Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

Ecopoytaxt
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasining rasmiy sahifasi Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot https://instagram.com/ekopoytaxt https://www.facebook.com/tashkentecology
Subscribers
1 830
24 hours
10
30 days
-10
Post views
205
ER
10,44%
Posts (30d)
140
Characters in post
1 033
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 29, 13:39
Media unavailable
2
1
Show in Telegram

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida ko‘p yillik daraxtlarni “qayta ekish” niqobi ostida yo‘q qilish ishlari olib borilayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, ushbu hudud Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida rekonstruksiya qilinayotgan ta’lim muassasasi hududiga to‘g‘ri keladi.
Xususan, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan 2-son sport maktabi binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan yer maydonida mavjud daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra:
— 1 tup shumtol daraxti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 33-bandiga muvofiq, barcha agrotexnik talablar asosida boshqa hududga ko‘chirilishi belgilangan;
— 1 tup shumtol va 1 tup zarang daraxtlari tabiiy omillar hamda zararkunandalar ta’sirida jiddiy zararlanganligi, egilib qolganligi va avariya holatiga kelganligi sababli ilmiy xulosa asosida, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq sanitariya maqsadida kesishga ruxsat berildi;
— 2 tup aylantus daraxti esa Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori talablariga asosan belgilangan tartibda to‘lov evaziga kesishga ruxsatnoma asosida olib tashlanishi ko‘zda tutilgan. Ularning o‘rniga kompensatsiya sifatida 20 tup daraxt ekish hamda parvarishlash majburiyati yuklatilgan.
Shu bilan birga, barcha ishlar amaldagi qonunchilik talablari asosida hamda mutaxassislarning xulosalari inobatga olingan holda amalga oshirilayotgani ma’lum qilinadi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

April 29, 13:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

🌸
Toshkentda “Tashkent Flowers Fest — 2026”ga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda.
🌸
Hududlar bezatilib, gul kompozitsiyalari joylashtirilmoqda va bayramona muhit yaratilmoqda.
🎥
Tayyorgarlik jarayonlari — videolavhada.
______________________
🌸
В Ташкенте активно ведётся подготовка к «Tashkent Flowers Fest — 2026».
🌸
Площадки преображаются: устанавливаются цветочные композиции и формируется праздничная атмосфера.
🎥
Процесс подготовки — в видеоролике.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

April 29, 13:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

✔️
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Yashnobod tumani inspektori tomonidan olib borilgan reyd tadbirlari davomida Olmos MFY hududida ochiq alanga hosil qilinganlik holati aniqlandi.
📄
Holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

April 28, 13:12
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Ekopolitsiya alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi inspektorlari hamda Yashnabod tumani inspektori tomonidan Arg‘in mahallalari hududidan o‘tuvchi Chirchiq daryosining muhofaza zonasida reyd tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Reyd davomida hududda ekologik holat o‘rganilib, noqonuniy chiqindi tashlash, suv havzasini ifloslantirish va boshqa qonunbuzarlik holatlarining oldini olish yuzasidan nazorat kuchaytirilgan. Shuningdek, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, atrof-muhitni asrash bo‘yicha ogohlantirishlar berilmoqda.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

April 28, 13:10
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

👍
Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan 81 A-uy manzilida zamonaviy 3 qavatli sport maktabi barpo etiladi
👍
Mutaxassislar tomonidan ushbu maskan atroflicha o‘rganilib, o‘sib turgan
6 dona
ko‘p yillik manzarali daraxtlar holati
kuchli shamol, yog‘ingarchilik va boshqa noqulay ob-havo
sharoitlarida sinishi yoki qulashi ehtimoli mavjud. Bu esa nafaqat atrofda yashovchi aholi hayoti va sog‘lig‘iga, balki transport harakati xavfsizligiga hamda fuqarolarning mol-mulkiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
👍
Shu bilan birga, qurib borayotgan va zararlangan daraxtlar turli
zararkunanda hasharotlar hamda fitopatogen
kasalliklar tarqalishi uchun manbaga aylanishi mumkin. Bu esa yaqin atrofdagi sog‘lom manzarali va mevali daraxtlarning fitosanitar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
👍
Yuqoridagilarni inobatga olgan
holda,
mutaxassislar tomonidan ushbu 6 dona manzarali daraxtni saqlab qolish, ularni sog‘lom muhitga ko‘chirish va tegishli parvarish ishlarini amalga oshirish choralari belgilandi.
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
Youtube

