Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Baxtiyor Rasulov | Rasmiy kanal

BaxtiyorRasulov
Andijon davlat pedagogika instituti rektorining rasmiy sahifasi Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali shaxsan menga yuborishingiz mumkin 👉 @adpirektoribot
Subscribers
7 900
24 hours
20
30 days
-490
Post views
1 438
ER
18,94%
Posts (30d)
11
Characters in post
697
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 18, 16:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚽️
🏀
🏐
🏆
Bir maydon, bir maqsad – do‘stlik va sog‘liK!
Tez kunda...
Siz kutayotgan mega loyiha....
🔵
Bizni kuzatib boring
💬
Telegram
📷
Instagram

April 15, 12:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov
bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan
tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi.

@BaxtiyorRasulov

April 13, 08:00
Media unavailable
3
Show in Telegram

Андижон давлат пeдагогика институтида “Ректор кубоги”баҳслари бошланади
Андижон давлат педагогика институтида ҳар ҳафтанинг сешанба куни “Спорт куни” этиб белгиланди. Ушбу кун доирасида профессор-ўқитувчилар ҳамда ишчи-ходимлар ўртасида қатор спорт тадбирлари ташкил этилмоқда.
Хусусан, футбол бўйича “Ректор кубоги” мусобақаларига старт берилмоқда. Турнир давомида жамоалар ўзаро куч синашиб, ғалаба учун муросасиз кураш олиб борадилар.
Барча футбол ихлосмандларини ҳамда кенг жамоатчиликни мазкур учрашувларни томоша қилишга чорлаб қоламиз!
👉
@ANDIJON_BUGUN

April 13, 07:27
Media unavailable
3
Show in Telegram

Андижон давлат пeдагогика институтида “Ректор кубоги”баҳслари бошланади
Андижон давлат педагогика институтида ҳар ҳафтанинг сешанба куни “Спорт куни” этиб белгиланди. Ушбу кун доирасида профессор-ўқитувчилар ҳамда ишчи-ходимлар ўртасида қатор спорт тадбирлари ташкил этилмоқда.
Хусусан, футбол бўйича “Ректор кубоги” мусобақаларига старт берилмоқда. Турнир давомида жамоалар ўзаро куч синашиб, ғалаба учун муросасиз кураш олиб борадилар.
Барча футбол ихлосмандларини ҳамда кенг жамоатчиликни мазкур учрашувларни томоша қилишга чорлаб қоламиз!
👉
Vodiy1.uzга уланиш учун
https://t.me/Vodiy1uzofficial
.  Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

April 10, 15:21
Media unavailable
3
Show in Telegram

#диққат
🟢
Зўр янгилик! Андижон ОТМларидан янги ташаббус: “Андижон талабалари лигаси”
Апрел ойидан бошлаб вилоятдаги ОТМларнинг спорт клубларига аъзо талабалари ўртасида “Андижон талабалари лигаси” мусобақалари бошланади. Ғоя муаллифлари ва ташаббускор ректорлар бугун Андижон давлат чет тиллари институтида “Андижон талабалар лигаси” мусобақаларини юксак савияда ташкил этиш борасида учрашиб, меморандум имзоладилар.
Барча спорт турлари бўйича мусобақалар ўқув йили давомида ўтказилади.
Мусобақанинг умумий соврин жамғармаси – 100 миллион сўм.
Водий бир мазкур турнирнинг расмий ахборот ҳамкори. Ёшларни чемпионлик сари бошловчи қизиқарли баҳсларни республиканинг энг нуфузли нашрлари ҳам ёритиб боради. Кутиб олинг янги лойиҳа.
📹
Батафсил видеода
👆
👉
Vodiy1.uzга уланиш учун
https://t.me/Vodiy1uzofficial
. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

April 09, 14:42
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

“Kelajakka qadam” amalda: talaba qiz 100 mln so‘m kredit asosida 10 ta ish o‘rni yaratdi
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim tashabbus amaliy natijasini bermoqda.
Institut talabasi
To‘xtaboyeva Ra’no Jo‘raboy qizi “Kelajakka qadam” dasturi asosida 100 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditdan foydalanib, “Maqsad IT” nomli zamonaviy o‘quv markazini tashkil etdi.
Mazkur markazning tantanali ochilish marosimida institut
rektori B.Rasulov, tuman hokimi o‘rinbosari X. Badalov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i T. Umarov, Milliy bank OAJ Andijon filiali “Kelajakka qadam” koordinatori B. Odilov hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tahlillarga ko‘ra, mazkur loyiha birgina tashabbus orqali ikki muhim natijani ta’minladi:
100 mln so‘m investitsiya
— yosh tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun moliyaviy asos yaratdi;
10 ta yangi ish o‘rni
— yoshlar bandligini ta’minlashga bevosita hissa qo‘shdi.
Eng e’tiborlisi,
Ra’noxon bugun ish izlovchi emas, balki ish beruvchi yosh tadbirkor
sifatida faoliyat boshladi. Bu esa “Kelajakka qadam” dasturining amaliy samaradorligini yaqqol namoyon etadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

April 09, 04:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni
Bugun mamlakatimizda buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi va tengsiz sarkarda
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi
yuksak ehtirom va chuqur hurmat bilan keng nishonlanmoqda.
Sohibqiron hayoti — bu qat’iyat, uzoqni ko‘ra bilish va mustahkam irodaning yorqin namunasi. U murakkab davrda tartibsizlikni tizimga, parokandalikni kuchli davlatga aylantira oldi. Bu esa har qanday muvaffaqiyat zamirida aniq maqsad, strategiya va tinimsiz mehnat yotishini ko‘rsatadi.
Amir Temur uchun kuch — faqat qurol emas, balki bilim, tafakkur va adolat bilan uyg‘unlashgan kuch edi. U ilm ahliga e’tibor qaratdi, bunyodkorlikni ustuvor yo‘nalishga aylantirdi va jamiyatni tartib asosida rivojlantirdi.
Bugungi yoshlar uchun eng muhim xulosa shuki
, katta natijalar tasodifan emas, balki intizom, bilim va qat’iyat orqali erishiladi. Har bir inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ya olishi, unga sodiq qolishi va tinimsiz harakat qilishi zarur.
Biz uchun Amir Temur merosi — bu tarix emas, balki harakatga chorlovchi kuchdir. U bizdan faqat faxrlanishni emas, balki unga munosib bo‘lishni talab qiladi.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

April 06, 10:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum, aziz talabalar!
Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportni keng ommalashtirish va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan muhim tashabbus — “
Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi
” bugun tantanali ravishda o‘z startini oldi.
Mazkur nufuzli musobaqa doirasida voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika hamda suzish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, “
Aprel–May – sport va sog‘lomlashtirish oyligi
” doirasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari orqali
badminton, kurash, shaxmat, regbi-7, suv polosi, chim ustida xokkey kabi yo‘nalishlar ham keng qamrab olinmoqda.
Hurmatli talabalar!
Sport — bu nafaqat jismoniy chiniqish, balki insonning iroda kuchini mustahkamlovchi, intizom va qat’iyatni shakllantiruvchi, jamoada ishlash madaniyatini rivojlantiruvchi muhim hayot maktabidir. Ushbu musobaqalar sizlarga o‘z salohiyatingizni namoyon etish, tengdoshlaringiz bilan sog‘lom raqobat muhitida bellashish va yuksak natijalarga erishish imkonini yaratadi.
Sizlarni ushbu sport tadbirlarida faol qatnashishga, sog‘lom turmush tarzini hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga hamda Andijon davlat pedagogika instituti sha’nini munosib himoya qilishga chorlayman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, yuksak g‘ayrat-shijoat va sport maydonlarida yorqin g‘alabalar tilayman!
Hurmat bilan,
Andijon davlat pedagogika instituti rektori
Baxtiyor Rasulov

@BaxtiyorRasulov

April 06, 03:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

MAXSUS REPORTAJ | PAVLONIYA FEST-2026 JONLI EFIRDAN YOZIB OLINGAN 05.04.2026
Telegram | Youtube | Instagram | Facebook

April 06, 03:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

SHARHSIZ LAVHA    |  PAVLONIYA FEST-2026     05.04.2026
Telegram
|
Youtube
|
Instagram
|
Facebook