
Bahodir Ma’murov
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Maʼmurov Bahodir Baxshulloyevichning rasmiy telegram kanali
Murojaat uchun:
@buxdpi_murojaatbot
https://www.youtube.com/watch?v=2ckwqhdN8a8
#Ўзбек
✍
Рислиғой Ҳотамова
🎤
Озода Нурсаидова
https://t.me/Hotamova_R
Роликни кўриб қаттиқ та’сирландии, жуда ҳам…
😥
энамнинг, бувимнинг, дадажонимнинг ва бошка қадрлиларимнинг “бекат”ларини ёд этдим. Уларнинг қандай чиройли йўловчи бўлганликларини, “бекат”ларининг ҳам нурли бўлганини янада англадим.
☘️
Аслида улар менга қандай “йўловчи” бўлиш ва қандай “бекат”да тушишни ўргатишган экан…
BuxDPI rektori Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi
Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i Suxrobjon Bobokalonov ishtirok etdilar.
Uchrashuvda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, ta’lim va turizm sohalarini rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, talabalar va yosh olimlarni Fransiyaga ilmiy stajirovkalarga yuborish kabi masalalar muhokama qilindi. Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Muhtaram professor-o‘qituvchilar, murabbiylar va ta’lim sohasi fidoyilari!
Barchangizni 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman.
Ustozlik – yuksak san’at, buyuk baxt! Kelajak avlodni tarbiyalashda, yurtimizni yanada yuksaltirishda muhim kuch boʻlgan mehnatingiz va fidoyiligingiz tahsinga sazovordir.
Sizga sihat-salomatlik, oilangizga baxt-u saodat, ezgu ishlaringizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Baxt-saodat va muvaffaqiyat hamisha hamroh boʻlsin!
Hurmat bilan,
B.B.Ma'murov
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor
#OAV
«Xalq so‘zi» gazetasi
ning 2025-yil 25-sentyabr kunidagi 198 (9093)-sonida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati
Bahodir Ma’murov
ning
"Ustozni e'zozlamoq - millatni e'zozlamoqdir"
nomli maqolasi chop etildi.
➡️
Mutolaa uchun
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B.B.Ma’murov Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib, institut faoliyati, o‘quv-uslubiy yo‘nalishlar, zamonaviy ta’lim metodikalari va ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, institutning Axborot-resurs markazi, elektron kutubxonasi hamda raqamli ta’lim platformalari rektor tomonidan alohida e’tirof etildi. Tashrif davomida pedagogik ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar malakasini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Buxoro davlat pedagogika institutida tegishli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ilmiy-metodik seminar va konferensiyalarni tashkil etish borasida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, pedagogik ta’lim sohada yangi yondashuvlar, ustoz-shogird munosabatini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar va tajribalar almashinuvi yuzasidan fikrlar bildirildi. Tashrif yakunida professor-o‘qituvchilar pedagogik mahoratni oshirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borishga kelishildi.
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#OAV
«Xalq so‘zi» gazetasi
ning 2025-yil 13-sentyabr kunidagi 190 (9085)-sonida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor
Bahodir Ma’murov
ning
"Ta'lim millat istiqbolini belgilaydi"
nomli maqolasi chop etildi.
➡️
Mutolaa uchun
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#xalqaro_hamkorlik
Mashhur olimlar BuxDPIda boʻldi
✅
Bugun Buxoro davlat pedagogika institutiga mashhur turkolog olim, Michigan universiteti professori Temur Xo‘ja Usmonxo‘ja o‘g‘li hamda UNESCOning Madaniy diplomatiya, boshqaruv va ta’lim yo‘nalishi rahbari, Anatolia Tech kompaniyasining bosh ijrochi direktori Selin Shenojak tashrif buyurib, institut faoliyati, ta’lim tizimi va ilmiy yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.  Mehmonlar institut jamoasi bilan suhbatda Buxoro pedagogika maktabining boy tarixiy merosi, hozirgi kundagi ilmiy-tadqiqot ishlari va kelajak rejalari haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, professorlar institut o‘quv auditoriyalari, jadidlar markazi, laboratoriya va ilmiy markazlarni ko‘zdan kechirdilar. Tashrif doirasida o‘tkazilgan samimiy suhbat va muloqotlarda ta'limga berilayotgan eʼtibor, ilmiy va amaliy loyihalarni birgalikda bajarish, institutda UNESCOning Ta'lim boʻyicha filialini ochish, o‘zaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
☄️
Bunday tashriflar institut hayotida muhim voqea bo‘lib, yosh avlodning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Ўзаро фойдали ҳамкорликни мустаҳкамлаш – узоқ муддатли шерикликнинг муҳим омили
Дунё мамлакатлари ўртасида ўз ривожланиш йўлига, позициясига эга бўлган юртимиз ҳар жабҳада яхши ҳамкорга айланмоқда.
Батафсил
👉
https://yuz.uz/a/oz/130661
Batafsil
👉
https://yuz.uz/a/uz/130661
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
| Hamkorlik materiali