April 28, 13:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda
Tuyenа ko'chasi, 65-uy, Katta Qo‘yliq mahallasida
bog‘ning daraxtlari hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlangani haqida xabar tarqaldi.
Ushbu murojaat asosida Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Yashnobod tumani bo‘limi inspektori tomonidan holat joyiga chiqib, belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borildi. Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida daraxtlar kesilganligi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmaganligini ma’lum qilamiz.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

April 28, 09:25
Media unavailable
5
Show in Telegram

RASMIY MUNOSABAT
Hurmatli fuqarolar!
Tashkent_Land telegram kanalida Mirobod tumani Tallimarjon ko‘chasidagi daraxtlarni sanitar kesish ishlari yuzasidan kelib tushgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ushbu hududda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan daraxtlar holati o‘rganildi. Ko‘rik jarayonida ayrim shox-shabbalar avariyaviy holatga kelib qolgani, shikastlangani hamda sinib tushish xavfi mavjudligi aniqlandi. Bu esa fuqarolar hayoti va salomatligiga, shuningdek, transport vositalari va atrofdagi infratuzilma ob’ektlariga xavf tug‘dirishi mumkin.
Shu munosabat bilan xavfli holatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan sanitar kesish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar yashil hududlarga parvarish ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan me’yorlar asosida olib borilmoqda.
Obodonlashtirish va yashil hududlarni asrash masalalariga befarq bo‘lmaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
——————————
Уважаемые жители!
По обращению, поступившему относительно санитарной обрезки деревьев на улице Таллимарджан Мирабадского района, сообщаем следующее.
На указанной территории специалистами районного управления благоустройства проведено обследование деревьев.
В ходе осмотра установлено, что отдельные ветви деревьев находились в аварийном состоянии, имели признаки повреждения и создавали риск облома, что могло представлять угрозу для жизни и здоровья граждан, а также для транспортных средств и объектов инфраструктуры.
В связи с этим работы по санитарной обрезке проводятся сотрудниками районного управления благоустройства в целях предотвращения возможных чрезвычайных ситуaций и обеспечения безопасности жителей. Обрезка осуществляется в рамках установленных норм ухода за зелёными насаждениями.
Благодарим жителей за неравнодушное отношение к вопросам благоустройства и охраны зелёных насаждений.
| Facebook |
Instagram|
Youtube
|
Web-site|

April 28, 08:12
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz
🟢
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida
“Korrupsiyaga qarshi kurashamiz”
mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir boshqarma boshlig‘i A. Rasulov rahbarligida tashkil etilib, unda boshqarma mas’ul xodimlari hamda tuman ekologiya bo‘limlari mutaxassislari faol ishtirok etishdi.
✍️
Uchrashuv davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, komplayens nazorat tizimini joriy etish va takomillashtirish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari batafsil muhokama qilindi.
💬
Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, xodimlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Ishtirokchilar tomonidan sohada uchrayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish muhim ekani alohida qayd etildi.

Yakunda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli ishlarni izchil davom ettirish, samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish hamda bu borada jamoaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.
——
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi jamoasi
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

April 27, 12:41
Media unavailable
10
Show in Telegram

“Pakhtakor Kids” – yashil kelajak bunyodkorlari Yakkasaroyda
🍀
Bugun Yakkasaroy tumani yana bir ezgu tashabbusga mezbonlik qildi. Tumandagi “Doʻstlik” bogʻida “Pakhtakor Kids” jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.
🌿
Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda “Pakhtakor Kids” jamoasining faol aʼzolari ishtirok etdi. Ayniqsa, jajji bolajonlarning oʻz qoʻllari bilan daraxt ekayotgani barchaga iliq taassurot bagʻishladi.
🌱
Kichik yoshdagi ishtirokchilarning tabiatga mehr, atrof-muhitga masʼuliyat bilan yondashuvi ushbu tadbirning eng muhim jihatlaridan biri boʻldi. Ularning samimiy harakatlari va begʻubor quvonchi tadbirga oʻzgacha ruh va fayz baxsh etdi.
🌿
Bunday tashabbuslar nafaqat hududni obodonlashtirish, balki yosh avlod qalbida ekologik madaniyatni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

April 27, 10:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟢
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Ekopolitsiya alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi inspektori tomonidan o’tkazilgan reyd tadbirida Shayxontohur tumani Shodlik MFY hududida belgilanmagan joyga chiqindi tashlanganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-modda 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook