Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Dr. Algorithm

DrAlgorithm
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Subscribers
4 190
24 hours
-10
30 days
250
Post views
2 497
ER
60,53%
Posts (30d)
20
Characters in post
945
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Technology and Apps
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
April 20, 06:03

🟦
🟦
🟦
“UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ!
⚜️
Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi.
🏷
Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan…

April 20, 04:10
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
“UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ!
⚜️
Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan
“UzGeeks Conf 2026”
tadbiri boʻlib oʻtadi.
🏷
Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan yutuqlar hamda bir-biridan qiziq mavzularda chiqishlar boʻladi.
➡️
“UzGeeks Conf 2026” rejasi quyidagicha:
1.
Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari
- Temur Ibroximov (Numeo AI, Senior Product manager)
2.
Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar
- Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager)
3.
Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi
- Amon Olimov (Deep Vision, CEO)
4.
Next Level: Senior to Digital Management
- Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO)
Mavzular yana to'ldirilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish uchun
uzgeeks.com
saytidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
🗺
Manzil:
Muminov 4/1
;

Vaqt: 25-Aprel, 10:00.

Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Ro'yxatdan o'tish:
uzgeeks.com
@UzGeeksCommunity

April 18, 11:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ajoyib kun
Ba'zida boshni koʻtarib, atrofga ham qarab turish kerak.
Ertalab kun salqin edi. Uchrashuv bor. Qalin kiyinsammi deb turgan edim. Agar kun davomida men kutmagan yangilik boʻlishini bilganimda buni oʻylashga vaqt sarflamas edim.
ATda loyihalar qilish, SI tizimlari haqida koʻp gaplashamiz. Lekin eng katta lazzat qayerda, bilasizmi?
Siz qurgan loyiha, siz qurgan dastur, siz qilgan mehnat odamlarga foydali boʻlsa.
Bir kichik loyiha boshlagan edik. Foydalanuvchilari tomonini koʻp oʻylab, ularga qaydan naf berishi haqida koʻp bosh qotirdik.
Lekin...
Shu kunlarda ta'lim sohasidagi 2 kishi bilan uchrashdim. Biz qurgan loyihaning biz bilmagan tomonlarini ochib berishdi.
Eurika!!!!
Aslida biz qilgan uzoq yoʻl oʻz ichida biznes egalari uchun ham foydali imkoniyat yasagan ekan.
Loyiha qurish vaqtida odamlarga loyihangizni aytib bering. Ular sizga oʻzlariga foydali tomonlarini aytib berishadi. Loyihangiz yanada samarali boʻlishi va tezroq natijaga chiqishga yordam beradi.
Ayniqsa Natija bu siz oʻylagan narsa emas, odamlar kutgani boʻladi.
Yaqin kunda nima loyiha haqida gap ketayotganini aytib beraman. Biroz qovun pishigʻi bor.

Quyoshli kuningiz foydali oʻtsin!
P. S. Bugun yillar davomida koʻrmagan bir shogirdimiz bilan uchrashish nasib etdi. Hamma adrenalin, ishtiyoq (motivatsiya) izlaydi. Lekin shogirdingiz muvaffaqiyatini koʻrib, u bilan ushrashganda "Assalomu alaykum Ustoz!" desa, buni hisini hech qaysi sodda adrenalin bosa olmaydi.
Barcha ta'limda yurgan ustozlarga tashakkur aytaman. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. 15 yil, 20 yil oʻtib, shogirdlaringiz "Assalomu alaykum Ustoz!" deyishini eshitib yurish nasib etsin.
18.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm

April 17, 17:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
UzTech - IT Hamjamiyati
🇬🇧
Assalomu alaykum, do‘stlar!
Ertaga navbatdagi offlayn Meetup’imiz bo‘lib o‘tadi. Bu safar biroz chuqurroq mavzu haqida gaplashamiz
👇
Mavzu: Kompyuter xotirasining fizikasi va ishlash logikasi
Speaker: Javohir Xo’jamberdiyev

April 17, 08:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yevropada MyIDni 2 daqiqada buzishdi
Bugun Telegram asoschisi Durov qiziq xabar bilan oʻrtoqlashdi.
https://t.me/durov/491
Bilsangiz kerak, koʻp davlatlarda 13 yoshga toʻlmagan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoq ishlatish mumkin emas.
Hozirgi kunda shu chegarani 15 yoki 17 yosh qilmoqchi boʻlgan davlatlar ham bor. Bu juda yaxshi talab. Farzand yoshligida vaqtini bilimga sarflashi uchun yordam.
Ammo, hamma ham oʻzini yoshini toʻgʻri yozmaydi. Ayniqsa tizim unga:
Sening yoshingda mumkin emas!
degan xabar chiqarsa, shatta yilni oʻzgartirib, qayta urinishadi.
Shu aldovni oldini olish uchun, yoshni tekshiradigan tizimlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi yangi App ham shu kunlarda taqdim etilgan edi.
Afsuski, 2 daqiqa ichida buni buzib qoʻyishibdi.
Dasturchi sifatida bizda sababi muhim. Chunki, biror muammoni oʻrganib, oʻzimizda takrorlamaslik yoki tuzatib olishimiz kerak.
Xato nimada edi?
Dasturga kirish uchun PIN kodni local qurilmada saqlashgan ekan.
🤯
Bu degani, qurilmada aynan oʻsha PIN kod faylini oʻchirib, yangi PIN qoʻysa bo‘ladi.
Juda
tp
, juda sodda ehtiyotsizlik.
Bu kabi davlat ahamiyatidagi dasturlarga jiddiy e'tibor beriladi. Yaxshi arxitektor, yaxshi dasturchi, yaxshi jarayon bo‘lmasa, katta talafot olib keladi.
Nima deyishga ham hayronman.
Iltimos dasturchi do‘stlar, siz bunday xatolarni qilmang. Maslahat kerak bo‘lsa katta dasturchilardan so‘rang. Ular inkor qilmaydi deb o‘ylayman.
Ayyom muborak bo‘lsin.
Manba:
https://cybernews.com/security/eu-age-verification-app-hack
17.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm

April 15, 19:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

Linux - bu butun dunyo kompyuterlari, serverlari va smartfonlarining "yuragi" hisoblanadi. Yaqinda Linux asoschisi
Linus Torvalds
va uning jamoasi sun'iy intellekt (AI) borasida yakuniy to'xtamga kelishdi.

AI'ga ruxsat: Dasturchilar Copilot kabi AI-yordamchilardan foydalanishi mumkin. Bu taqiqlanmaydi.

"AI Slop" AI yozgan, lekin inson tekshirmagan sifatsiz va mantiqsiz kodlar qabul qilinmaydi.
👤
Mas'uliyat odamda: Agar kodda xato bo'lsa, "buni AI qildi" deb bahona qilib bo'lmaydi. Kod uchun faqat uni yuborgan dasturchi shaxsan javobgar bo'ladi.
Xulosa: AI - bu shunchaki tool, lekin sifat va xavfsizlik uchun faqat inson javob beradi!

April 14, 07:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum doʻstlar,
Biz ham shu
trendga
qoʻshilgan nima deysiz?
Agar shu video 1mln view yigʻsa, Saud aka 1 tonna kitob sovgʻa qilar ekanlar.
Ilm olaman deganlar uchun katta imkoniyat.
😎
https://www.youtube.com/watch?v=JF6jWkL4UFA
Faqat OpenBudgetga ovoz bermay, shu 14 Yoshida qamalgan Xakerga ovoz beraylik, bitta bitta kitobli boʻlib qolamiz.
Lekin videoni koʻrish shart. Faqat ovoz uchun koʻrish hisobga oʻtmaydi.
🥇
Suhbat juda zoʻr boʻlgan. Koʻrishni tavsiya qilaman.
Trend oʻz yoʻliga. Foydali ma'lumot olasiz.
14.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm

April 14, 07:29

yana 1 tonna kitob sovg'a qilaman

April 11, 14:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qurilma egasi almashinishi
Qurilmalar nazorati (5-qism)
CIS Controls v8.1 asosida
Korxonada xodim boshqa bo‘limga o‘tganida, ishdan ketganida yoki qurilma boshqa xodimga berilishi kerak bo‘lganida ham bir jarayon bor. Bu jarayonni ham tartibga keltirish muhim hisoblanadi.
Keling, qurilma qabul qilinganida yoki boshqa xodimga berilganida nimalarga e’tibor berishni ko‘rib chiqsak.
1-qadam: Eski egasidan qabul qilib olish
Korxona qurilmalari shaxsiy mulk emas. Shu sababli xodim korxona qurilmasini buzmasdan ishlatishi kerak. Ko‘p holatlarda korxona mulkiga e’tiborsizlik, vaqtida ko‘rikka olib kelmaslik, yoki ehtiyotkorona ishlatmaslik qurilmani tez buzilishiga va eskirishiga olib keladi.
Xodimdan qurilmani qabul qilib olishda shu ma’lumotlarni ham e’tiborga olgan yaxshi.
Nimalarga e’tibor qaratsak, foydali?
- Qurilma fizik ravishda olinadi. Falonchiga berib qo‘ydim, deb o‘tkazib yubormang. AT bo‘lim ko‘rib chiqishi kerak ekanini bilishligi lozim.
- Kerak bo‘lsa topshirayotgan xodim dalolatnomaga imzo chekadi ("qurilmani qaytardim" deb)
- Shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi. Shu sababli xodim, qurilmani topshirishidan avval o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni boshqa joyga saqlab olishi kerak.
- Qurilma fizik holati tekshiriladi. Agar ataylab ziyon yetkazilgan bo‘lsa, rahbariyat bilan gaplashiladi.
- Qurilmalar ro‘yxatida xodimdan qabul qilib olingani belgilab qo‘yiladi.
2-qadam: IT bo‘lim vazifalari
- Ma’lumotlar tozalanadi.
⚠️
OT qayta o‘rnatiladi. (Chekka-chekkada qolib ketgan dastur ertaga ziyon berishi mumkin.)
- Xavfsizlik dasturlari yangilanadi.
- Zarur bo‘lsa, ta’mirlanadi.
Qurilmani xuddi yangi kelgan qurilma kabi Standart holatga olib kelinadi. Avval ishlatilgan ma’lumotlarni tiklab bo‘lmasligi kerak.
3-qadam: Yangi xodimga topshirish
- Yangi profil sozlanadi.
⚠️
- Xodim qaysi bo‘limda va lavozimga ishlashiga qarab kerakli dasturlar o‘rnatib beriladi. O‘zi o‘rnatishi mumkin emas.
- Yangi qabul-topshirish dalolatnomasi imzolanadi. (agar kerak bo‘lsa)
- Qurilmalar ro‘yxatida yangi xodimga berilgani belgilab qo‘yiladi.
Bu bo‘lim qiyin emas. Lekin ertasi kunga qoldirib bo‘lmaydigan jarayon. Tez va shoshmashosharlik bilan qilinsa, yozib qo‘yilmasa, keyin nima bo‘lganini eslash qiyin bo‘ladi. Shu sababli bu ishni o‘z vaqtida qilgan yaxshi.
#CIS
#AssetManagement
#CISControls
#Xavfsizlik
#qurilma
CIS
|
IG
|
1-qism
|
2-qism
(
bonus
) |
3-qism
|
4-qism
11.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm

April 09, 09:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum doʻstlar,
Ajoyib tadbir haqida aytib qolishdi. Nasib qilsa bir koʻrib kelmoqchiman qanday oʻtishini. Bu kabi tadbirlarda qatnashmaganimga ham koʻp boʻlgan ekan.
1-19 Aprel arizalar qabul qilinadi ekan, keyin saralash bosqichi.
26 Aprel kuni oflayn final bosqichi.
AIFU universitetimizda tadbirkorlar va ekspertlar oldida saralangan TOP 30 jamoa chiqadi ekan.
Tadir yaxshi oʻtishini tilab qolaman.
Muhim sanalar:
— 19-aprelgacha:
ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash (demo va loyiha topshirish)
— 26 aprel:
final bosqichi (AIFU universiteti, Toshkent)

Mavjud va ishlab turgan loyihalar uchun —
investitsiya imkoniyatlari yanada kengroq.
*AIFU Pitch Day hakaton formatida tashkil etiladi
-
fevral oyi hakatonidan lavhalar
Imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉
Ariza topshirish:
https://pitch-day.uz/
☎️
Axborot markazi:
+998(78)5552121
Telegram
|
pitch-day.uz
09.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm