
BSMI.UZ | Rasmiy kanali
#OAVda_biz
Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda turli oliy ta’lim muassasalari talabalari, jumladan, Hindiston va boshqa davlatlardan kelgan yoshlar ishtirok etib, milliy raqs va musiqiy chiqishlari orqali o‘z madaniyatini namoyon etdi.
Festival doirasida turli xalqlarning san’ati bir sahnada uyg‘unlashib, tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashdi.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz
“Marhabo talantlar shousi” — iste’dod va ilhom uyg‘unligi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Marhabo talantlar shousi” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning bir guruh talabalari san’at, madaniyat, she’riyat hamda raqs yo‘nalishlarida o‘z iste’dodlarini namoyon etishdi.
Tadbirning kirish qismida so‘zga chiqqan institut rektori Shuhrat Teshayev talabalik davri inson hayotining eng bebaho, oltin davri ekanini ta’kidladi. U yoshlar bu davrdan unutilmas, mazmunli xotiralar qoldirishi uchun o‘z iqtidorlarini namoyon etishi muhimligini qayd etdi. Shu bilan birga, har qanday iste’dod va salohiyat, avvalo, ilmda o‘z aksini topishi, bilim olish esa har doim birinchi o‘rinda turishi zarurligini alohida urg‘uladi.
Mazkur tanlov davomida sahnalashtirilgan chiqishlar yig‘ilganlarga katta quvonch ulashdi, yoshlarda ijodiy ruh va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz
Buxoro davlat pedagogika institutida “Sheʼriyat shaydolari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli tanlovda Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etib, oʻz isteʼdodi, bilim va ijodkorligini namoyon etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilar mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarini yuksak mahorat bilan ijro etib, sheʼriyatga boʻlgan mehr va ehtiromlarini namoyish etdilar.
🏛
Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi nomidan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va kelgusi tanlovlarda ulkan zafarlar tilaymiz!
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz
"Marhabo talantlar" shou dasturiga marhabo!
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz
“Ibn Sino vorislari” gazetasining navbatdagi soni chop etildi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti muassisligidagi “Ibn Sino vorislari” gazetasining yangi soni nashrdan chiqdi.
Unda institut hayotiga oid qiziqarli maqolalar, aprel oyi davomida amalga oshirilgan muhim voqea va yangiliklar jamlangan.
Nashr orqali ta’lim, ilm-fan va ma’naviy hayotga doir dolzarb mavzular yoritilgan. Gazetalar — ziyo ulashadi.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz
#xabarlar
#sport
Buxoro davlat tibbiyot institutida sog‘lom turmush targ‘iboti: TTJlarda ertalabki badantarbiya tadbirlari o‘tkazildi
📣
Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida barcha talabalar turar joylarida ertalabki sport tadbirlari tashkil etildi.
📝
Murabbiylari boshchiligida o‘tkazilgan ushbu badantarbiya mashg‘ulotlari talabalarning jismoniy faolligini oshirish, kunni tetiklik va yuqori kayfiyatda boshlashlariga xizmat qildi. Mashg‘ulotlar davomida turli xil jismoniy mashqlar, yengil yugurish va umumiy chiniqtiruvchi harakatlar bajarildi.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz
#xabarlar
#video
Buxoroda o‘tkazilgan xalqaro raqs festivali turli millat vakillarini bir sahnada jamlab, do‘stlik va madaniyat uyg‘unligini namoyon etdi. Institutimizda tahsil olayotgan 30 ga yaqin davlat talabalari, ayniqsa hindistonlik yoshlar, tadbirga o‘ziga xos rang bag‘ishladi.
Yoshlar markazida tashkil etilgan festivalda talabalar milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar orqali o‘z an’analarini namoyish etdi. Rektor nutqida bunday uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashi ta’kidlandi.
Batafsil mazkur videolavhalarda.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz
✅
✅
✅
✅
✅
Fakt 24
Buxoroda qizil jenshen yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
.
✍️
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️
Telegram
✅
Facebook
📹
You tube
🔍
www.bsmi.uz\