
Dilshod Dadaboyev
⚡️
Наврўз байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олади?
Ҳафтасига 5 кун ишловчи ўзбекистонликлар Наврўз байрами муносабати билан кетма-кет 4 кун дам олади. Бу Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги томонидан тасдиқланган 2026 йилги иш вақти тақвимида назарда тутилган.
Унга кўра, ҳафтасига 5 кун ишлайдиганлар 3 кун дам олади:
20 март — жума, Рамазон ҳайити
21 март — шанба, Наврўз байрами
22 март — якшанба
23 март — душанба (кўчирилган дам олиш куни)
5 кунлик иш ҳафтасида ишловчилар учун 24 март — сешанба иш куни ҳисобланади.
6 кунлик иш ҳафтасида ишловчилар учун дам олиш кунлари:
20 март — жума, Рамазон ҳайити
21 март — шанба, Наврўз байрами
22 март — якшанба
6 кунлик иш ҳафтасида ишловчилар учун 23 март — душанба иш куни ҳисобланади.
Эслатиб ўтамиз, аввалроқ 8 март байрами сабаб кетма-кет уч кун дам олиш берилганди.
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
🇺🇸
Green Card қайтди: АҚШ янгиланган қоидалар билан лотерея бошланганини эълон қилди.
АҚШ Давлат департаменти маълумотларига кўра, Green Card хилма-хиллиги визаси (DV-2026) лотереяси 2026-йил 10-апрелда бошланади. Янги талаблар қуйидагиларни ўз ичига олади:
— амалдаги паспорт талаб қилинади
— 1 долларлик рўйхатдан ўтиш тўлови
— аввалгидек ёшни эмас, балки тўлиқ туғилган санани кўрсатиш керак.
— фақат битта аризага рухсат берилади
— такрорий аризалар дисквалификацияга олиб келади.
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
Баракатопгурлар, ҳадеб ваҳима қилаверманглар, ушбу суратдаги бундан икки йил олдин қурилган иншоот қурилишига 100 йил кафолати билан атиги 130 миллиард кетган холос экан!
😀
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
Ўзбекистонда Рамазон ҳайити 20 март, жума куни нишонланиши кутилмоқда
Ҳокимликлар 20 март куни ҳайит намози ўқиладиган вақтда жамоат тартибини сақлаш, ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш ҳамда йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш мақсадида тегишли фармойиш чиқармоқда
.
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
Kosonsoy yo‘llari: nega bu yerda hali ham o‘zgarish sezilmayapti
?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash va hududlarni obod qilish haqida ko‘p gapirilmoqda. Turli hududlarda yangilanishlar, yangi loyihalar amalga oshirilayotgani ham ko‘zga tashlanadi.
Ammo Kosonsoy tumanidagi ayrim yo‘llarning bugungi holatiga qarab turib, bu yerda deyarli hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan degan taassurot paydo bo‘ladi. Yo‘llardagi chuqurlar, eskirgan asfalt va notekis qoplama haydovchilar hamda oddiy fuqarolar uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirayotganini yashirib bo‘lmaydi.
Aslida yo‘l — bu oddiy infratuzilma elementi emas. Bu hudud iqtisodiyoti, aholining kundalik hayoti va xavfsiz harakati bilan bevosita bog‘liq masala. Yo‘llarning bu darajadagi ahvoli esa muammo hali ham yetarli darajada hal etilmaganini ko‘rsatadi.
Shaxsiy blogim orqali bir taklifni ham bildirib o‘tmoqchiman. Agar
Prezident Namangan viloyatiga navbatdagi tashrifni
amalga oshirsa, balki safarni aynan
Kosonsoydan
boshlash maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki ayrim
muammolarni
joyiga borib ko‘rish, ularni tezroq va aniqroq hal etishga yordam beradi.
Kosonsoy aholisi ham zamonaviy, xavfsiz va sifatli yo‘llarda yurishga haqli. Bu masala esa e’tibordan chetda qolmasligi kerak
❗️
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
Kuzatuv kameralarimiz qanchalik xavfsiz?
So‘nggi kunlarda meni jiddiy o‘ylantirgan bir masala bor. O‘zbekistonda avtomobil raqamlarini aniqlaydigan va jarima yozadigan ayrim kameralar tizimiga tegishli serverlar internetda erkin ko‘rinib turgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Agar bu rost bo‘lsa, bu oddiy texnik xatolik emas — bu milliy xavfsizlik darajasidagi muammo.
