
Uzb Dasturchilar | CybersUz
👺
Data Leak: MobiUz kiberhujumga uchradi!
DarkNet'da O'zbekiston mobil operatori MobiUz axborot tizimiga kiberhujum qilingani haqida xabar tarqaldi.
Xabarga ko'ra, xaker (ByteToBreach) Active Directory infratuzilmasiga ulangan 280 ta kompyuterga kirish huquqini qo'lga kiritganini ma'lum qilgan.
Bu orqali u:
- foydalanuvchi hisob ma’lumotlari,
- pochta serverlari,
- domen administrator huquqlari,
- billing xizmatlari,
- SMS-shlyuzlar,
- Minio S3 repozitoriylari,
- MyID yuzni aniqlash tizimiga kirish imkoniga ega bo‘lganini bildirgan.
🔐
Shuningdek, mobil operatorning 8 ta ma'lumotlar bazasi, taxminan 3000 ta xodimning shaxsiy ma'lumotlari va korporativ mijozlar hujjatlari qo'lida ekanini ta'kidlagan.
⚠️
MobiUz matbuot xizmati kiberhujum faktini tasdiqladi
, lekin mijozlar ma'lumotlariga kirish bo'lganini rad etdi.
Operator tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda batafsil tekshiruvni davom ettirayotganini va axborot tizimlarini himoya qilishni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini ma'lum qildi.
↘️
Ushbu xabarni yaqinlaringiz va do'stlaringizga ham ulashing, fikrlaringizni izohlarda qoldiring, reaktsiya* bildiring, bizni qo'llab-quvvatlang va eng asosiysi kanalimizga obuna bo'lib, bizni kuzatib boring!
Kibergigiyena qoidalariga amal qilishni unutmang!
@CybersUz
- t0 b3 4n0n1m!
🔒
Phishing hujumi va NetSupport RAT: O‘zbekiston IT tizimlariga yangi tahdid
📣
Shu va boshqa foydali maqola va yangiliklarni biz bilan birga kuzating!
↘️
Maqolani o'qish
✉️
Kanal:
@CybersUz
👺
O‘zbekistonda yirik data leak
3-fevral kuni, ijtimoiy tarmoqlarda 15 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolariga oid shaxsiy ma’lumotlar Dark Web’da e’lon qilingani haqida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu hodisani Kiberxavfsizlik markazi ham
inkor etmadi.
☁️
Xabarlarga ko‘ra, xakerlar davlatning asosiy autentifikatsiya tizimi — OAuth serverini buzib kirib, foydalanuvchilarga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Mazkur server Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish kompaniyasi kabi davlat va nodavlat axborot tizimlarida avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
📂
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan baza quyidagi shaxsiy ma’lumotlardan iborat:
- fuqaroning surati,
- ism va familiyasi,
- telefon raqami,
- yashash manzili,
- tug‘ilgan sana,
- pasport ma’lumotlari,
- elektron pochta manzili.
🔎
Kiberxavfsizlik markazi hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini va qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlar taqdim etishini ma’lum qildi.
⚠️
Bunday holatda fuqarolar nima qilishi kerak?
• OneID tizimidagi parolingizni darhol o‘zgartiring
• Shubhali havolalarga kirmang, noma’lum manbalardan fayl yuklamang
• Notanish raqamlardan kelgan SMS-kodlarni hech kimga aytmang, hech kimga ishonmang
• Kibergigiyena qoidalariga qat’iy amal qiling
↘️
Bu borada
foydali tavsiyalar
kanalimizda mavjud.
Bizni qo'llab-quvvatlang, izohlarda o'z fikringizni qoldiring, reaksiya* bildiring, do'stlarga ham ulashing.
🔒
@CybersUz
⚡️
Matrix uslubidagi cyber-terminal sahifa
🔥
Tez orada kodini joylaymiz
↘️
@CybersUz
⚡️
Matrix uslubidagi cyber-terminal sahifa
🔥
Tez orada kodini joylaymiz
↘️
@CybersUz
⚡️
Telegram Android foydalanuvchilari uchun to'liq yangilangan UI dizaynini taqdim etdi. Yangi interfeys iOS versiyasidan deyarli farq qilmaydi.
Bu yangilik hozircha 12.3.0 beta versiyasida mavjud, rasmiy reliz sanasi hozircha noma'lum.
✉️
@CybersUz
Yangi Yil bayrami muborak bo'lsin!
Aziz obunachilarimiz va barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi Yil bayrami bilan samimiy qutlab qolamiz. Oilangizga baxt va sihat-salomatlik tilaymiz.
Bayram muborak bo'lsin!
Hurmat ila UDG & CybersUz jamoasi!
👺
Deanon: foydalanuvchi shaxsi qanday fosh bo'ladi?
↔️
Maqolaning keyingi qismida OSINT nima va uning ishlatilishi, ma'lumot to'plash haqida tushunchalar beriladi, shunday ekan bizni kuzatib boring...
↘️
Maqolani o'qish
✉️
Kanal:
@CybersUz
Fransiya IIV kiberhujumga uchradi. Xakerlar pochta serverlarini buzib, idoraviy hujjatlarga kirish huquqini qo‘lga kiritgan.
Holat 11-dekabr va 12-dekabr kunlari oralig'ida sodir bo‘lgan.
@CybersUz