq, “Giyohvandlik yo‘q deymiz” shiori ostida talaba-yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish, psixotrop moddalarga qaramlikning oldini olish, sintetik narkotiklarning xavfi, ularning sog‘liq va jamiyatga yetkazadigan zararlarini keng yoritishga qaratilgan maxsus podkast tayyorlandi.
Podkastni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Otabek Odilov
hamda Oliy toifali nevropatolog
M. Sotvoldiyev
hamkorlikda olib bordilar.
Podkastning asosiy maqsadi — talabalar ongida hushyorlik, ehtiyotkorlik va giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.
✅
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTI REKTORI, TEXNIKA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR TURDIALIYEV UMID MUXTORALIYEVICHNING “GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLAR”NING OLDINI OLISH BO‘YICHA TALABA-YOSHLAR, OTA-ONALAR VA PEDAGOG PROFESSOR-O'QITUVCHILARGA MUROJAATI
Bugungi kunda jamiyatimiz ravnaqi, xalqimiz osoyishtaligi va eng muhimi, yoshlarimizning kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan omillardan biri — bu giyohvandlik va narkojinoyatchilikning kengayishi emas, balki ushbu illatlarning yoshlar ongiga asta-sekin singib borishiga urinishdir.
Shu bois sizlarga murojaat qilar ekanman, barchamiz bu masalada yanada hushyor, talabchan va mas’uliyatli bo‘lishimiz zarurligini chuqur anglab olishimiz lozim.
Aziz yoshlar!
Siz — bizning eng ulug‘ boyligimiz, ertangi kunimizning bunyodkori, Vatanimizning tayanchi va iftixorimizsiz.
Bugun ayrim zararli oqimlar, turli yot g‘oyalar, ayniqsa, giyohvandlik vositalari orqali yoshlar ongini egallash, ularning hayotini barbod qilish, kelajagini o‘g‘irlash maqsadida har xil yo‘llarni izlamoqda.
Shuni yodda tuting:
Giyohvandlik — faqat sog‘liqni emas, balki orzularni, maqsadlarni, oilani, butun hayotni barbod qiladigan ofatdir.
Narkotik moddalar hech qachon sizga kuch, shodlik yoki erkinlik bera olmaydi. Ular aksincha, insonni tobe etuvchi, iqtisodiy, ma’naviy va ruhiy jihatdan vayron qiluvchi eng yovuz vositadir.
Sizni hushyor bo‘lishga, o‘z hayotingiz va kelajagingizni asrashga, sog‘lom turmush tarzini tanlashga, zararli illatlardan o‘zingizni chetda tutishga chaqiraman.
Hurmatli ota-onalar!
Farzand tarbiyasi — eng muqaddas, eng mas’uliyatli burchdir.
Shu bois sizlardan quyidagilarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘rayman:
✔️
farzandingizning do‘stlari, qiziqishlari va bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganidan xabardor bo‘ling;
✔️
ularning kayfiyati yoki xulqidagi o‘zgarishlarni sinchiklab kuzating;
✔️
oilada mehr-muhabbat, ishonch va ochiq muloqot muhitini shakllantiring;
✔️
turli xavfli joylardan, zararli muhitlardan farzandlaringizni asrang.
Unutmang: giyohvandlikning oldini olish — avvalo oiladan boshlanadi.
Qadrli pedagoglar!
Sizlar — jamiyatga nur tarqatuvchi ziyolilarsiz. Yoshlar ongida sog‘lom fikr, to‘g‘ri yo‘l, hayotga oqilona yondashuvni shakllantirishda sizning har bir darsingiz, har bir eslatmangiz, tarbiyaviy suhbatlaringiz beqiyos ahamiyatga ega.
Institutimizda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, ma’rifiy suhbatlar, davra muloqotlari, psixologik maslahatlar albatta o‘z samarasini bermoqda. Biroq bu jarayonda sizning mas’uliyatingiz, tashabbusingiz, yoshlarni hushyorlikka undovchi so‘zingiz juda muhim.
Yoshlarning qalbi va ongida giyohvandlikka nisbatan qat’iy immunitet shakllantirishda barchamiz birdek mas’ulmiz.
Giyohvandlikka qarshi kurash — bu faqat davlat organlarining vazifasi emas. Bu barchamizning umumiy burchimizdir.
Bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, farzandlarimizni, yoshlarimizni yot illatlardan asray olamiz.
Birgalikda kurashsak, kelajagi porloq, sog‘lom va ma’naviy yetuk jamiyat barpo etamiz.
Yuragimizda hushyorlik, qalbimizda ishonch, maqsadimizda qat’iyat bo‘lsin.
Sog‘lom avlod — sog‘lom kelajak garovidir!
Hurmat bilan, institut rektori.
✅
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
#giyoxvandlikka_qarshi_kurash
Bugun Andijon davlat texnika instituti yosh targʻibotchilar guruhi tashabbusi bilan giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan umumxalq tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, birgalikda profilaktik targʻibot tashkil etildi
Targʻibot doirasida:
— talabalar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazildi
— giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ma’lumot berildi
— sog‘lom hayotga chaqiruvchi fikrlar bildirildi.
— birgalikda aksiyaga bag‘ishlangan rasmga tushildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — talabalar ongida hushyorlikni oshirish, zararli illatlardan himoyalanish ko‘nikmasini shakllantirish va sog‘lom hayot g‘oyasini keng targ‘ib qilishdir.
Biz sog‘lom yashashni tanlaymiz! Biz giyohvandlikka qarshimiz!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
Yoshlar ovozi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv
Andijon davlat texnika instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida
"O'zbekiston yoshlari korrupsiyaga qarshi"
tashkil etildi. Davra suxbatini Institut rektorining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi, institut yoshlar yetakchisi olib bordi.
🛡
O‘zbekiston yoshlari korrupsiya haqida qanday bilim va tasavvurga ega? Ular bu illatga qarshi kurashda o‘z ishtirokini qanday baholaydi? Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha savollarga yoshlar yetakchisi tomonidan tushunchalar berildi.
Hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda barcha mamlakatlarda bir qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlashga qodir boʻlgan bir xavf mavjud. Bu oxirga paytlarda keng jamoatchilik orasida tez-tez tilga olinayotgan korrupsiya deb atalgan illatdir. Chunki, bugungi kunda biror-bir davlatni korrupsiyadan holi deb koʻrsatolmaymiz. Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib kelishini va korrupsiyani qanday illatlarga olib kelishi haqida hamda, taʼlim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etilishi sabablarini kelib chiqishi haqida maʼlumotlar berib, universitet oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishligini va korrupsiyaviy omillarni kamaytirish va bunda keng jamoatchilik ishtirokini kengaytirish haqida gapirib oʻtishdi.
Bugun mamlakatimiz taʼlim tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish, oʻqituvchilar va talaba yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, OTMlarda “Korrupsiyaga qarshi nazorat va kurash va komplaens nazorat boʻlimi”ning tashkil qilinganligi, korrupsion holatlarni oldini olishda ham qator ishlar amalga oshirilganligini haqida tushunchalar berishdi.
⚡
Bizni kuzatishda davom eting!
🟦
Telegram
🟥
Instagram
🟦
Facebook
“Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida
🏛
Andijon davlat texnika institutida “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Muhammadamin Axunov tomonidan 1-kurs Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalariga “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs o‘tkazildi.
📚
Mazkur dars jarayonida professor
M.Axunov
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar, zamonaviy iqtisodiy islohotlar, yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, tinchlik va barqarorlikning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.
🔍
Shuningdek, Islom ma’rifatining xalqaro miqyosda tan olinish jarayoni, uning ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi, tarixiy merosni chuqur anglashning bugungi kun iqtisodiyotiga ta’siri, yoshlarni ma’naviy va intellektual jihatdan yetuk kadr sifatida shakllantirish masalalari ham keng yoritib berildi.
Yoshlar ovozi
👨🎓
Talabalik — birdamlik, milliylik va samimiyat!
🏫
Andijon davlat texnika instituti, Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti, 1-bosqich, 11–25-guruh “Menejment” yo‘nalishi talabalari Tyutor M. Mamasoliyeva boshchiligida samimiy va ko‘tarinki ruhda milliy taomimiz — osh tadbiri tashkil etildi.
➡️
Ushbu tadbir talabalar tashabbusi bilan o‘tkazilib, do‘stlik, ahillik va birdamlik muhitini yanada mustahkamladi. Bir dasturxon atrofida jam bo‘lish yoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibatni kuchaytirib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirdi.
🇺🇿
✅
Bunday samimiy uchrashuvlar talabalarning nafaqat bilim, balki hayotiy tajriba va jamoaviylik ruhini oshirishga ham katta hissa qo‘shadi.
••┄┄┄❅┄┄┄•••
Yoshlar ovozi
#MuallimCup
#2Tur
"Muallim Cup" mini futbol ligasining ikkinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Andijon davlat texnika instituti professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻrtasida tashkil etilgan
"Muallim Cup" mini futbol ligasining 2-tur uchrashuvlari
oʻtkazildi.
✅
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
🇺🇿
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇨🇳
🇺🇿
Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoyning PHOENIX Publishing & Media Group nashriyotiga rasmiy tashrif amalga oshirdi.
✅
Tashrif davomida Xitoy tilidagi adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, shuningdek Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy va o‘quv adabiyotlarni nufuzli nashriyot orqali chop ettirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Kelishuvning asosiy yo‘nalishlari:
🇨🇳
Xitoy tilidan o‘zbek tiliga madaniy, ilmiy va badiiy yo‘nalishdagi adabiyotlarni tarjima qilish;
✅
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy adabiyotlarni PHOENIX Publishing nashriyotida nashr etish;
🤝
Hamkorlik doirasida sifatli, mazmunan boy va bozor talabiga mos tarjima hamda nashrlarni amalga oshirish.
✅
Ushbu kelishuv ikki tomon o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy izlanishlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
✅
Hozirda hamkorlik bo‘yicha tegishli hujjatlar va batafsil ish rejasi ishlab chiqilmoqda.
📚
Maʼlumot uchun Phoenix Publishing & Media Group (PPMG) — Xitoyning Nanjing shahrida joylashgan, mamlakatdagi eng yirik va nufuzli nashriyot-media guruhlaridan biridir.
📖
U kitob nashriyoti, ilmiy va o‘quv adabiyotlari ishlab chiqish, elektron nashrlar, media mahsulotlari, tarqatish va matbaa sohalarini o‘z ichiga olgan holda keng ko‘lamda faoliyat yuritadi. PPMG Xitoyning ta’lim sohasi uchun darsliklar tayyorlashda yetakchi o‘rin egallaydi va xalqaro hamkorlik hamda tarjimalar bo‘yicha dunyoning eng yirik nashriyotlari qatoriga kiradi.
Guruh Global Top-50 nashriyotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar bilan tarjima, nashr va madaniy almashinuv bo‘yicha hamkorlik qilib keladi.
✅
Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube