Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati

Bekobodtumanihokimligi
Bekobod tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali Расмий сахифаларимиз: 👇🏻 Telegram: https://t.me/Bekobodtumanihokimligi https://www.facebook.com/Bekobodtumanihokimligi/ Instagram: http://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Subscribers
4 240
24 hours
30 days
Post views
1 453
ER
36,6%
Posts (30d)
52
Characters in post
834
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
February 13, 05:45
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” — yangi imkoniyatlar sari muhim qadam
Bekobod tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida
“Biznesni 15 daqiqada boshlash”
tamoyili bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda 2026-yil 1-yanvar
dan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etilgani hamda ushbu tizim bir vaqtning o‘zida
7 ta
xizmatni ko‘rsatishni nazarda tutishi batafsil tushuntirildi.
Mazkur xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🔹
elektron raqamli imzo kalitini berish;
🔹
bankda hisobvaraq ochish uchun ariza topshirish;
🔹
litsenziya, ruxsatnoma yoki xabarnoma olish uchun ariza topshirish (faoliyat turiga qarab);
🔹
ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish;
🔹
QQS to‘lovchisi guvohnomasini rasmiylashtirish (avtomatik tarzda beriladigan soliq to‘lovchilar uchun);
🔹
onlayn nazorat-kassa apparatini xarid qilish va uni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
🔹
yuridik shaxs rahbarini tayinlash hamda uni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga qo‘yish.
Tadbirkorlar
“Biznesni 15 daqiqada boshlash”
tamoyili doirasida har bir xizmatdan ixtiyoriy ravishda foydalanishlari mumkin. Tanlangan xizmatlar uchun to‘lovni yagona
QR-kod
orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur yangilik
biznesni boshlash jarayonini yanada tez, qulay va shaffof qilishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 13, 05:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Siyosiy_ma’rifat_soati
✈️
“Siyosiy ma’rifat soati”
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 13, 04:21
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

“Bir asrning ikki dahosi” — ma’naviyat va ilhom kechasi
Bekobod tuman 55-maktabda buyuk mutafakkirlar Z
ahiriddin Muhammad Bobur
hamda
Alisher Navoiy tavallud kunlari
munosabati bilan
“Bir asrning ikki dahosi”
nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida maktabning
“Vatan tayanchi otryadi”
a’zolari va 5-sinf
“Jasorat sinfi”
o‘quvchilari sahna ko‘rinishlari orqali ajdodlarimizning boy merosi va ibratli hayot yo‘lini mahorat bilan namoyish etdilar. Navoiyning dilbar g‘azallari hamda Boburning hikmatga boy ruboiylari o‘quvchilar ijrosida jaranglab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usi va mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamladi.
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 12, 13:03
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#Qizlar_millat_tarbiyachilari
“Ilm va ayol — jamiyat ko‘zgusi”
Bugun tumandagi Achamayli mahallasi 48-maktabda 11-fevral —
“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”
munosabati bilan
“Ilm va ayol — jamiyat ko‘zgusi”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustoz-murabbiylar, olima ayollar, mahalla xotin-qizlar faollari, oqila ayollar, iqtidorli qizlar hamda ularning ota-onalari faol ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tuman IIB bo‘limi mas’ul xodimi N. Qosimova va “
Oqila ayollar”
tuman rahbari G. Po‘latova ishtirok etib, qizlarning ta’lim olishi jamiyat taraqqiyoti va sog‘lom oila, barqaror kelajakning muhim omili ekanini ta’kidladilar.
Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, qizlarni ilmga, izlanishga va yuksak marralarga intilishga ruhlantiruvchi ma’ruzalar qilindi.
🎓
Faol ishtirok etgan o‘quvchi qizlar munosib taqdirlandi.

Ilmli ayol
— ma’rifatli jamiyat, tarbiyali avlod va yorqin kelajak poydevoridir!
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 12, 12:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Samovarchi momo”ga ehtirom — an’ana va mehr tantanasi
Bugun Bekobod tumani Madaniyat bo‘limi Folklor maktabi jamoasining faol a’zosi, milliy an’analarimizning jonkuyar targ‘ibotchisi sifatida e’tirof etilgan, xalqimiz orasida
“Samovarchi momo”
nomi bilan mehr qozongan
Roxatoy opa Mamatqulovaning 81 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan tantanali tadbir
bo‘lib o‘tdi.
🎖
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
tomonidan Roxatoy opa Mamatqulova
“Madaniyat va san’at fidokori”
ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu mukofotni o‘rinbosari M. Majidov topshirdi, onaxonimizning milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga yuksak e’tirof bo‘ldi.
Tadbirda Roxatoy opa Mamatqulovaning ibratli hayot yo‘li, boy ijodiy faoliyati va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari yodga olindi. Nuroniylar, jamoatchilik vakillari, yaqinlari hamda san’at ixlosmandlari ishtirokida samimiy tabriklar va rang-barang madaniy dastur namoyish etildi.
🌺
“Samovarchi momo”
timsolida xalqimizning azaliy an’analari, mehmondo‘stlik va samimiyat qadri yana bir bor ulug‘landi.
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 12, 12:27
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

“Uch avlod uchrashuvi” — avlodlar bog‘liqligi, tajriba va tarbiya maktabi
Bugun Bekobod tumanining Qushchi mahallasidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
“Uch avlod uchrashuvi”
tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda “Nuroniy” jamg‘armasi Bekobod tuman bo‘limi raisi J. Bo‘rixo‘jayev, mahallaning
“Keksalar maslahati guruhi”, “Nuroniylar va ota-onalar kengashi”
a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan
Murojaatnomasining
mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish, ularni vatanparvarlik, ma’naviy yetuklik va faol fuqarolik ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida
nuroniylar jamiyatda maromiylik, ya’ni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, sabr-toqat va tinchlik madaniyatini keng targ‘ib qilish muhim ekanini ta’kidladilar.
Ustozlar va nuroniylar tomonidan hayotiy tajribalar, ibratli fikrlar hamda yoshlar uchun muhim tavsiyalar berildi.
Avlodlar uchrashuvi
— tajriba, tarbiya va ma’naviyat uzviyligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 12, 10:14
Media unavailable
2
Show in Telegram

Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlandi.
Bobur monologi:
🎙
M. SHERBEKOV .
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 12, 06:58
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Bekobodda sholichilikni rivojlantirish bo‘yicha muhim ilmiy-amaliy muloqot
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A. Mansurov, direktor o‘rinbosari Y. Soyibnazarov, Bekobod tumani hokimi hamda qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari ishtirokida tumanda
sholichilik yo‘nalishini rivojlantirish
masalalari yuzasidan ilmiy yondashuv va intensiv texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Yig‘ilishda sholichilikda ilmiy yondashuvni kuchaytirish,
intensiv texnologiyalarni
joriy etish hamda hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan
zamonaviy agrotexnologiyalar, innovatsion tajribalar
va amaliy takliflar taqdim etildi.
➡️
Maqsad
: yuqori hosil, samarali ishlab chiqarish va fermerlar daromadini oshirish.
➡️
Natija:
ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi asosida yangi bosqichga chiqish.
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 12, 03:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Hurmatli san’at ixlosmandlari!
💥
Sizni Folklor maktabi jamoasining faol a’zosi, milliy an’analarimizning jonkuyar targ‘ibotchisi sifatida e’tirof etilgan, “Samovarchi momo” nomi bilan xalq mehrini qozongan Roxatoy opa Mamatqulovaning 81 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan tantanali tadbirimizga samimiy taklif etamiz.
⚡️
Tadbir davomida onaxonimizning ibratli hayot yo‘li, boy ijodiy faoliyati hamda milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yodga olinadi. Nuroniylar, jamoatchilik vakillari, yaqinlari va san’at ixlosmandlari ishtirokida samimiy tabriklar hamda rang-barang madaniy dastur namoyish etiladi.
💥
Tashrifingiz tadbirimizga fayz bag‘ishlab, onaxonimizga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom va hurmat ramzi bo‘lishiga ishonamiz.
Sana: 12-fevral
Vaqti: 14:00
Manzil: Zafar shaharchasi Madaniyat markazi
Hurmat bilan,
“Nilufar” folklor maktabi rahbariyati
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite

February 11, 18:54
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Brifing
Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sarvar Ergashxo‘jayevning huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida aholiga yo‘llagan
MUROJAATI
Mazkur murojaatda joriy yilning yanvar oyi yakunlariga ko‘ra Bekobod tumanida
xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning, xususan kiberjinoyatlar
ning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek fuqarolarning burchi va mas’uliyati haqida so‘z boradi.
▶️
Batafsil lavhamizda
👆🏻
Rasmiy sahifalarimiz

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Vebsite