
Fan Club Uzbekistan 🇺🇿
Inna Lillahi ba Inna Ilayhi Rojiun
🤲
O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O’FA faxriylar kengashi raisi, O’FA Ijroiya qo’mitasi a’zosi, Murabbiylar kengashi a’zosi, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” To’lagan Isoqovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O’zbek futbolining jonkuyar fidoyisi, To’lagan Isoqov o’z umrini futbolga bag’ishlagan. U futbolchi sifatida
“Paxtakor” jamoasi sharafini 13 mavsum davomida munosib himoya qilgan, 252 o’yinda maydonga tushib, 52 gol kiritishga muvaffaq bo’lgan.
Murabbiylik faoliyatida davomida
“Paxtakor”, “Zarafshon” va “Surxon” jamoalarini boshqargan, shuningdek, so’nggi yillarda O’FA faxriylar kengashiga rahbarlik qilib, mamlakatimizda futbolning ommalashishi, rivojlanishiga, bir so’z bilan aytganda, futbolning har bir jabhasida o’zining munosib hissasini qo’shgan yetuk mutaxassis edi. Yosh avlodni Vatanga muhabbat, sportga sadoqat bilan yetishib chiqishi yo’lida fidokorona xizmat qilgan.
Alloh Rahmat Olsin Ohiratlari obod, joylari Firdavs Jannatlaridan bo’lsin
🤲
🏆
“Mirabror Usmonov kubogi-2025” startiga oz qoldi
🇺🇿
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi musobaqada
🇸🇦
Saudiya Arabistoni va
🇯🇵
Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Muxlislarimizni qiziqarli va shiddatli uchrashuvlar kutmoqda.
💳
Uzcard
|
⚡️
t.me/FAUzbekistan
"Nasaf" futbol klubi rasmiy bayonoti
Kecha O‘zbekiston Superligasi doirasida bo‘lib o‘tgan "Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvi atrofida yuzaga kelgan noxush holat yuzasidan "Nasaf" futbol klubi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ayni vaqtda mehnat ta’tilida bo‘lgan matbuot xizmati xodimi Sarvar Bobonazarov mazkur uchrashuvda na bevosita, na bilvosita ishtirok etmagan va xizmat vazifasini bajarmagan. Biroq u o‘zining "X" (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida kechagi uchrashuv yuzasidan "Andijon" hamda "Dinamo" jamoalari muxlislari sha’niga nisbatan nomaqbul ifodalarni ishlatgan.
Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxsiy fikrlar "Nasaf" futbol klubi pozitsiyasini aks ettirmaydi va klub har qanday ko‘rinishdagi haqorat va kamsitishlarni qoralaydi. Ushbu holat yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi va klub odob axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi sababli Sarvar Bobonazarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
"Nasaf" futbol klubi har doim barcha o‘zbek klublariga, shu jumladan Samarqand va Andijon jamoalari vakillari va muxlislariga nisbatan chuqur hurmat va do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan hamda bu tamoyilga qat’iy amal qilishda davom etadi.
Yuzaga kelgan noqulay vaziyat uchun jamoatchilikdan uzr so‘raymiz.
Hurmat bilan,
"Nasaf" futbol klubi.
🇺🇿
AYOLLAR PORLASHGA TAYYOR!
Tarix yozilmoqda — siz ham bu lahzalarga guvoh bo‘ling!
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida ajoyib natija qayd etmoqda — Shri-Lanka — 10:0, Laos — 7:0 hisobida mag‘lub etildi
🎯
Oldinda esa Nepal bilan hal qiluvchi bahs kutmoqda. Bu o‘yin nafaqat sport, balki tarixiy ahamiyatga ega!
📅
5-iyul | 20:30
🇺🇿
Oʻzbekiston
🆚
Nepal
🇳🇵
🎉
O‘yin kuni stadion atrofida:
🔸
Shou-dasturlar
🔸
Kichik musobaqalar
🔸
Sovrinli viktorinalar
🔸
Oila va farzandlar uchun alohida zonalar
👉
Bu nafaqat futbol, bu – bayram! Oila a’zolaringiz bilan tashrif buyuring va birgalikda unutilmas hissiyotlarni boshdan kechiring!
💙
Ayollar milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlang!
⚽️
Atmosferani his eting!
🇺🇿
Olga, O‘zbekiston! Biz bir jamoamiz!
💳
Uzcard
|
⚡️
@ayollar_futboli
🏆
FIFA U-17 World Cup Qatar 2025
™
🇺🇿
Oʻzbekiston “J” guruhidan oʻrin oldi
“J” guruhi
🇵🇾
Paragvay
🇺🇿
O‘zbekiston
🇵🇦
Panama
🇮🇪
Irlandiya
⚡️
t.me/FAUzbekistan
АНДИЖОНЛИК ВА ВОДИЙЛИК БАРЧА ФУТБОЛ МУХЛИСЛАРИ УЧУН ЭКСКЛЮЗИВ ТАКЛИФ!
📍
5-июн. БАА – Ўзбекистон
ўйини учун футбол мухлисларига махсус тур ташкил этилди!
Ўзбекистон терма жамоаси ушбу ўйинда ҳеч бўлмаганда дурранг қайд этса, илк бор Жаҳон Чемпионатига йўл олади
👏
Бу тарихий ўйинда
Андижон фан-клуби (ULTRAS BURGUT)
ва
Ўзбекистон фан-клуби (Абдураҳмон Фозилов
) билан биргаликда Ўзбекистон терма жамоасини қўллаб қувватланг
💪
EASYBOOKING компанияси ва
фан-клуб ҳамкорлигида
7 кунлик э
ксклюзив саёҳат ташкил қилинди:
Кетиш санаси 31 май – 5 июн кунлари тўғридан тўғри рейс билан.
Абу-Даби (4 кеча) ва Дубай (3 кеча)
Саёҳат пакетига киритилган:
✈️
Борди-келди авиачипталар
🚘
Трансфер хизмати
🏨
Меҳмонхонада жойлашиш
🍱
Нонушта
🕌
Абу-Дабидаги Оқ масжидга бепул экскурсия
⚡️
Абдураҳмон Фозилов ва Нодирбек Тўйчиев билан учрашувлар
.
7 кунлик сафар нархлари: 728
🍏
дан бошлаб.
Батафсил маълумот
Андижон (Ultras Burgut):
+998905270099
Телеграм
👉
@Azebobur
Тошкент:
+998882861240
+998977707979
Футбол мухлисларига юбориб қўйинг. Шошилинг жойлар оз экан
Канал
👉
@VODIYBOZOR
#Хотира_абадий
Мираброр Усмановга бағишланган "Хотира абадий" номли махсус видеоролик эътиборингизга ҳавола этилади.
____
#Память_вечна
Вашему вниманию предлагается специальный видеоролик, посвященный Мираброру Усманову «Память вечна».
⚡️
"Дангал" кўрсатувининг бу галги меҳмони "Андижон" клуби жонкуяри Нодир Тўйчиев.
❕
"Нефтчи"га ёрдам берилгани, "Андижон"ни чемпионликка етаклаётган нарса нима эканлиги ҳақида фикр билдирган "Катта дўппи" хали ҳеч қаерда айтилмаган гаплар ва мавзулар жавоб берди.
🎙️
Суҳбатни бугун 20:00’дан бошлаб You Tube саҳифамизда томоша қилишингиз мумкин!
@sports_uz
❤️
❤️
❤️
⚽️
⚽️
@cheryuzbekistan
ҲАМДАРДЛИК
Узоқ йиллар давомида ўзбек футболи ривожига муносиб ҳисса қўшган Мухтор Ҳошимов вафоти муносабати билан марҳумнинг яқинлари ва оила аъзоларига таъзия билдирамиз.
Мухтор Муинович Ҳошимов 1948 йилда таваллуд топган. 1960 йилда «Пахтакор» футбол мактабида шуғулланишни бошлаган. 1965 йилда Ўзбекистон терма жамоаси сафида ёшлар кубоги соҳиби бўлган. «Политотдел», «Димитроветс», «Оқ олтин» жамоаларида тўп сурган. 1972 йилда мураббийлик фаолиятини бошлаган. 1993 йилда ўша вақтдаги Ўзбекистон футбол федерациясида оммавий футбол бўлими бошлиғи, 2006 йилдан эса мусобақалар бўлими бошлиғи, 2009–2017 йиллар давомида эса Ўзбекистон футзал ассоциациясининг биринчи вице-президенти лавозимларида ишлаган. Умрининг сўнгги йилларида эса ЎФА Футболчиларнинг мақоми ва ўтиши бўйича қўмита раиси сифатида фаолият юритган.
Ўтганларнинг охирати обод бўлсин!
⚡️
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 1994-yilgi Osiyo oʻyinlarida chempionlikni qoʻlga kiritganiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan
10-noyabr
kuni soat
15:00
da “Yunusobod” sport majmuasida shou uchrashuvi oʻtkaziladi.
Unda Osiyo oʻyinlari-1994 gʻoliblari hamda sport va media yulduzlari jamoalari oʻzaro bahs olib borishadi.
O’yinni bevosita arenadan tomosha qilish istagida boʻlgan futbol muxlislarini “Yunusobod” sport majmuasiga taklif etamiz. Kirish bepul.
1️⃣
t.me/FAUzbekistan