Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Dilnoza Ravshanovna EKO

Dilnoza_Ravshanovna_EKO
@dr_dilnoza_ravshanovna 👆🏻 sovollaringiz bosa murojat qiling !
Subscribers
1 880
24 hours
30 days
10
Post views
1 456
ER
81,17%
Posts (30d)
15
Characters in post
528
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
March 09, 13:38

Er-xotin uchun foydali bo‘ladigan, tabiiy homiladorlikka yordam beradigan mahsulotlar haqida bilasizmi?
🤍
Ba’zi
tabiiy mahsulotlar
organizmni qo‘llab-quvvatlab, homilador bo‘lish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. To‘g‘ri ovqatlanish va foydali mahsulotlar reproduktiv salomatlik uchun juda muhim.
Albatta ushbu qo’llanmamni ishlating va siz ham natija sari bir qadam yaqin bo’ling

March 08, 04:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayol — bu mehr, sabr, kuch va hayot manbai.
Har bir ayol
sog‘lom, baxtli va mehrga to‘la hayot kechirsin
. Yuragingizdagi eng ezgu tilaklar, orzular albatta ro‘yobga chiqsin.
Barcha ayollarni yana bir bor
8-mart bayrami bilan tabriklayman!
Baxt, sog‘lik va quvonch sizlarni hech qachon tark etmasin
🤍

March 03, 10:39
Media unavailable
3
Show in Telegram

5 yillik birlamchi bepushtlikdan so‘ng — egizak homiladorlik!
🤍
EKO orqali erishilgan ushbu quvonchli natija bilan ota-onalarni chin qalbimdan tabriklayman.
Bu yillar davomida sabr, ishonch va kurash bo‘ldi. Va bugun — egizak baxt!
Har bir natija ortida mehnat, umid va to‘g‘ri tanlangan davolash yo‘li turadi

March 02, 10:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Inseminatsiya nima va qachon tavsiya etiladi?
Inseminatsiya — bu erkak urug‘ hujayralarini maxsus tayyorlab, ayol bachadon bo‘shlig‘iga kiritish jarayonidir. Tibbiyotda bu usul
IUI (intrauterin inseminatsiya)
deb ataladi va tabiiy homiladorlik ehtimolini oshirishga yordam beradi.
Qachon tavsiya qilinadi?
🔹
Erkak urug‘ sifati biroz pasaygan bo‘lsa
🔹
Tushuntirib bo‘lmaydigan bepushtlik holatlarida
🔹
Bachadon bo‘yni shilliq qavati bilan bog‘liq muammolarda
🔹
Ovulyatsiya nazorat ostida olib borilayotganida
Jarayon qanday o‘tadi?
1️⃣
Ayolda ovulyatsiya (tuxum yetilishi) kuzatiladi yoki dori vositalari bilan rag‘batlantiriladi.
2️⃣
Erkak urug‘i laboratoriyada maxsus usul bilan tozalanadi va eng faol hujayralar ajratib olinadi.
3️⃣
Tayyorlangan urug‘ yupqa kateter orqali bachadonga yuboriladi.
Jarayon og‘riqsiz, qisqa muddatli va narkozsiz o‘tkaziladi. Bemor odatda 10–15 daqiqa ichida uyiga qaytishi mumkin.

February 28, 05:46

Hayz siklining buzilishi — organizm signalidir
Ko‘pchilik hayz kechikishini yoki erta kelishini oddiy hol deb o‘ylaydi. Ammo muntazam buzilishlar ayol organizmidagi gormonal yoki boshqa muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin.
Normal hayz sikli qanday?
Odatda 21–35 kun oralig‘ida keladigan, muntazam takrorlanadigan sikl normal hisoblanadi.
Buzilish belgilari:
▫️
35 kundan ko‘proq kechikish
▫️
Juda erta (21 kundan kam) kelishi
▫️
Juda ko‘p yoki juda kam qon kelishi
▫️
Kuchli og‘riq
▫️
2–3 oy umuman hayz ko‘rmaslik
Sabablari nima bo‘lishi mumkin?
▪️
Gormonal nomutanosiblik
▪️
Polikistoz tuxumdon sindromi
▪️
Qalqonsimon bez muammolari
▪️
Stress va kuchli ruhiy zo‘riqish
▪️
Ortiqcha yoki juda kam vazn
▪️
Noto‘g‘ri ovqatlanish
Hayz siklining buzilishi homiladorlikka ham ta’sir qilishi mumkin, chunki muntazam ovulyatsiya bo‘lmasligi ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Shuning uchun bunday holatlarni e’tiborsiz qoldirmang. Vaqtida tekshiruv va to‘g‘ri davolash bilan muammo hal bo‘ladi.
Agar sizda ham hayz sikli bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, qabulga yoziling. Birgalikda sababini aniqlab, to‘g‘ri yechim topamiz. Sog‘lig‘ingizni kechiktirmang
🤍

February 25, 07:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugungi kunimizni pozitiv xabar bilan boshlaymiz
🤍
Yana bir
mitti mo‘jiza

Yana bir qalbni quvontirgan natija…

Ikkilamchi bepushtlik
tashxisi bilan murojaat qilgan oilamiz
atigi
3 oy ichida tabiiy homiladorlikka
erishdi.
Ba’zida organizmga to‘g‘ri tashxis, to‘g‘ri yondashuv va ozgina sabr yetarli bo‘ladi.
Eng muhimi — umidni yo‘qotmaslik

February 24, 09:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

3 yillik kutish sabr va mana mitti mo’jiza
❤️
1 oylik muolajalar sabab homilaga erishdilar hammaga shunday natijalar nasib qilsin!

February 23, 08:13

Farzand kutish yo‘lida juftlikning birga qolishi nega juda muhim?
Farzand rejalashtirish — bu faqat tibbiy jarayon emas.
Bu ikki insonning qalbida kechadigan chuqur his-tuyg‘ular, umid va ba’zan og‘riq jarayonidir.
Ko‘pchilik juftliklar uchun eng og‘ir bosqich — bu homiladorlik kechikkan paytda ichida yig‘ilib boradigan savollar va og‘riqdir:
“Nega bizda bo‘lmayapti?”
“Muammo kimda?”
Stress organizmga ta’sir qiladi:
• ayollarda gormonal muvozanat buzilishi mumkin
• erkaklarda urug‘ sifati pasayishi mumkin
• umumiy ruhiy holat davolanish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi
Shuning uchun men har doim juftliklarga shuni aytaman:
Farzand — bu ikki insonning umumiy orzusi. Demak, bu yo‘lni ham birga bosib o‘tish kerak.
Ba’zan shunchaki birga o‘tirib, telefonlarsiz, tashqi bosimsiz, faqat his-tuyg‘ular haqida gaplashish ham katta davodir.
Unutmang: Siz bir-biringizga raqib emassiz. Siz bir jamoasiz. Tibbiy tayyorgarlik muhim. Ammo ruhiy tayyorgarlik ham shunchalik ahamiyatli

Birga qoling. Bir-biringizni ayamang. Va yordam so‘rashdan tortinmang.

February 19, 05:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum azizlar
🤍
Barchangizni muborak Ramazon oyi bilan chin qalbimdan tabriklayman
🌙

Har bir oilaga sog‘liq, baxt va farzand quvonchi nasib qilsin. Qilgan niyatlaringiz amalga oshsin, kutgan natijalaringiz sizni quvontirsin
🤍
Ramazon oyining fayzi hayotingizga nur olib kelsin

February 16, 07:54
Media unavailable
2
Show in Telegram

📌
Bugungi holat
Bugun qabulimda bir bemorimiz ko‘rikdan o‘tdi. UZD vaqtida bachadonining joylashuvi va umumiy holatini baholadik. Ayrim hollarda bachadon pozitsiyasi yoki ichki muhit homiladorlik uchun yetarlicha qulay bo‘lmasligi mumkin.
O‘z vaqtida o‘tkazilgan tekshiruv esa muammoni erta aniqlash va to‘g‘ri yo‘l tutish imkonini beradi