
Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
#Topshiriq_va_ijro
#Qulaylik
Toshkent viloyati hokimining topshirig‘iga binoan, shahrimizdagi A.Temur shoh ko‘chasida joylashgan “Oktabr” bozori yangi manzilga ko‘chirildi.
Mazkur qaror doirasida savdo faoliyatini yanada tartibga solish, sotuvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda aholiga qulayliklarni oshirish maqsad qilingan.
Yangi hududda savdo rastalari zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etilib, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilgan.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
#Bildirish
Hurmatli Chirchiq shahri fuqarolari!
26
-aprel kuni soat 14:00 da
shahrimizdagi «Quyosh” mahallasi binosida Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
N.Safarov
rahbarligida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan navbatdagi
sayyor qabul
o‘tkaziladi.
Ushbu qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar sohasiga oid barcha murojaatlari, muammolari hamda takliflari tinglanib, ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va
amaliy yordam
ko‘rsatiladi.
Hurmatli fuqarolarni mazkur sayyor qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
⚡️
“CHIRCHIQ AI-FEST”: FINALCHILAR ANIQLANDI
Bugun tanlovning guruh bosqichidagi so‘nggi — 5-guruh bahslari yakuniga yetdi. 4-, 8-, 14- va 25-maktab jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shiddatli bellashuvda 14-maktabning “AIM” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Shu tariqa, musobaqaning final bosqichida Chirchiq shahrining eng kuchli 5 jamoasi o‘zaro bellashadi:
— “AI Genius Team” — 1-maktab jamoasi;
— “AI Leader” — 15-maktab jamoasi;
— “VERTEX” — 16-maktab jamoasi;
— “Code Genesis” — 5-maktab jamoasi;
— “AIM” — 14-maktab jamoasi.
Mazkur yirik intellektual tanlov Chirchiq shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, “Turon xalqaro maktabi Chirchiq filiali” nodavlat ta’lim muassasasi hamda “Gennis” o‘quv markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
❓
Якунланган медиа ҳафталик воҳаликларга қандай таассурот қолдирди?
Қашқадарё медиа ҳафталик лойиҳасининг тўртинчи нуқтасига айланди. Бу ерда ҳафталик давомида ўтилган ҳар бир медиа дарси ўзининг кулминацион ечимини топди.
Тренингларда фикр, режа, танқид ва хулоса бир хил даражада “ишлади”. Натижада хабарлар бошқача тузилди, кадрлар янгича олинди, ёндашув эса тубдан ўзгарди.
✅
Воҳалик соҳа вакиллари ва қизиқувчилари янгиликлар тезлигини бошқариш, айнан шу тезлик орқали ишончни қандай шакллантириш мумкинлигини англаб етди. Ахборотни етказиш эмас, балки таъсир доирасини кенгайтириш муҳим экани янада аниқроқ тушунилди.
Қашқадарё медиа ҳафталиги ўзига хос жиҳатлари билан воҳа медиа маконига янгича руҳ олиб кирди. Жараёнлар давом этади.
➡️
Навбат Самарқандга: 27 апрел – 1 май кунлари медиа ҳафталик яна бир ҳудудда янгиланиш жараёнларини бошлаб беради.
✈️
Каналга уланиш:
👇
@hudud_inform
|
Instagrma
|
Facebook
🟦
🟦
🟦
🎼
"IQTIDOR" MAKTAB ANSAMBLI TANLOVI
📌
Chirchiq shahar bosqichi
🔵
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ba maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 02-24-04-son qarorini taminlash maqsadida Chirchiq shahardagi
24-umumta’lim maktabida “IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🎭
Tanlovda shahardagi umumta’lim maktablaridan
11 ta iqtidorli o‘quvchilar jamoalari ishtirok etib,
sahnada nafaqat ijrochilik mahoratini, balki jamoaviy hamjihatlik va sahna madaniyatini ham namoyon etdilar.
⭐
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — 17-maktabning “Anartu” jamoasiga
🥈
2-o‘rin — 7-maktabning “Gulg‘uncha” jamoasiga
🥉
3-o‘rin — 1-maktabning “Navo” jamoasiga nasib etdi.
🔴
G‘olib jamoa tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤
https://t.me/toshkentv_xtb
|
🌐
Facebook|
🔎
Veb-sayt |
🌐
Instagram|
▶️
YouTube
👍
@ToshvilmmtbgamurojaatBot
YOSHLAR O‘RTASIDA VILOYAT BOSQICHI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Ijroiya qo‘mitasining 2026-yil 27-fevraldagi 03-23-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati tarmoq korxona va tashkilotlari yosh xodimlari o‘rtasida viloyat bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Chirchiq shahrida joylashgan “Toshkent traktor zavodi” MChJda tashkil etilib, unda quyidagi 5 ta jamoa ishtirok etdi:
— “O‘zmetkombinat” AJ (Metallurg jamoasi);
— “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ (TMK yoshlari jamoasi);
— “Chirchiq transformator zavodi” AJ (Intelligent jamoasi);
— “Toshkent traktor zavodi” MChJ (Kreativ jamoasi);
— “AgroTech” klasteri (AgroTech jamoasi).
Baholash natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi;
2-o‘rin — “AgroTech” klasteri jamoasi;
3-o‘rin — “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashi hamda mezbon sifatida “Toshkent traktor zavodi” MChJ rahbariyatiga, shuningdek, barcha korxona rahbarlari, kasaba uyushma raislari va ishtirokchilarga minnatdorlik bildiriladi.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
CHIRCHIQDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH TADBIRI AMALGA OSHIRILDI
Bugun Chirchiq shahrida mahallalarda faoliyat yuritayotgan faol nuroniylar hamda “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi a’zolari tashabbusi bilan ezgu va ibratli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, “Nuroniylar maskani” majmuasi hududida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish tadbiri tashkil etildi. Uning doirasida 250 tup atirgul ko‘chatlari hamda 1000 dan ortiq turli manzarali gul va o‘simliklar ekildi.
Mazkur tashabbus natijasida maskan atrofi yanada obod, fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etdi. Ushbu xayrli ishlar nafaqat hududning estetik ko‘rinishini yaxshilash, balki yosh avlod qalbida tabiatga mehr-muhabbat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.
Shu o‘rinda, mazkur xayrli tadbirni tashkil etish va amalga oshirishda faol ishtirok etgan barcha nuroniylar, jamoatchilik kengashi a’zolari hamda hamkor tashkilotlarga minnatdorlik bildiramiz. Ularning jamiyat hayotidagi faolligi, tashabbuskorligi va fidoyiligi barchaga ibrat bo‘lib xizmat qiladi.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
#Chirchiqda_sport_kuni
XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni sog‘lom va barkamol avlod sifatida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Chirchiq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda 18 yoshdan yuqori turli yosh toifasidagi xotin-qizlar faol ishtirok etib, sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol hamda yengil atletikaning masofaga yurish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki tezkor fikrlash va mustahkam iroda namunasini ham ko‘rsatdilar.
Mazkur musobaqa xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish, ular o‘rtasida birdamlik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
#Chirchiqda_sport_kuni
OMMAVIY SPORT VA SOG‘LOMLASHTIRISH FESTIVALI
Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haftaning bir kunini “
Sport kuni
” etib belgilash bo‘yicha topshiriq berilgan. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida vazirlik, idora va tashkilotlarda jismoniy mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugungi kunda aholi salomatligini mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. “
Sport — sog‘liq garovi
” degan hikmatga muvofiq, muntazam jismoniy faollik inson salomatligini mustahkamlab, kayfiyat va mehnat unumdorligini oshiradi.
Shu munosabat bilan Chirchiq shahrida ommaviy sport mashg‘ulotlari tashkil etildi. Unda hokimlik xodimlari, mahalla raislari, nuroniylar hamda sport maktabi oʻqituvchilari faol ishtirok etdi.
Mazkur tashabbus aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
💥
Электр тармоқлари корхонаси муҳандисларининг ноқонуний ҳаракатлари фош этилди
💡
Тошкент шаҳри туманларидан биридаги электр тармоқлари корхонасининг 2 нафар муҳандиси тижорат банк филиали биносида ўрнатилган электр ҳисоблагич нотўғри схема орқали тармоққа уланганлиги натижасида электр энергияси хато ҳисобланаётганлиги бўйича далолатнома расмийлаштиришган.
Улар электр ҳисоблагични тармоққа улаган МЧЖ раҳбаридан мазкур далолатнома бўйича ҳисобланган
400 млн
сўм жаримани
65 млн
сўмга тушириб бериш эвазига
8 минг
АҚШ доллари талаб қилишган.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ва Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда муҳандислар сўралган пул маблағини
учинчи шахс
орқали олган вақтларида уларнинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.
Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
💎
Ҳурматли фуқаролар, кундалик ҳаётда шу каби қонунбузилиш ҳолатларига дуч келсангиз нинг
1520
қисқа рақамига қўнғироқ қилиб, хабар беринг. Шахсингизнинг сир сақланиши кафолатланади.
🛡
Каналга аъзо бўлинг
🔗
t.me/xavfsizlik_uz