Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Buvayda tuman hokimligi| rasmiy kanali

Buvaydaaxborotxizmati
📢 Buvayda tuman hokimligi Shaffoflik, rivojlanish va yangiliklar manbai. Ijtimoiy tarmolardagi rasmiy sahifalarimiz manzillari ⤵️ https://taplink.cc/buvaydatumanhokimligi 👤 Axborot xizmati rahbari: @Asadbek_Shokirov ☎️ +998735292522
Subscribers
9 310
24 hours
10
30 days
-400
Post views
887
ER
2,61%
Posts (30d)
255
Characters in post
892
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 28, 08:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari
investitsiya masalalariga
to‘xtalib o‘tdi.
Viloyatdagi
1 ming 77 gektar ekin yerlari sanoat zonalari uchun ajratib berilgan.
Tuman hokimlari
investitsiya sifatini asosiy mezon qilib
belgilab, har bir gektar yer yiliga
kamida 50 milliard so‘mlik mahsulot
olib kelishi bo‘yicha izlanishlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sanoat zonalarida
5 milliard dollarlik loyihalarni
boshlash topshirildi.
Beshariqdagi Andarxon mahallasidagi
7 gektar maydonda
erkin savdo zonasi tashkil etilishi
belgilandi.
Qo‘qondagi
11 gektarda joylashgan
mexanika zavodi bor-yo‘g‘i 20 foiz quvvatda ishlayotgani
ko‘rsatib o‘tildi. Bu yerda
70 million dollarlik yirik savdo kompleksini barpo qilish
taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 08:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

Farg‘ona tumanidagi 15 ta mahallada
5 mingdan ortiq xonadon tomorqada
malina
yetishtirmoqda.
Dehqonlar
malina pishgandan keyin 2-3 kunda sotilmasa, narxi 20 foizgacha tushishi, saqlashga omborxona yetishmayotganini
aytmoqda.
Mutasaddilarga
Farg‘ona tumanidagi 10 ta mahallada 50-100 tonnalik kichik omborxona qurib, dehqonlarga imtiyozli lizing asosida berish
topshirildi.
Umuman, bu yil
611 ming tonna meva, 252 ming tonna uzum, 1,8 million tonna sabzavot, 119 ming tonna sholi
yetishtirib,
meva-sabzavot eksportini 25 foizga o‘stirib, 500 million dollarga yetkazish
muhim ekani qayd etildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 08:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
Farg‘ona, Yozyovon, Quva va O‘zbekiston tumanida 7 ming 400 gektar paxta-g‘alla maydonini qisqartirish
taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Bu yil
Farg‘ona, O‘zbekiston tumanlarida
4 ming 400 gektarda
o‘rik, olxo‘ri, bodom va malina plantatsiyasini
yaratish,
Quvada
1 ming 200 gektar dasht hududida
gilosning eksportbop navlarini ekish,
Yozyovonda
1 ming 800 gektarda
iste’mol va urug‘lik uchun cho‘l sharoitiga mos yuqori hosilli sholi plantatsiyalarini barpo etish
muhimligi qayd etildi.
Yozyovonda sholichilik maktabini
ishga tushirib, sinov tarzida
100 gektar ko‘lning suv yuzasida kassetali usulda organik sholi yetishtirishni boshlash
topshirildi.
Viloyatdagi
50 ming gektar kam hosilli paxta va g‘alla yerlari hamda samarasi kam bog‘lar o‘rnida super intensiv bog‘lar yaratish
bo‘yicha katta dastur qilinadi.
Birinchi bosqichda
10 ming gektar sanoatlashgan super intensiv bog‘ barpo etish
bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish,
dehqonlar uchun imtiyozli kredit yoki lizing asosida tayyor bog‘ qilib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 07:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
“Quva Agrostar” agromajmuasi
tajribasini qayd etdi. Bu yerda
kooperatsiya asosida tomorqa va dehqon xo‘jaliklariga kichik sexlar qurib berish
reja qilingan.
