Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Aqmańǵıt News Rásmiy kanal

Aqmangituz
Нөкис районы ҳәкимлигиниң рәсмий телеграм каналы Телеграм боты: @aqmangitt_bot сайт: https://gov.uz/oz/nokisrk instagram: https://www.instagram.com/press_nokis/ facebook: https://www.facebook.com/press.nokis?mib
Subscribers
12 900
24 hours
30 days
2 500
Post views
1 558
ER
8,12%
Posts (30d)
150
Characters in post
1 299
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 25, 04:33
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Sońǵı jılları xalqımızdıń uzaq jıllıq qádiriyatları menen dástúrlerin ózinde sáwlelendirgen toylar, shańaraqlıq saltanatlar, mereke hám máresimlerdi ótkeriwde dańqparazlıq, ózin kóz-köz etiw, basqalardıń sociallıq jaǵdayın inabatqa almaw, ısırapgershilik, xalqımızdıń úrp-ádetleri menen dástúrlerin mensinbew sıyaqlı illetler kózge taslanbaqta.
Nókis rayonı "Tóktaw" MPJ imaratında úgit-násiyat toparı aǵzaları hám máhálle kóshe biyleri qatnasında reje-grafik tiykarında shańaraqlıq saltanatlar, mereke hám máresimlerdi ótkeriwde artıqsha ısrapgershiliktiń aldın alıw, jınayatshılıq, huqıqbuzarlıq, tınıshlıǵımızǵa qáwip salıwshı túrli illetler tásirine túsip qalıwdıń aldın alıw máselelerine baǵıshlanǵan ushırasıw bolıp ótti.
Ilajda sózge shıqqanlar ıqshamlılıq máselesinde 2026-jılı ámelge asırılıwı kerek bolǵan jumıslarǵa toqtap ótti. Toylardı tártip tiykarında ótkeriw, merekelerdegi hár qıylı máresimlerge jol qoymaw boyınsha kóshe biyleri menen tıǵız baylanıs ornatıwǵa kelisip alındı.
Sonday-aq, xalıqqa toylardı nızamshılıq talapları tiykarında, belgilengen tártip hám ólshemlerge ámel etken halda ótkeriw boyınsha túsinikler berildi.
———-
So‘nggi yillarda xalqimizning ko‘p yillik qadriyat va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odat va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda.
Nukus tumani "To‘ktov‘" MFY binosida targ‘ibot guruhi a’zolari va mahalla ko‘cha oqsoqollari ishtirokida reja-grafik asosida oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, tinchligimizga tahdid soluvchi turli illatlar ta’siriga tushib qolishning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shinamlik masalasida 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. To‘ylarni tartib asosida o‘tkazish, marosimlardagi har xil marosimlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘cha oqsoqollari bilan yaqin aloqa o‘rnatishga kelishib olindi.
Shuningdek, aholiga to‘ylarni qonunchilik talablari asosida, belgilangan tartib va mezonlarga amal qilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

https://t.me/Aqmangituz
🌐
Website
🌐
Instagram

Facebook
📹
youtube

April 24, 14:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda ilk bor — O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tanlov yo‘nalishlari:
◾️
Oziq-ovqat xavfsizligi
◾️
Suv resurslarini boshqarish va suv diplomatiyasi
◾️
Raqamli qishloq xo‘jaligi
◾️
Iqlim o‘zgarishiga moslashuv
◾️
Agrar sohasini moliyalashtirish
50 nafar eng munosib ishtirokchi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'taydi.
👍
Ariza topshirish (
https://my.bsa.uz/
)
❗️
Arizalar joriy yilning 27 aprel kuniga qadar qabul qilinadi!
👍
Batafsil (
https://bsa.uz/oz/sections/o-zbekiston-qishloq-va-suv-xo-jaligi-uchun-yosh-talantlar-milliy-tanlovi
)
👍
Tanlovga oid savollar yuzasidan murojaat uchun —
@young_talent_bot
———-
Ózbekstanda birinshi márte Ózbekstan awıl hám suw xojalıǵı ushın jas talantlar milliy tańlawı ótkerilmekte
Tańlaw Ózbekstan Respublikası Prezidenti janındaǵı Basqarıw nátiyjeliligi agentligi, Awıl xojalıǵı ministrligi, Suw xojalıǵı ministrligi, BMShniń Azıq-awqat hám awıl xojalıǵı shólkemi (FAO) hám Awıl xojalıǵın rawajlandırıw xalıqaralıq qorı (IFAD) menen birgelikte shólkemlestirilmekte.
Tańlaw baǵdarları:
◾️
Azıq-awqat qáwipsizligi
◾️
️Suw resursların basqarıw hám suw diplomatiyası
◾️
️Sanlı awıl xojalıǵı
◾️
️Klimat ózgeriwine beyimlesiw

◾️
Agrar tarawın qarjılandırıw
50 eń múnásip qatnasıwshı FAO hám IFAD sistemasında sırt elde stajirovkadan ótedi.
👍
Arza tapsırıw (
https://my.bsa.uz/
)
❗️
️ Arzalar usı jıldıń 27-aprel kúnine shekem qabıl etiledi!
👍
Tolıq (
https://bsa.uz/oz/sections/o-zbekiston-qishloq-va-suv-xo-jaligi-uchun-yosh-talantlar-milliy-tanlovi
)
👍
Konkursqa baylanıslı sorawlar boyınsha múrájat ushın -
@young_talent_bot
Veb-sayt|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

April 24, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Birinchi chorakda O‘zbekistonga
3 millionga yaqin xorijiy sayyoh
keldi,
turizm eksporti 1 milliard 103 million dollarni
tashkil qildi.
Bunday yuqori natijalarga
“turistik relokatsiya”
ham katta ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Chunki millionlab turistlar
tinch, xavfsiz va sinalgan yo‘nalishlarni qidirmoqda.
Shuncha tarixiy obidalarimiz bor bo‘lgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q turistik maskanlar barpo etilayotgan paytda
soha mutasaddilari, hokimlar
har bir sayyoh uchun kurashishi zarurligi
ko‘rsatib o‘tildi. Hozirdan har
bir tumanning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha kompleks takliflar to‘plamini tayyorlash
topshirildi.
Umuman, bugungi sharoitda barcha rahbarlar
xatarlarni 2-3 xil ssenariy bo‘yicha oldindan baholab, asosiy rejalariga qo‘shimcha zaxira rejalarini ham tayyorlab qo‘yishi
shartligi qayd etildi.
Viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi: uch kunda yoniga
“aql markazi”, oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni
olib,
mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar
ustida qattiq izlanadi, bir haftada bu yil
qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi
belgilandi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz kimda-kim
“Birinchi chorak ko‘rsatkichi yaxshi bo‘ldi, yil yakunigacha ham shunday davom etadi”, deb xotirjamlikka berilsa,
xato qilishini qayd etdi.
“Takror aytyapman:
global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, yetakchilik uchun kurash
avj olayotgan hozirgi sharoitda
dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi.
Bunday vaziyatda
barcha rahbarlar o‘zi odatlanib qolgan ish uslubi, yondashuvi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi zarur”
,
– dedi Prezidentimiz.
Bu yil banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga
140 trillion so‘m
berilmoqda. Masalan, kichik biznesga berilgan
har 1 milliard so‘m kredit
hisobiga
Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod
va
So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o‘rni
yaratilgan.
Biroq
Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana, Qo‘rg‘ontepa
tumanlarida
1 milliard so‘mlik kreditga o‘rtacha 3 ta ish o‘rni
to‘g‘ri kelmoqda.
Agar hamma
tuman banklari kreditlarni eng samarali loyihalarga yo‘naltirganida,
qo‘shimcha 36 ming yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lardi, norasmiy ishlayotgan yana 60 ming odamning daromadi “soya”dan chiqardi.
Shuning uchun
loyiha tanlashda, kredit resurslarini ishlatishda sun’iy intellekt kerak.
Lekin viloyat, tuman bankirlarini
sun’iy intellektga o‘qitib, kredit resursini tumanga eng katta samara beradigan loyihalarga yo‘naltirishni o‘rgatish ishlari sustligi
tanqid qilindi.
Soha mas’ullariga
tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitishni boshlash, banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish
topshirildi. Bu platforma
tadbirkorlarga kredit olish uchun loyihaning parametri, risklari, bozordagi talabni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, tayyor yechimlarni berishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ayrim rahbarlar
tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani,
muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilindi.
Masalan,
Nurafshon shahar hokimi
byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan
tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora.
Yoki
G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari
tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan
qo‘shimcha 262 milliard so‘m
berilgan.
Tegishli viloyatlar hokimlariga
nomi aytilgan tuman hokimlari “aravasini torta olmayotgan bo‘lsa”, bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘tgan hafta
Xalqaro valyuta jamg‘armasi
e’lon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali
O‘zbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolayotgani
qayd etildi.
Prezidentimiz yana bir ko‘rsatkichga e’tibor qaratdi: joriy yil yurtimiz nufuzli
“Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona
yuqorilab,
ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar
qatoridan joy oldi.
“Buning uchun
qanday qiyin va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganimizni
bilganlar biladi.
Umuman, yil boshidan
erishilgan natijalar, ko‘rsatkichlar mehnatimizga yarasha bo‘ldi.
Lekin ishlamay quruq oylik olib o‘tirganlar ham ishlaganlar bilan “bitta poyezdda ketyapti”.
Zamon, iqtisodiyot va odamlar talabi kun sayin ortmoqda.
Yilning uchdan biri o‘tib bo‘ldi.
Afsuski, ayrimlar hali ham “uyg‘ongani yo‘q

,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari
energiya samaradorlik
masalalariga alohida to‘xtaldi.
Elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman
elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Ularning
xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq ishdan olish, o‘rniga yosh kadrlarni qo‘yib,
yo‘qotishlarni 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilab berish zarurligi qayd etildi.
Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida
10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari
ta’lim olmoqda. Ularni
texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish
muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Marhamat, ustozlari shogirdini tumanga olib borsin, ishni o‘rgatsin,
yo‘qotishni kamaytirish bo‘yicha yaxshi yechimlar taklif qilsa, tejalgan mablag‘ni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik

,
– dedi Prezidentimiz.
Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil
5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi
qayd etildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Birinchi chorak yakuni bilan
yalpi ichki mahsulotimiz 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga
o‘sdi.
Eksport 5,8 milliard dollarni,
xorijiy investitsiya hajmi
esa
13,7 milliard dollarni
tashkil qildi.
Inflyatsiya
yillik hisobda
birinchi marta 7,1 foizgacha
pasaydi.
Bularning hisobiga yanvar-mart oylarida
budjet daromadlari
o‘tgan yilga nisbatan
35 foizga ko‘payib, 103 trillion so‘mga
yetdi.
Mahalliy budjetlarda
qo‘shimcha 2 trillion 200 milliard so‘m
mablag‘ shakllandi.
Muhimi, shundan
1 trillion 400 milliard so‘m tuman va shaharlar ixtiyorida qoldi.
“Kelasi oy
2 milliard 400 million dollarlik
davlat aktivlarining
30 foizini ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqaramiz.
Bu
Milliy investitsiya jamg‘armasini
tashkil qilib,
13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berganimiz
uchun bo‘lyapti.
Bir narsani bilinglar:
iqtisodiyotimizni xalqaro miqyosda yangi darajaga olib chiqish uchun
chuqur o‘ylab, yakuniy qarorga kelganmiz”
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 10:52
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2021-jıl 18-sentyabrdegi PQ-5246-sanlı qararǵa muwapıq, Islam rawajlanıw banki hám OPEK xalıqaralıq rawajlanıw qorınıń qatnasıwında ámelge asırılıp atırǵan "Awıllıq jerlerdi turaqlı rawajlandırıw" joybarı sheńberinde Nókis rayonında keń kólemli jumıslar izbe-iz dawam etpekte.
Atap aytqanda, rayonnıń Taqırkól awıl puqaralar jıyını aymaǵında jaylasqan 6 kópirde qurılıs-ońlaw jumısları alıp barılmaqta.
Bul kópirlerdi ońlaw ushın jámi 6 milliard 920 million sum qarjı ajıratılǵan bolıp, bul jumıslar xalıqqa qolaylıq jaratıw, transport háreketin jeńilletiw hám aymaqtıń infrastrukturasın jáne de jaqsılawǵa xızmet etedi.
—————
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi PQ-5246-son qarorga muvofiq, Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Nukus tumanida keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, tumanning Taqirko‘l ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 6 ta ko‘prikda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ko‘priklarni ta’mirlash uchun jami 6 milliard 920 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu ishlar aholiga qulaylik yaratish, transport harakatini yengillashtirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

https://t.me/Aqmangituz
🌐
Website
🌐
Instagram

Facebook
📹
youtube

April 24, 09:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Jaslar_TV
#Qaraqalpaqstan_online
#22_04_2026
"MÁMLEKETLIK QÁWIPSIZLIK XÍZMETI KUBOGÍ" JARÍSLARÍNA START BERILDI
#Nókis_rayonı
Kanalǵa aǵza bolıw:
👇
👇
https://t.me/jaslar_tv_online
https://youtu.be/xcsJGxcMDGw