Chunki bunday kameralar oddiy kamera emas. Ular har bir avtomobilning qayerdan o‘tgani, qaysi vaqtda harakatlangani va qaysi yo‘nalishda ketganigacha ma’lumot yig‘adi. Agar shu ma’lumotlar joylashgan serverlar yetarli himoyaga ega bo‘lmasa, nazariy jihatdan istalgan odam muayyan shaxsning harakatini kuzatishi mumkin.
Bu esa juda xavfli. Tasavvur qiling: kimdir ma’lum bir inson qaysi yo‘ldan yurishini, qachon qayerdan o‘tishini bilib olsa — bu uning xavfsizligiga ham, shaxsiy hayotiga ham tahdid degani. Bunday tizimlardan hatto jinoyatchilar ham foydalanib ketishi ehtimoli bor.
Eng muhimi — bu masala faqat fuqarolar xavfsizligi emas, balki davlat xavfsizligi bilan ham bog‘liq. Agar strategik kuzatuv tizimlari zaif bo‘lsa, bu orqali tashqi kuchlar ham ma’lumot yig‘ishi mumkin.
Shu sababli bu tizimlarni jiddiy qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi.
Birinchidan, barcha kuzatuv kameralarining serverlari to‘liq kiberxavfsizlik auditidan o‘tkazilishi kerak. Qaysi tizim qayerga ulangan, qayerdan kirish mumkin — barchasi tekshirilishi zarur.
Ikkinchidan, bunday muhim ma’lumotlar faqat O‘zbekiston hududidagi himoyalangan serverlarda saqlanishi kerak. Tizimlar ochiq internet orqali ko‘rinadigan holatda bo‘lmasligi lozim.
Uchinchidan, kameralar tizimiga kirish faqat maxsus yopiq tarmoq orqali bo‘lishi kerak. Oddiy internet orqali kuzatish imkoniyati umuman bo‘lmasligi kerak.
Texnologiya tartib va xavfsizlik uchun ishlashi kerak. Ammo agar u himoyalanmagan bo‘lsa, u foydadan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘diradi.
Shuning uchun kuzatuv tizimlarining xavfsizligi — bu oddiy texnik masala emas. Bu masala fuqarolar xavfsizligi, shaxsiy daxlsizlik va davlatimizning axborot xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq.
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
‼️
Замон шиддат билан ўтиб бормоқда. Эртага нима бўлишини билмайсан киши
...
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
#Тезкор
❄️
❄️
❄️
Эртага, 9 март куни Ўзбекистоннинг айрим ҳудудларида қор ёғиши прогноз қилинди
«Ўзгидромет»га кўра, мамлакатнинг шимолий ҳудудларида ва тоғли зоналарда ёмғир қорга айланиши, шамол тезлиги эса сезиларли даражада кучаяди.
Хусусан, Қорақалпоғистон, Хоразм ва Навоий вилоятининг чўл ҳудудларида ёмғир ва қор ёғиши, баъзи жойларда туман тушиши мумкин.
☔
Тошкент шаҳрида эса куннинг иккинчи ярмида ёмғир ёғиши, ҳарорат кундузи 14-16 даража илиқ бўлиши прогноз қилинмоқда.
Мутахассисларнинг огоҳлантиришича, тоғолди ва тоғли ҳудудларда кучли ёғингарчилик сабабли сел-сув тошқинлари ҳамда қор кўчиши хавфи мавжуд.
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
💐
Сизни 8-март халқаро хотин қизлар байрами билан табриклайман...
Сизни хеч қачон бахорий гўзаллик тарк этмасин, юзингиздан кулгу лабингиздан табассум аримасин.
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD
🥳
Bugun yana bir yoshni qarshi oldim…
Tug‘ilgan kunim munosabati bilan tabrik yo‘llagan barcha do‘stlarimga, yaqinlarimga va tanishlarimga chin dildan rahmat aytaman. Sizlarning iliq so‘zlaringiz, tilaklaringiz va e’tiboringiz men uchun juda qadrli.
Yana bir yil ortda qoldi. Har bir yil inson hayotiga yangi tajriba va saboqlar olib keladi. Men esa har yili tug‘ilgan kunimda o‘zimga yangi maqsadlar qo‘yaman va keyingi tug‘ilgan kunimgacha shu maqsadlarga erishish uchun tinmay harakat qilaman.
Yana bir yosh — yangi imkoniyatlar demak. Oldinda yana ko‘plab rejalar, katta maqsadlar va yangi marralar turibdi. InshaAlloh, kelgusi yilgacha ham ularga erishish yo‘lida harakatda bo‘laman
.
👉
https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD