Chust tuman hokimligi axborot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по вопросам совершенствования системы работы с обращениями, вывода деятельности Народных приемных на новый уровень и углубленного анализа общественного мнения.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#murojaatlar
#Xalqqabulxonalari
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Чуст туманида хайрия ҳашари уюшқоқлик билан ўтказилмоқда
Улуғ байрамлар арафасида юртимизда анъанага айланган умумхалқ хайрия ҳашари Чуст туманида ҳам кўтаринки руҳда ташкил этилмоқда. Туманнинг барча маҳаллалари, қабристонлари, корхона ва ташкилотлари, кўп қаватли уйлар атрофи ҳамда хиёбонларда ободонлаштириш ва тозалаш ишлари олиб борилмоқда.
Ҳашарда маҳалла фаоллари, ёшлар, нуронийлар ҳамда ташкилот ва идоралар жамоалари фаол иштирок этиб, ҳудудларни обод ва файзли қилишга муносиб ҳисса қўшмоқдалар.
https://t.me/Chusttumanhokimligi
Namangan viloyati bo'yicha 2 700 ga yaqin tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan
savdoga chiqarildi
:
▪️
Mingbuloq tumanidan
(koʼrish
)
▪️
Kosonsoy tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Namangan tumanidan (
koʼrish
)
▪️
Norin tumandan (
koʼrish
)
▪️
Pop tumandan (
koʼrish
)
▪️
To'raqo'rg'on tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Uychi tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Uchqo'rg'on tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Chortoq tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Chust tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Yangiqo'rg'on tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Namangan shahridan (
ko'rish
)
▪️
Davlatobod tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Yangi Namangan tumanidan (
ko'rish
)
Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.
☎️
: 71-202-21-11,
📞
: 99 207-36-12, 99 207-26-12
⬇️
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
👇
👇
👇
🔝
Telegram|
🔝
Facebook|
📧
Instagram
|
Prezidentimiz bugun
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari
davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini
ta’kidladi. Shu bois,
sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi
.
Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki
qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar
o‘tkaziladi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti
hamda
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini
ishlab chiqib, tahlillar asosida
reytingni shakllantirish
va
muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish
topshirildi.
Ijro intizomi masalalari
ham ko‘rib chiqildi. Berilgan
har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat
o‘rnatish,
mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish
vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Murojaatlar bilan ishlashda
“mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet
ochiladi. Uni yuritishga
yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi
mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga
“Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish
topshirildi.
Bundan buyon
murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi
belgilandi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini
belgilab berdi.
Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda
Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash
,
murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish
topshirildi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti
har oyda Xalq qabulxonalariga
kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi
.
Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini
eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha
takliflarni Hukumatga kiritadi.
Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat
Tezkor shtab
tuziladi. Ko‘tarilgan masalalar
hudud va tarmoqlar kesimida joyiga chiqqan holda hal qilinadi.
Xalq qabulxonalariga
murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan idoralarga majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish
vakolati beriladi.
Kommunikatsiyalar departamentiga
murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingini yo‘lga qo‘yish va har olti oyda e’lon qilib borish
topshirildi.
Bosh prokurorning komplayens bo‘yicha o‘rinbosari
oldiga bu boradagi
barcha topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
🔥
CHUSTDA XORIJIY TILLAR BO‘YICHA PREZIDENT SOVRINI UCHUN TANLOV BO‘LIB O‘TDI!
Bugungi kunda yoshlarning xorijiy tillarni mukammal o‘rganishi — ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Chust tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabida ushbu tanlovning tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovda tumandagi umumta’lim maktablarining 7–9-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, ingliz va nemis tillari bo‘yicha o‘z bilim, salohiyat va iqtidorlarini namoyish etdilar.
🌍
Mazkur tanlov yoshlarni xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga undash, ularning bilim va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, hamda kelajakda xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
https://t.me/Chusttumanhokimligi
Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga
nafaqa bo‘yicha 877 ta murojaat
kelib tushgan.
Mazkur masalada murojaat qilgan
ayollarning muammosini faqat nafaqa to‘lash nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda ko‘rib chiqish zarurligi
qayd etildi.
Shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan
309 nafar ayolning farzandini bog‘chaga joylashtiradi.
Hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan
82 nafar ishsiz ayolni kasbga o‘qitib, mahallaning o‘zida ishlashiga sharoit qilib beradi.
159 nafar yolg‘iz onalarning 90 nafariga tadbirkorlikni boshlash uchun, yana 69 nafariga esa faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit
olishga ko‘maklashiladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan
34 nafar nogironligi bor odamga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarshi shahri hokimiga
har bir ariza va shikoyatni
mana shunday tahlil qilib, mas’ullariga taqsimlab, birinchi yarim yillikda shaharni murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish
topshirildi. Bu jarayonda unga
viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, viloyatdagi tashkilotlar rahbarlari yaqindan ko‘maklashishi
belgilandi.
Umuman,
barcha hududlar va 208 ta tuman-shahar hokimlariga
Qarshi shahri misolida
aytilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yib, odamlarning og‘irini yengil qilish
vazifasi qo‘yildi. Ular bu boradagi
ish rejasini har oy mahalliy Xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlatib, aholiga murojaat qiladi.
Xuddi shunday
barcha vazirlar ham o‘z sohasida bo‘layotgan e’tirozlarni kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlab
, brifing o‘tkazadi
va
rejalarini odamlarga yetkazadi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda qayd etilganidek,
turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga
bunday
hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat
qilgan.
"
Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma so‘ralgani uchun majbur bo‘lib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?”
– deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.
Adliya vazirligiga ushbu
masalaga sodda yechim ishlab chiqish
topshirildi.
O‘tgan yili
ichki ishlar
vakolatidagi masalalar bo‘yicha
148 mingdan ortiq murojaat
kelib tushgan. Ayniqsa,
ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi
qayd etildi.
Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan
Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga
borib, aholining muammolarini eshitishi,
profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi
shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz yangi tizim qanday ishlashini
Qarshi shahri misolida
tushuntirib berdi.
O‘tgan yili Xalq qabulxonasiga Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan
11 mingta murojaat
tahlil qilindi.
Misol uchun, Qarshi shahridagi
255 nafar odam aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganining sabablari
o‘rganilganda ularning
193 nafari kasb-hunari bor bo‘lgani bilan ishsiz ekani, yana 62 nafari daromadini kamaytirib ko‘rsatayotgani
aniq bo‘ldi.
Bu jarayonda
hokimlik, banklar va hokim yordamchilari, shahar bandlik va MIB bo‘limlari
birgalikda ishlab,
fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qiladi, ishsizlarni hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiradi.
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan aliment to‘lovchilar bilan
uch tomonlama shartnoma tuzib, til va kasbga o‘rgatib, xorijga yuqori daromadli ishlarga yuboradi.
Shahar soliq inspeksiyasi esa Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda
daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini “soyadan” chiqaradi.
Shunda aliment to‘lovchilar qaramog‘ida bo‘lgan
700 ga yaqin bolaning moddiy ta’minoti o‘zgarishi
ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X