
Bakhrom Bakhodirovich
Investitsiya orqali $1.000.000 kapitalga chiqish yo'li
📈
Ko'pchilik menda shu haqida so'ragani uchun, to'liq javob bo'luvchi video formatida tayyorladik, agar kelajakda ko'chmas mulk orqali mln$ kapitalga chiqishni rejalashtirgan bo'lsangiz bu video siz uchun aniq foydali bo'ladi
🤝
@Bakhrom_Bakhodirovich
Oila bilan o‘tkazilgan vaqt - eng yaxshi sarmoya
Oilaviy an’analar munosabatlarni mustahkamlaydi va umrbod esda qoladigan xotiralar yaratadi. Har dam kunlarini men oilam va yaqinlarim davrasida o’tkazaman. Yaqinlaringiz bilan muloqot qilishga vaqt ajratishni unutmang, chunki bu doimo o‘zini oqlaydigan sarmoyadir. Oilaviy hordiq uchun as qotadigan oddiy holatlar:
1. Birgalikdagi kechki ovqat - kunni muhokama qilish va yangiliklarni baham ko‘rish imkoniyati.
2. O‘yin kechalari - stol o‘yinlari jamoaviy ruhni va strategik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
3. Tabiatda dam olish - ochiq havoda hordiq chiqarish salomatlikni va oilaviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Keyingi oilaviy kuningizni bugunoq rejalashtiring va uni unutilmas qiling!
Xalqimizda bir gap bor
«Erta uyg'onsang kuning barakali bo'ladi. Erta tongdan uyg'onib, sport bilan shug'ullanib, oilasi bilan birga bir dasturxon ustida nonushta qilib, yaqinlar duosini olib ishga yo'l olarkansiz, kun ancha barakali o'tadi.»
Bir qiynalgan yaqin tanishingizga moddiy taraflama yordam berar ekansiz, pulingizga baraka kiradi. Yoki hech bo'lmaganda shirin gap bilan joniga oro kirar ekansiz, siz pozitiv kayfiyatga ega bo'lasiz.
— Lekin pozitiv kayfiyatni ishga qanday barakali ta'siri bo'ladi deb o'ylayotgan bo'lsangiz?
Bu savolga batafsil men o'zimni instagram sahifamda video reels joyladim. Kirib ko'rib, batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Agar qiziq fikrlar va savollar bo'lsa albatta izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin
👇
Videoni ko'rish uchun:
https://www.instagram.com/p/DCjredoq3bN/
O’zbekistonda Investitsiya qilishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun
8ta maslahat
Assalomu alaykum, do’stlar. Investitsiya dunyosiga kirayotgan yangi boshlovchilar uchun muhim qadamlar va ko'rsatmalar bugungi maqolada
👇
Maqolani o’qish
Bugun ajoyib bir podkast ga keldim. Suhbat ancha qizg'in ketmoqda. Xudo xohlasa tayyor bo'lgandan so'ng e'lon qilamiz va bu youtube ga qo'yiladi. Aniq ayta olaman juda ham ko'pchilikka foydasi teyadi. Anonsni albatta o'z profilimda aytaman
Qanday qilib pulingizni to'g'ri boshqarish kerak?
Moliyaviy savodxonlik kelajakka ishonchning kalitidir. Pulni samarali boshqarish uchun bir nechta asosiy tamoyillarni tushunish muhimdir.
1. Byudjet tuzing
Rejalashtirishdan boshlang. Daromad va xarajatlaringizni ajrating, ustuvorliklaringizni belgilang. Oddiy yondashuv 50-30-20 qoidasi: asosiy ehtiyojlar uchun 50%, shaxsiy xarajatlar uchun 30% va jamg'arma va investitsiyalar uchun 20%.
2. Jamg'arma va investitsiyalar
Moliyaviy yostiq yarating - kamida 3-6 oylik xarajatlar. Muntazam ravishda tejash ishonchni oshiradi va investitsiya qilish daromadingizni oshirishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar va obligatsiyalar kabi asosiy vositalarni o'rganing va uzoq muddatli strategiyalardan foydalangan holda kichik investitsiyalar bilan boshlang.
Moliyaviy savodxonlik barqaror kelajakka sarmoyadir. Pulingizni oqilona boshqaring, qarzlardan qoching va boyligingizni oshirish uchun sarmoya kiriting!
Kuzatib borishingiz uchun:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
TikTok