
BBA|Samarqand
#Yoshlar_kuni
Jizzax viloyatida “Yoshlar kuni”da tadbir tashkil etiladi
🇺🇿
2026-yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar”ga bagʻishlangan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e'lon qilindi.
👨👩👧👦
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bilimni baholash tizimida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, keng imkoniyatlar va bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish uchun tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida keng tushunchalar, ko‘nikmalar bo‘yicha yoshlarga ko‘maklashishga bag‘ishlangan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
😎
Navbatdagi uchrashuv
Jizzax viloyatida
Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori
maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich ishtirokida tashkil etiladi.
🗓
Tadbir
2026-yil 23-aprel kuni soat 14:00 da
G'allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tadi.
🗺
Manzil
: Jizzax viloyati, G'allaorol tumani, "Do'stlik" MFY, Mustaqillik ko'chasi, 44-uy.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga
joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева
отбыл
в эту страну с рабочим визитом.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Qozogiston
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi
📆
Ona
(o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan
milliy sertifikat
imtihonlari
2026-yil 25-, 26-, 27-aprel
hamda
2-, 3-, 4-, 11-, 12,-13- va 25-may
kunlari o‘tkaziladi. Ushbu sanalarda belgilangan imtihonlar uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi.
📍
Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
🆔
Imtihonlarda ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomalarini
my.gov.uz
saytining
“Mening arizalarim”
bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.
✉️
Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan
sana, vaqt
va
manzil
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan
belgilangan sana va vaqtda
yetib kelishlari so‘raladi.
⏰
Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:
1-smena:
07:00– 08:15
2-smena:
13:00 – 14:15
🪪
Talabgorlar
test sinovi o‘tkaziladigan binolarga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta)
asosida kiritiladi.
⛔
Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:15 dan, 2-smena uchun soat 14:15 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Izoh:
Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng
21 ish kunida
(23-iyun kuni)
e’lon qilinadi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Xotira_muqaddas
9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–139-son
qarori
e’lon qilindi.
🔥
Qaror bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
📋
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkaziladi hamda ular madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari”, tasviriy san’at ko‘rgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalarini tashkil etishdan iborat bo‘ladi.
👨👧👧
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi.
🏢
Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining o‘z xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga 1 nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishi ta’minlanadi.
🟥
Toshkent shahrida 2026-yil 9-may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi tashkil qilinadi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
〰️
〰️
〰️
Chet tilidan malaka imtihonlari bo‘lib o‘tdi
😎
Avval
xabar qilingan
2026-yil 11-12- va 18-19-aprel kunlarida o‘tkazilishi belgilangan chet tilidan malaka imtihonlarining yozma bosqichi yakunlandi.
📍
Malaka imtihonlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👫
Unda
66 ming 900
nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 93 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
🎙
Eslatma
: mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 13-apreldan boshlangan bo‘lib, 4-maygacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) davom etadi.
🌐
Imtihon natijalari VMQ-73 son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorovni "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев наградил шахматиста Жавохира Синдарова орденом «Меҳнат шуҳрати».
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
#maxsus_imtihon
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tilidan imtihon natijalari e'lon qilindi
😎
2026-yil 10-aprel kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan koʻzi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun oʻtkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari natijalari e'lon qilindi.
🆔
Imtihon natijalari
my.gov.uz
saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📜
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini
my.gov.uz
sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
❗️
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida
my.gov.uz
sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
BBA|Samarqand
pinned a photo
📣
Samarqand viloyatida 2026-yil 18–19-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi
Imtihonlar 2 ta hududda tashkil etiladi:
🏛
1-hudud:Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limi binosi
📍
Manzil: Pastdarg‘om tumani, “Kamolot” MFY, Irteshar GES ko‘chasi, 5A uy
📌
Mo‘ljal: Kimyogarlar shaharchasi yaqinida, sobiq “Temurbeklar maktabi”dan 300 metr uzoqlikda
🚐
Yetib borish: 6 va 15-yo‘nalishli damaslar.
🏛
2-hudud:Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bosh binosi (5–6-qavatlar)
📍
Manzil: Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy
🚌
Yetib borish: 3, 7, 8, 66-yo‘nalishli avtobuslar.
⚠️
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin
🆔
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
✍️
@BBASamarqand
#Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
🧑🎓
2026-yil 14-martdan 9-aprelgacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
🆔
Imtihon natijalari
my.gov.uz
saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📜
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini
my.gov.uz
sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
❗️
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida
my.gov.uz
sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube