
FAKTORIAT
✈️
Samolyot bortidagi past bosim (kabina ichidagi sunʼiy balandlik) tufayli
insonning hid bilish va taʼm sezish qobiliyati taxminan 30% gacha pasayadi.
Shuning uchun, samolyotlarda beriladigan taomlar va ichimliklar yerdagiga nisbatan koʻproq ziravor va tuz bilan tayyorlanadi.
💡
@Faktoriat
Antilopa quyonlarining uzun quloqlari butun
tananing haroratini (issiqni tarqatib) nazorat qilish
uchun xizmat qiladi.
💡
@Faktoriat
🚆
Transsibir magistrali jami
3901 ta koʻprikni
kesib oʻtadi.
•
Transsibir magistrali —
bu nafaqat temir yoʻl, balki dunyodagi eng uzun temir yoʻl tarmogʻi bo'lib,
magistral butunlay
Rossiya Federatsiyasi
hududida joylashgan. U mamlakatning Gʻarbiy qismini Sharqiy qismi bilan bogʻlaydi.
• Umumiy masofa, taxminan
9288 kilometr
boʻlib, bu magistralni
dunyodagi eng uzun temir yoʻl
qiladi. Shuningdek, Transsibir magistralida poyezd toʻxtamasdan, uzluksiz harakat qilsa,
taxminan 7 kun
davomida yoʻl bosiladi!
💡
@Faktoriat
Ichki yonuv dvigateli
bilan ishlaydigan
birinchi mototsikl 1885-yilda
ixtiro qilingan.
•
Ichki yonuv dvigateli
– bu yonilg'ining (benzin, dizel, gaz) yonishi natijasida ajralib chiqqan
issiqlik energiyasini
to'g'ridan-to'g'ri
mexanik harakat energiyasiga
aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi.
Bu jarayon dvigatelning ichki qismi –
silindr
ichida sodir bo'lganligi uchun u "ichki yonuv" deb nomlanadi.
💡
@Faktoriat
🤯
Inson miyasi bir kecha davomida shunchalik ko'p elektr energiyasi ishlab chiqaradiki, u kichkina
lampochkani yoqishga
yetadi!
Biz hatto uxlayotganimizda ham — miyamiz to'liq quvvatda ishlaydi!
Do'stingizni hayratda qoldirish uchun ushbu faktni ulashing!
💡
@Faktoriat
🇯🇵
Yaponiyada sushini
qo'lda olishni (yeyishni) yaxshi odob
deb bilishadi.
Bunday qilish orqali, mijoz restoran oshpaziga nisbatan
hurmatini ko‘rsatgan
bo‘ladi.
💡
@Faktoriat
🐍
Qora mamba – dunyodagi eng tezkor ilondir!
Agar zarurat tug‘ilsa, u soatiga
20 kilometr
tezlikda harakatlana oladi. Tasavvur qiling, bu tezlikda u odamdan ham tez yugurishi mumkin!
💡
@Faktoriat
Londonning birinchi metrosi dastlab
"Kanalizatsiya tramvayi"
deb atalgan!
💡
@Faktoriat
Mango daraxti 45 metrgacha balandlikka o'sishi mumkin.
• Qizig'i shundaki, uning yangi chiqqan barglari
qizg'ish rangda
bo'ladi, to'liq yetilgan barglari esa
to'q yashil
tusga kiradi.
💡
@Faktoriat
Mikroto‘lqinli pechning eshigidagi ko‘zga ko‘rinadigan to‘r (setka) – bu shunchaki bezak emas!
Uning asosiy vazifasi xavfli nurlanishni pech ichida saqlab qolishdir.
Mikroto‘lqinli pechda pishirilgan ovqat "nurlanib qolmaydimi"
?
•
Yo'q, xavotirga o‘rin yo‘q!
Pechdagi mikroto‘lqinlar ionlashtiruvchi nurlanish emas.
• Ular faqatgina ovqatdagi
suv molekulalarini tebratadi.
Bu harakat natijasida issiqlik hosil bo‘ladi va ovqat pishadi.
• Pech o‘chishi bilan nurlanish ham to‘xtaydi. Iste'mol qilish butunlay xavfsizdir.
Ushbu postni bemalol mikroto‘lqinli pech ishlatadigan do‘stlaringiz yuborib qo'yamiz
!
💡
@Faktoriat