
Hammasi haqida
* Istaganingizni ololmasangiz ikkilanishlarsiz ketasiz! Shunga qadrsiz va muhimmassiz!
* O'qiganlarim va o'rganganlarim balki ko'rganlarim.
* Avvalo o'zingizni hurmat qiling!
* O'g'irlasangiz ijodkordek o'g'irlang.
©
#BI14
dardingizni doston qilgani.
Ogohlantirish yaxshi. Oldindan ogohlantirish esa bu judayam yaxshi.
Pul topish – barcha muammolarning bo'lmasda ko'p muammolaringni yechimidir.
Norvegiyaning bitta o'rmonida yashayapman.
Osmonga qarasang, osmonni ko'rsang, o'zingdan xavotir ol!
Pushti ko'zoynaklarni yechish vaqti o'tib ketdi.
Jin ursin, har o'lgan odam yerni kuzatib turish imkoniga ega bo'ladi, degan o'y bilan yashamoqdaman.
Men yaqinda yozmay qo'yaman. Abadiyga... Meni buni hozir senga aytdim. Ertaga ham o'qishdan to'xtama. Qidirsang, sen o'qimagan yoziqlarim ko'p. Oz qoldi...
- Uning uchta sevgani bor edi, oktabr, aprel, avgust.
- Dunyo aylanishi uning sevgisini o'zgartirmaydimi?
- Bilmadim...
- Unda nega bularni aytyapsan? Eslab qolganing haqida maqtanishmi bu?
- Muhimi eslamoq emas, avgustning yaqinligi...
Ketmoq urug' edi...
Men bozorga borib, qorin g'amini yeb, bir to'da og'irlik bilan qaytayotgandim. Chiqish eshigi tagida bir yoshi katta ayol, ro'moli chetidan bir boqdi-yu, bolasidek meni to'xtatdi:
– O'g'lim, to'xta! Narsalaringni qo'y...
Jin ursin, avvaliga qotgan ensam, ayolning ko'zlariga boqqanimda yumshab ketdi. Bu marketing emasdi. Ayol ko'zida quduqni ko'rdim. Tortish arqonining baquvvatligini tekshirib-tekshirmay allaqachon u quduqqa tushib bo'lgandim. Ayol tag'in davom etdi:
– O'g'lim, ranjimadingmi? – dedi, ayol, ozgina xasta ovozda. Biz tomonlarda odamni darrov sensirash odobsizlik bo'lganigami, ensam reaksiyasi birdan yuz bergandi.
– Yo'q, xolajon, tinchlikmi? – birdan so'radim, hammasi joyidaligini tushuntiryapman-ku, o'ylanib turibman.
– O'g'limga o'xsharkansan... – biroz boshi cho'kdi ayolning...
Yo'qotganini qalbim sezib, ozgina o'zimning aftimni aqlli qila boshladim.
– E, xolajon, urug' sotasizmi? Onam, aytgandi, mana-mana bulardan olish esda yo'q, yaxshiyam to'xtatganingiz... – telbalarcha kelsa-kelmasa tartibsiz turgan urug'larni soni-qiymatiga o'ylanmay sola boshladim. Bu orada bir lahza ham ayol mendan ko'z uzmadi.
– Bo'ldi, qil. Senga bular kerakmas. Men seni urug' uchun chaqirmadim. O'g'limga o'xsharkansan, tamom. – va u kamzulining ko'ksidagi kichik cho'ntandak uchburchak qilib buklangan varoq oldi.
– Buni uyga borib och, ichida bitta urug' bor – ketmoq urug'i...
Uyg'ondim. Peshonam terlagan. Qish edi... Shundan keyin ancha uxladim. Ancha. Ammo o'sha tush davomi kelmadi...
Yolg'on gapirish lahzasini bilgan/anglagan odam yolg'onni gapirishni istamagan odamdir!