Uzbekistan Football Association
🤝
O‘zbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar ligasi finalida ishlaydi.
25-aprel kuni Elit Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” hamda Yaponiyaning “Machida” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Mazkur bellashuvni o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko yordam hakam sifatida ishlaydi. Shuningdek, Firdavs Norsafarov AVAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
t.me/FAUzbekistan
🇺🇿
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi
✈️
Jamoamiz soʻnggi nazorat uchrashuvini oʻtkazish va musobaqada ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoni mamlakatiga yoʻl oldi.
📋
Eslatib oʻtamiz, jamoamiz turnirdagi ishtirokini 6-may kuni KXDRga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
Uzbekistan FA
📍
Milliy terma jamoalar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati boshlanishiga
5️⃣
0️⃣
kun qoldi
⚡️
t.me/FAUzbekistan
📋
“Iqtidorli murabbiy” loyihasida tajriba orttirgan 9 nafar murabbiy o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari hamda Superliga klublarida faoliyatini boshladi
Habaringiz bor, 2024 yilda yo‘lga qo‘yilgan “Iqtidorli murabbiy” loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlaridan 20 nafar murabbiy 4 bosqichli tizimli o‘quv jarayonlarida ishtirok etdi.
Mazkur dastur davomida murabbiylar ikki yil mobaynida seminar va konferensiyalarda ishtirok etib, yoshlar va o‘smirlar jamoalari, shuningdek, Superliga klublarida amaliy tajriba orttirishdi. Jarayonlar davomida psixologiya, notiqlik mahorati, o‘yin tahlili, jamoani boshqarish, texnika va taktika yo‘nalishlarida chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.
Bugungi kunda 20 nafar murabbiydan 9 nafari, xususan Mirzakamol Kamolov, Islom Ahmedov, Abbosbek Maxsitaliyev hamda Ma’mur Abdullayev kabi mutaxassislar Superliga klublari hamda turli yosh toifasidagi terma jamoalarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bu esa mazkur loyiha doirasida orttirilgan bilim va tajribalar amaliyotga tatbiq etilib, murabbiylar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilayotganini yaqqol ifodalaydi.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
t.me/FAUzbekistan
⚡️
UFA NEWS | NAVBATDAGI SON
Jahon chempionati tobora yaqinlashmoqda. E’tibor markazida — O‘zbekiston milliy terma jamoasi.
Bugun siz bilan raqiblarimiz va jahon matbuoti milliy terma jamoamiz haqida nimalar deyayotganiga nazar tashlaymiz.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
t.me/FAUzbekistan
📋
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Milliy futbol markazida Osiyo kubogi oldidan soʻnggi yigʻinlarini oʻtkazmoqda.
🚩
Musobaqa oldidan jamoamiz uchun hakamlikdagi eng so‘nggi qoidalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Avvalgi turnirlar davomida yuzaga kelgan vaziyatlar videoroliklar orqali tahlil qilinib, futbolchilarga kerakli ma’lumotlar taqdim etildi.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
Uzbekistan FA
📋
OʻFA rahbariyati Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
Uzbekistan FA
📋
OʻFA rahbariyati Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi
Ayni kunlarda
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi
Milliy futbol markazida
Osiyo kubogi
musobaqasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun OʻFA rahbariyati yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi.
Suhbatda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, Oʻzbekiston turnirning amaldagi gʻolibi ekanligi,
professionalizm, intizom
va
ahillik
bilan munosib ishtirok etish kerakligi ta'kidlandi. Bu borada assotsiatsiyasi tomonidan barcha sharoitlar tashkil etib berilishi aytildi.
Sizga yurtimzidagi barcha tengdoshlaringiz havas qiladi, Osiyo kubogi kabi musobaqalar katta tajriba hisoblanib, keyingi faoliyatingizga ham ta'sir qiladi. Har bitta uchrashuvda finalda oʻynagandek katta ishtiyoq bilan, bir tan-u jon boʻlib, jamoaviy ruh va ahillik bilan Oʻzbekiston farzandlari nimaga qodir ekanligini namoyish etishingizga ishonamiz, dedi OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov.
Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga
futbolchilarning sogʻligi
,
tiklanishi
va
vitaminizatsiyalash
jarayoni yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Oʻz oʻrnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib oʻtishdi.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
Uzbekistan FA
📋
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi nazorat uchrashuvi doirasida Respublika futbol akademiyasiga (Birinchi liga) qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda terma jamoamiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning har ikki goliga Laziz Abduraimov (13’, 42’) mualliflik qildi.
Boshlangʻich tarkib
:
12. Abdulboriy Zoidjonov
4. Muhammad Hakimov (s)
6. Muhammad Mamatov
8. Islom Ravshanov
9. Laziz Abduraimov
10. Mirkomil Murodov
14. Muhammadodilxon Orifxonov
16. Adis Abdunabiyev
19. Ahror Ravshanbekov
22. Abubakir Rahimov
24. Mirjamol Anvarov
Zaxiradan tushganlar
: Mexroj Sirojiddinov, Mashhurbek Abdisoliyev, Jahongirmirzo Oʻktamboyev, Nurmuhammad Oʻktamov, Amirxon Erkinov, Elsevar Olimov, Rustam Aliyev, Farruh Hayitmurodov.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
Uzbekistan FA
📋
Ayder Kurbayev boshchiligidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi UEFA "Rivojlanish kubogi"ning navbatdagi bahsida Shimoliy Irlandiyani mag'lubiyatga uchratib, 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
Shimoliy Irlandiya 2:3 O'zbekiston
🇺🇿
Gollar:
Hasan Urolov, Husan Urolov, Behruz Samatov.
Asosiy tarkib:
1. Almaz Ayupov
3. Hojiakbar Zulfiqorov
5. Yaxyo Nasrulloev
6. Abubakr Mamatov
7. Azizillo Erkinjonov (S)
8. Fayz Achilov
9. Emmanuel Emonkpaire
13. Abdulaziz Bobirov
15. Hasan Urolov
17. Ro'zimurod Ro'zimurodov
20. Doniyor O'ktamov
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Urolov, Xayrullayev, Aminov, Samatov, Akbaraliyev, Shukurov.
Zaxira:
Berdiyev, Odilov.
💳
Uzcard
|
🔴
Coca-Cola
|
❤️
Uzum Bank
|
⚡️
t.me/FAUzbekistan