
Muvaffaqiyat kaliti
Оналарга хат!
Агар сен она бўлсанг, энг асосий бурчинг — имкони борича узоқроқ яшашдир.
Бу истак ҳам, худбинлик ҳам эмас — бу масъулиятдир.
Она ўз соғлиғини асраши, куч-қувватини тежаши, чарчоқ ва ғам-андуҳнинг ўзини емириб юборишига йўл қўймаслиги, тўғри овқатланиши, ички мувозанатни сақлаши ва ҳаётни давом эттириши шарт!
Фарзандлар учун.
Фарқ қилмайди — улар катта бўлиб, ўзлари ҳам она-ота бўлиб кетган бўлса ҳам. Сен барибир уларга кераксан. Улар қулоқ солмаса ҳам, баҳслашса ҳам, хафа бўлса ҳам, кам гапирса ҳам, кам қўнғироқ қилса ҳам — сен барибир уларга кераксан. Она тирик экан, у ҳимоя қилади. Сўзлари, дуолари, амаллари, балки ўзининг мавжудлиги билангина ҳам фарзандларини ҳимоя қилади.
Она бор экан, инсон ҳимояланган бўлади — ҳатто у аллақачон бола бўлмаса ҳам.
Агар ўзинг учун яшаш қийин бўлса — улар учун яшагин.
Шунинг учун оналар узоқроқ яшанг. Оталар ҳам. Фарзандлар учун. Чунки болалар айнан она кетган ондан бошлаб бола бўлишдан тўхтайди.
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
Hikmat chashmasi
🏹
Ustoz o‘z shogirtini kamondan o‘q uzishga o‘rgatayotgan edi.
Shogirt kamonni va ikkita o‘qni olib, mashq bajarishga shaylandi.
Biroq Ustoz uning oldiga borib, undan o‘qlarning birini olib qo‘ydi.
— Nima uchun ikkinchi o‘qimni olib qo‘ydingiz? — so‘radi shogirt.
— Men sendan ikkinchi o‘qingni emas, birinchi o‘qingni olib qo‘ydim, chunki birinchi o‘qing baribir nishonga tegmas edi, — dedi Ustoz.
— Ammo nima uchun? — hayrat bilan so‘radi shogirt.
— Chunki o‘q uzayotib, sen zaxirada yana bitta urinish borligini anglab turgan bo‘larding. Mana shu xotirjamlik insonning eng katta dushmanidir, — dedi Ustoz.
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
Biz oʻz kishanlarimizga shunchalar bogʻlanib qolganmiz-ki, undan qutulish imkoni boʻlsa-da, ozod boʻlishdan qoʻrqamiz.
Yillar davomida kitoblar o‘qiymiz, kurslarga boramiz, qanday yashash kerakligini o‘rganamiz (qaychilar yig‘amiz).
Lekin hayotimizni bog‘lab turgan o‘sha eski odatlarni, og‘riqli o‘tmishni kesib tashlashga kelganda – to‘xtab qolamiz.
Foydalanilmagan imkoniyatlar bora-bora "imkoniyatlar qabristoniga" koʻmiladi. Oxir-oqibat oʻzimiz ham...
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
Ulug‘ donishmand shunday degan ekan: Qo'rqoq otadan botir, ilmsiz otadan dono, yolg'onchi otadan haqgo'y farzand dunyoga kelganini ko'p ko'rdim...
Lekin ongsiz onadan ongli, ilmsiz onadan donishmand, qo'rqoq onadan mard farzand tug'ilganini ko'rmadm.
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
Boshqalardan umidvor bo'lib yashashni to'xtating!
Juda ko'p odamlar o'zlariniki bo'lmagan hayotni yashaydilar. Ular o'z hayotlarini boshqalar o'zlari uchun eng yaxshi deb hisoblagan narsaga ko'ra yashaydilar. Ota-onalari, do'stlari, o'qituvchilari, hukumati va jamiyat ulardan kutganlarini qiladilar.
Ular o'zlarining ichki ovoziga e'tibor bermaydilar. Ular boshqa odamlarning umidlarini qondirish bilan shunchalik band-ki, ular hayotlarini nazorat qilishni yo'qotadilar. Ular o'zlariga baxt keltiradigan narsalarni va ular nimani xohlashlarini unutishadi. Natijada o'zlarining haqiqiy tabiatini, o'zlarini unutishadi.
Sizning hayotingiz shu yerda va hozir sodir bo'lishini unutmang. O'zingizning ichki ovozingizni tinglang va boshqa odamlarning fikri sizni to'g'ri yo'ldan chalg'itishiga yo'l qo'ymang.
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
...Дунёдаги энг қизиқ ва мукаммал асар бу сенинг тақдирингдир.
...Чунки унда ҳеч қачон воқеалар ривожини тўғри тахмин қила олмайсан!
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
⚡️
Баъзан биз кўриб турган муаммоларимиз шунчаки тасаввуримиз маҳсули бўлиши мумкин.
Худди, бу расмдаги камзул ва футболка сигирдек кўрингани каби.
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
Burgutning boshiga chiqishga jur’at etadigan yagona qush – qarg‘adir. U burgutning ustiga joylashib olib, uning bo‘ynidagi asab tomirlarini qattiq changallaydi. Burgut esa bundan jahllanmaydi, qarg‘a bilan olishishga vaqt va kuch sarflab o‘tirmaydi. Viqorini buzmagan holda, balandga ko‘tarila boshlaydi. Burgut parvozda qanchalik balandlasa, qarg‘aning nafas olishi shunchalik qiyinlashadi va oxir-oqibat, kislorod yetishmasligidan qulaydi.
Siz ham boshingizga chiqib, asab tomirlaringizni qaqshatayotgan «qarg‘alar»ga kuch va vaqt sarflab, o‘zingizni qiynab, yo‘ldan qolib o‘tirmang. Yuksaklarni ko‘zlagan bo‘lsangiz, manzilingiz sari og‘ishmay balandlayvering – u yoqlarda qarg‘alar nafas ololmaydi.
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
Baxtli boʻlish uchun, qoʻllaringizni - ish bilan, qalbingizni - muhabbat bilan, ongingizni - maqsad bilan, xotirangizni - foydali bilimlar bilan, kelajakni - umid bilan toʻldiring!
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva
Bir pashsha omochga qo‘shib yer haydayotgan ho‘kizning shoxiga qo‘nib olibdi. Pashsha uyiga qaytgach, boshqa pashsha undan "qayerda eding?" deb so‘raganida, u: "Yer haydayotgan edik", debdi...
Ba’zi insonlar ham shunaqa bo‘lishadi. Boshqalar ro‘yobga chiqargan va o‘zlari bajarmagan ishlarni ham biz amalga oshirdik, deya o‘zlariga nisbatlab da’vo qiladilar...
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva