
Bo‘stonliq tumani hokimligi
#Boʻstonliq_tumani
“Nanay” mahallasida jinoyatlarning oldini olish va hudud tozaligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
🟢
Bugun Bo‘stonliq tumani prokurori S.Xusayinov, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Z.Iminov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev, mahalla yettiligi hamda fuqarolar ishtirokida “Nanay” mahallasida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🟢
Mazkur yig‘ilish davomida mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratayotgan omillar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
🟢
Muhokama jarayonida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni erta aniqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilar tomonidan fuqarolar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ayniqsa yoshlar va notinch oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🟢
Shuningdek, shu kunlarda tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhit musaffoligini saqlash hamda sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari yuzasidan ham fikr almashildi.
🟢
O‘rganishlar jarayonida “Nanay” mahallasi hududida ham ayrim fuqarolar tomonidan belgilanmagan joylarga noqonuniy ravishda chiqindilar tashlash holatlari kuzatilgani qayd etildi. Mazkur holatlar atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, hududning sanitariya holatini yomonlashtirishi va mahalla obodonchiligi darajasiga putur yetkazishi ta’kidlandi.
🟢
Shu munosabat bilan fuqarolarni hudud tozaligiga mas’uliyat bilan yondashish, chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlash hamda obodonlashtirish va tozalik tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️
Kanalga ulanish:
https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍
Web-site
|
✅
Telegram
|
💬
Facebook
|
📸
Instagram
#Boʻstonliq_tumani
🟢
“Sari-qangli” MFY hududida tungi yoritish tizimini yaxshilash maqsadida Sari-qangli ko‘chasiga 17 dona, Jiydazor ko‘chasiga 4 dona, Charxpalak ko‘chasiga 6 dona hamda Nurli hayot ko‘chasiga 13 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Natijada hudud bo‘ylab jami 40 dona chiroq o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️
Kanalga ulanish:
https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍
Web-site
|
✅
Telegram
|
💬
Facebook
|
📸
Instagram
Fevral oyida Prezidentimiz
kreativ iqtisodiyot uchun soliq va boshqa bir qator imtiyozlarni
nazarda tutuvchi alohida qarorni imzoladi.
Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishda
arxitektor, loyihachi va urbanistika sohasi uchun birinchi kreativ parkni Toshkent shahrida tashkil qilish
topshirildi. Bunday kreativ parklarni
hududlarda ham barpo etish ishlarini boshlash
vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, Toshkentda yangi o‘quv yilidan
urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi oliygoh
faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda o
‘rta bo‘g‘in kadrlari uchun texnikum
ham bo‘ladi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.
Facebook|
Instagram|
X
Umuman, bu yil hududlarda
140 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni topshirish
zarurligi qayd etildi.
Bunda
renovatsiyaga alohida e’tibor qaratish
muhim ekani ta’kidlandi. Chunki shahar va shaharchalar eniga kengayib borsa,
infratuzilmaga xarajat 4-5 karra oshadi, maktab, bog‘cha, poliklinikaga masofasi uzayadi, minglab gektar ekin yeri qisqaradi.
Masalan,
Samarqand shahrining
temir yo‘l orti hududi,
Kattaqo‘rg‘on shahri, Oqtosh, Ishtixon, Bulung‘ur, Juma, Jomboy kabi shaharchalarda “barak” tipidagi uylar
ko‘p. Shu bois,
eskirgan uylar o‘rnida renovatsiya asosida ko‘p qavatli uylar qurish zarurligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Umuman, bu yil
renovatsiya zonalarida kamida 30 ming kvartirali ko‘p qavatli uylarni
foydalanishga topshirish muhimligi qayd etildi.
Facebook|
Instagram|
X
Aholini uy-joyga bo‘lgan talabini ta’minlash
doimiy diqqat markazida bo‘lishi shartligi ta’kidlandi.
So‘nggi yillarda
56 ta “Yangi O‘zbekiston” massivining
infratuzilmasi uchun
4 trillion 100 milliard so‘m
mablag‘ berildi. Joriy yil ushbu maqsadlarga
yana 1 trillion 400 milliard so‘m
ajratilmoqda.
Lekin 2025-yilda
Toshkent viloyatida 2,1 mingta, Samarqandda 1,5 mingta, Farg‘onada 1,3 mingta, Toshkent shahrida 1 mingta, Jizzaxda 380 ta xonadon
foydalanishga topshirilmagan.
Soha mutasaddilari va hokimlar bu yil
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 34 ming xonadonni qurib bitkazishi shartligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Qurilishi davom etayotgan
massivni kengaytirishga o‘sha hududdagi 85 foiz kvartirani egasiga topshirganidan keyingina ruxsat berilishi
belgilandi.
Poytaxt va Samarqand tajribalari asosida
investitsiya kompaniyalari
tashkil qilindi. Bu kompaniyalar 1-oktabrdan boshlab,
ko‘p qavatli uylar qurish uchun yerlarni qurilishga ruxsati, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i va dastlabki loyihasi bilan birga tayyor holda auksionga chiqaradi.
Facebook|
Instagram|
X
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan 20 milliard dollardan ortiq infratuzilma loyihalari
amalga oshirilmoqda.
Lekin kichik va o‘rta quruvchilar uyoqda tursin, hatto
yuqori reyting, yetarli mablag‘ va texnikaga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarimiz ham ushbu bozorga to‘liq kira olmayotgani,
kirgani ham
subpudratchi bo‘lib ishlayotgani
qayd etildi.
Mutasaddilar, buyurtmachi vazirlik va idoralar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralarda
quruvchilarimiz imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olmayotgani, s
hartnoma shartlarini belgilashda
mahalliy pudratchilar manfaatlarini himoya qilmayotgani, xalqaro tenderlar shartlarini o‘rgatmagani
uchun e
ng arzon narx bergan korxonalarimiz ham tenderda raqobat qila olmayotgani
tanqid qilindi.
Shu bois, mahalliy loyihachi, quruvchi va konsultantlarni
xalqaro tenderlarda ishtirok etishga o‘qitish bo‘yicha tizim yaratish
vazifasi qo‘yildi.
Qolaversa, quruvchilarimiz
qo‘shni davlatlardagi xalqaro loyihalarda bosh pudratchi bo‘lib qatnasha boshlagani
yuqori baholandi.
Facebook|
Instagram|
X
O‘tgan yili qurilish obyektida loyihachi va buyurtmachilarning nazoratchilari
42 mingta kamchilik
qayd etgan, Qurilish inspeksiyasi esa yana
250 mingdan ziyod qoidabuzarlik
aniqlagan. Sabab –
loyihachi hamda buyurtmachilarda mualliflik va texnik nazorat bo‘yicha manfaatdorlik yo‘q.
Shu bois, joriy yil 1-iyundan boshlab davlat buyurtmachilari faoliyati to‘liq KPIga bog‘lanishi,
xodimlarning oyligi 3 karra oshirilishi
belgilandi.
Loyiha hujjatini ishlab chiqish uchun obyekt qiymatining 5 foizigacha mablag‘
beriladi,
mualliflik nazorati uchun esa alohida shartnoma asosida to‘lov
qilinadi.
Shu bilan birga, endi texnik nazorat yoki mualliflik nazoratchisi mas’ul bo‘lgan
obyektda qo‘pol qoidabuzarlik aniqlansa, pudrat korxonasi bilan birga nazoratchilarga ham qat’iy chora ko‘rish
zarurligi qayd etildi. Loyihachining
“Shaffof qurilish”dagi reytingi ham pasaytiriladi.
O‘tgan yili
400 nafar qurilish nazoratchisi yonkamera bilan ta’minlandi, 1 ming 221 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektiga videokuzatuv kameralari
o‘rnatildi.
Endilikda budjetdan quriladigan
qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uy, yirik savdo va sanoat korxonasi, mehmonxona, turizm obyektlari qurilishi ham onlayn nazorat kameralari bilan qamrab olinadi.
Urbanizatsiya qo‘mitasiga
shaharsozlik qoidalarini qo‘pol buzganlik bo‘yicha moliyaviy sanksiya joriy qilish
bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X
Sansalorlikning yana bir sababi – joylarda
shaharsozlik kengashishga a’zo 26 ta idora o‘rtasida muloqot va hamkorlik yo‘qligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, shaharsozlik kengashiga
Toshkent shahri va viloyat hokimlarining o‘zi boshchilik qilib, tadbirkorning masalasiga yakuniy yechim berishi
belgilandi.
“Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga
l
izingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani
noto‘g‘ri ekani qayd etildi. Bunday texnikalar hisobga olinsa,
kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pog‘ona ko‘tarilib, 17 trillion so‘mlik bozorga kirish
imkoni paydo bo‘ladi.
Qurilish vazirligiga
lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash
topshirildi.
Bundan tashqari, pudrat korxonalariga c
het eldan yiliga bitta maxsus texnika olib kelish bo‘yicha cheklovni bekor qilish
zarurligi qayd etildi.
Umuman, mutasaddilarga uch oyda
qurilishga ruxsat olishdan boshlab, foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tahlil qilib, talablar, muddatlar va to‘lovlarni 2 barobargacha qisqartirish
bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq
2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri
rad etilgan.
– Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin
ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt!
– dedi davlatimiz rahbari.
Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun
avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.
Toshkent shahrida
2 ta xizmatni bir bosqichda
ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun
hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi.
Ushbu tajribani
1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish
topshirildi.
Hozirda
elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat
qilish kerak.
1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish
imkonini
yaratish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|
Instagram|
X
So‘nggi to‘rt yilda auksionda sotilgan
11,5 ming gektar yerdan 3 ming gektarida qurilish boshlanmagan.
Oqibatda
qo‘shimcha 100 ming ish o‘rni, 20-25 trillion so‘m qo‘shilgan qiymat yo‘qotilayotgani
qayd etildi.
Auksionga chiqarilgan
582 gektar yer uchastkasi, 122 ta davlat obyekti bir yildan beri sotilmay turibdi.
Chunki xususiylashtirish dasturini qabul qilishda ham, obyektlarni sotishda ham
hokimlarning o‘rni bilinmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan o‘rganilmayotgani
qayd etildi. Aslida, har obyektni sotishda
hududga investitsiya, mahalla uchun ish o‘rni birinchi o‘rinda bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Endilikda
xususiylashtirish dasturiga obyektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi bo‘yicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi
belgilandi.
Xususiylashtirish doirasida
bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi.
Facebook|
Instagram|
X