Bunda agromajmua
dehqonlarni o‘qitib, ularga in-vitro laboratoriyada yetishtirgan ko‘chatlarni tarqatadi, tayyor mahsulot eksportiga ko‘maklashadi,
dehqonlar esa
meva-sabzavot yetishtirib, qayta ishlab, bozorga tayyor qilib beradi.
Mana shunday yondashuvlarni
barcha tumandagi tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida joriy qilish,
hududdagi
jami 5,5 ming gektar eskirgan bog‘larni to‘liq yangilash
kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bunday loyihalar uchun
uskuna va laboratoriyalarni sotib olishga arzon kredit liniyasi ochiladi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 07:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Birinchi chorak yakunida
Farg‘onada inflyatsiya yillik hisobda 7,5 foizgacha pasaygani
bilan
respublika ko‘rsatkichidan yuqori
bo‘ldi.
Tahlillar Farg‘onada inflyatsiyaga ta’sir qiladigan
iste’mol savatidagi 517 xil tovar va xizmatlarning 480 tasi viloyatning o‘zidan chiqishini
ko‘rsatmoqda.
Mutasaddilar
shu mahsulotlarni ko‘paytirib, narxini arzonlashtirish
bo‘yicha qattiq ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Viloyatda
370 ming gektar sug‘oriladigan yer, shundan 55 ming gektar bog‘ va tokzor bor. Shuningdek, 37 ming gektar qir va adirlar
mavjud.
Lekin hozirda
5,5 ming gektar bog‘ va tokzor eskirgan.
Sabzavot, bog‘ va tokzor qilsa bo‘ladigan
6 ming gektar dasht va adir bo‘sh yotibdi.
Bu
qo‘shimcha 300 ming tonna meva-sabzavot, iqtisodiyotga 2 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat
yaratish bo‘yicha zaxira ekani qayd etildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 07:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ishlab chiqarishga sun’iy intellektni joriy qilish
orqali
xarajatni 20 foizgacha qisqartirish, daromadni esa 30 foizga oshirish
mumkinligi ta’kidlandi.
Buning uchun
startap ekotizimi
kerak. Mutasaddilarga xorijdan
nufuzli akselerator
kompaniyani Farg‘onaga olib kelib,
10 ta yirik mahalliy korxonalarga bog‘lash,
bu korxonalar negizida
mehnat unumdorligi, tannarx, energiya tejamkorlik bo‘yicha pilot loyihalarni
boshlash topshirildi. Eng yuqori samara bergan loyihalar boshqa sanoat korxonalarida ham ommalashtiriladi.
Besh yilda yurtimizda
elektron tijorat hajmi 20 karra
oshdi. Lekin
Farg‘onaga buning bor-yo‘g‘i 2,5 foizi
to‘g‘ri keladi. Elektron tijorat hozirgi sur’atda rivojlansa,
kelasi besh yilda 3,5 million kvadrat metrli tijorat omborlari kerak bo‘ladi.
Farg‘onada
kamida 100 ming kvadrat metrli omborxona
tashkil qilish, shuning
30 ming kvadrat metrini joriy yil ishga tushirish
kerakligi qayd etildi.
Sanoat va hunarmandchilikka ixtisoslashgan
126 ta mahalladagi 10 nafardan tadbirkorni elektron tijorat platformalaridan foydalanishga o‘rgatish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 07:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

So‘nggi yillarda Farg‘onada
IT xizmatlari 4 karra o‘sdi, eksport 23 million dollardan oshdi.
Bu yil Farg‘ona shahrida jami maydoni
30 ming kvadrat metr bo‘lgan IT-Park
ishga tushirildi. Yaqinda
Quvadagi 1-sonli texnikumda “IT-klasteri”
faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur klasterda yiliga 100 nafar yoshlar
dasturlash, robototexnika, grafik dizayn va xorijiy tilga
o‘qitiladi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan Quva tajribasi asosida
yana 16 ta tumanda 1 tadan texnikumda bunday kadrlar tayyorlashni
boshlash topshirildi.
Farg‘ona shahrida
IT-Park universiteti, Marg‘ilonda INHA universitetining filiali
ochilib,
sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy muhandislik yo‘nalishlarida yiliga 1 ming nafar talabani o‘qitish
yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 07:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Masalan,
Yozyovon tumani
sanoat bo‘yicha viloyatda 18-o‘rinda, eksport va servisda 17-, qishloq xo‘jaligida 15-o‘rinda turibdi. Bu yil tumanga
tadbirkorlik infratuzilmasi uchun budjetdan 30 milliard so‘m
berilmoqda, birinchi chorakda tumanda
yana 5,5 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘
qoldi.
Yozyovondagi imkoniyatlar sun’iy intellekt yordamida o‘rganilganda
vodiy markazida joylashgan, xomashyo resursi cheklangan mazkur tumanda asosiy e’tiborni logistikaga qaratish kerakligi
ma’lum bo‘ldi.
A-373 magistral yo‘lning Yozyovondan o‘tgan 35 kilometr qismidan
kuniga 30 ming transport
qatnaydi. Tumanda logistika markazlari va yirik omborlar ko‘paysa, yo‘l bo‘yida mehmonxona, yoqilg‘i shoxobchasi va ovqatlanish joylariga talab 2 karra oshadi.
Tuman hokimiga
logistikani tumanning “drayveri”ga aylantirish
orqali servis, sanoat va qishloq xo‘jaligini ham rivojlantirish, tuman iqtisodiyotidagi aylanmani yana
1 trillion so‘mga oshirish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 07:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Farg‘ona viloyati davlat idoralari, sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiya,
raqamli yechimlar va sun’iy intellektni keng joriy etish
bo‘yicha namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
“Besh million sun’iy intellekt yetakchisi”
dasturi bo‘yicha sertifikat olgan
eng ko‘p yoshlar Farg‘onaga to‘g‘ri keladi.
“Mana shunday yoshlarimiz buyuk ajdodimiz
Al-Farg‘oniy bobomizning munosib davomchilari
bo‘ladi deb ishonaman”
,
– dedi Prezidentimiz.
Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, 19 ta tuman hokimi bunday iqtidorli yoshlarni yoniga olib,
davlat idoralaridagi har bir xizmatni, har bir jarayonni raqamlashtirib, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratishi
zarurligi qayd etildi.
Mahallalarning ustunliklarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib,
ish o‘rni, qo‘shilgan qiymat, aholi daromadini ko‘paytiradigan loyihalar ishlab chiqilsa,
startap klub
tashkil qilinib, yangi kreativ g‘oyalar hayotga tezroq joriy etilsa,
viloyat iqtisodiyotida “katta sakrash”, odamlar hayotida tub burilish bo‘lishi
ta’kidlandi.
Facebook|
Instagram|
X

April 28, 07:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash
bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Masalan, ilgari Marg‘ilonda bir xonadonda o‘rtacha 2-3 oila yashardi. Bir yilda
Ipakchi va Qirguli mahallalarining o‘zida
241 ta eski hovlilar o‘rnida
2,5 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar
barpo etildi. Marg‘ilonning
Navro‘z mahallasida
barpo etilayotgan
“Yangi O‘zbekiston” massiviga
bu yil
yana 6,5 ming oila
ko‘chib kiradi.
Bunday ishlar
Yozyovon, Quva tumanlari, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlarida
ham jadal ketmoqda.
So‘nggi o‘n yilda Farg‘onada
74 ming o‘rinli maktab, 145 ming o‘rinli bog‘cha
hamda
3 ming koykali shifoxonalar
ishga tushirildi. Shu bilan birga,
167 ta xususiy maktab
paydo bo‘ldi, ularda
40 mingdan ortiq o‘quvchi
ta’lim olyapti.
Ta’lim
sifati keskin oshgani uchun
yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha
viloyat respublikada
3-o‘ringa ko‘tarildi.
Tibbiyotda
ham o‘zgarishlar katta. Birgina
Beshariq tumanida
o‘n yil oldin
atigi 2 ta xususiy klinika bo‘lgan bo‘lsa, hozir 50 taga yetdi.
Facebook|
Instagram|
X