Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FVMMTB - Rasmiy kanali

FarVMMTB
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari
Subscribers
11 900
24 hours
30 days
-1 200
Unusual 24 hours growth
Post views
438
ER
0,07%
Posts (30d)
250
Characters in post
882
December 11, 01:58
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

💎
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan sport musobaqasi
🔶
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kunni keng nishonlash doirasida taekvondo WT sport turi bo‘yicha 2012–2020-yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish hamda Vatan ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashni maqsad qilgan holda tashkil etildi.
🔸
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va matonatini namoyon etishdi. Ayniqsa, bellashuvlar yuqori ruhda, do‘stona muhitda o‘tdi va yosh sportchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.
⚡️
Musobaqa natijalariga ko‘ra, Farg‘ona shahar 8-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Murotov Mustofo munosib ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi. G‘olib sifatida u diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
🔰
Mazkur yutuq Mustofoning intilishi, mehnati va ustozlarining puxta tayyorgarligi samarasidir. Yosh sportchimizni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz, kelgusidagi katta musobaqalarda ham yangi-yangi zafarlar tilaymiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

December 10, 16:52
Media unavailable
10
Show in Telegram

Oliy taʼlim tashkilotlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalar muhokama qilindi
2025-yil 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari
Hilola Umarova
va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti
rektorlari va prorektorlar
ining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalari boʻyicha taqdimoti bilan tanishdi.
Muhokama davomida oliy taʼlim muassasalarida 2026-yilda
oʻquv jarayoni
ni yanada takomillashtirish,
raqamlashtirish
ni jadallashtirish,
taʼlim sifati ва oʻqituvchilar salohiyatin
i oshirish, i
lmiy tadqiqotlar
natijadorligini koʻtarish,
fan–taʼlim–ishlab
chiqarish integratsiyasi
ni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, talabalar bilan
maʼnaviy-maʼrifiy ва tarbiyaviy ishlar
ni takomillashtirish, x
alqaro hamkorlik
yoʻnalishlarini kengaytirish ва
investitsiyalarni jalb etish
boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 10, 16:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

💎
Quvasoy shahridagi 13-DMTTda 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Madhiya – elning sadosi, yurtning iftixori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
🔰
Tadbir davomida kichkintoylarga madhiyaga hurmat, davlat ramzlarini qadrlash, Vatanni sevish kabi tushunchalar singdirildi. Bolajonlar madhiyamiz sadolari ostida saf tortib, Vatan ravnaqi uchun hissa qo‘shish har bir fuqaroning burchi ekanini o‘z chiqishlarida ifoda etishdi.
♻️
Mazkur tadbir bolalar qalbida milliy g‘urur va Vatanga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

December 10, 16:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

💎
Avval xabar berganimizdek, ta’lim tizimidagi xalqaro hamkorlik doirasida shakllantirilgan Farg‘ona viloyati delegatsiyasi hozirda Ozarbayjon Respublikasida tashrif bilan bo‘lib turibdi.
🔵
Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan butun yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini yo‘lladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

December 10, 13:08
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

💎
Avval xabar berganimizdek, bugun Farg‘ona shahridagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🌐
Tadbirda rejaga muvofiq to‘rtta asosiy va qo‘shimcha masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Maktabgacha ta’lim sifati va 3–7 yoshli bolalarni qamrab olish darajasi”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning 10 oylik tahlili”, “Kasbiy rivojlanish kuni/soati tadbirlarining ijrosi” hamda “Korrupsiyaga qarshi profilaktika ishlari bo‘yicha 11 oylik natijalar” kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
➡️
Shuningdek, yig‘ilishda “2025-yil davomida qabul qilingan hujjatlar ijrosi va murojaatlar bilan ishlash holati”, “Pedagog kadrlarning malaka toifa (test) sinovlari yakuni”, “Xorijlik mutaxassislar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot” kabi muhim qo‘shimcha masalalar ham tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.
⬇️
Tadbir Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, Hay’at raisi Sherzod Dolimov boshchiligida o‘tkazilib, kun tartibidagi masalalar tanqidiy va tahliliy ruhda muhokama etildi.
📊
Hay’at yig‘ilishi yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

December 10, 12:36
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

💎
Beshariq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sport – giyohvandlikka qarshi eng kuchli vosita” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
🔶
Mazkur bellashuv qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tdi.
🔸
Yakuniy natijalarga ko‘ra, maktabning 7-“A” sinf qizlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
⚡️
Tashkilotchilar tomonidan g‘olib jamoaga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

December 10, 12:28
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

💎
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimidagi xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan delegatsiyaning 5-guruhi Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurdi
🔰
Tashrifda Furqat tumani pedagoglari ham ishtirok etmoqda.
♻️
Delegatsiya a’zolari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universitetining Quba filialida o‘tkazilgan konferensiyada qatnashib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va yosh avlod tarbiyasiga oid ma’ruzalarni tingladilar.
✔️
Tashrifning asosiy maqsadi Ozarbayjon ta’lim tizimidagi islohotlar, yangiliklar va tashabbuslarni o‘rganish hamda o‘zaro tajriba almashish ekani ta’kidlandi.
📊
Delegatsiya a’zolari o‘zbekistonlik vakillar mehmondo‘stlik bilan kutib olinganini qayd etdilar.
✔️
Shuningdek, delegatsiya tomonidan mezbonlarga o‘zbek milliy an’analariga xos esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘quv mashg‘ulotlarida Furqat tumani pedagoglari ham o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.
❇️
Malaka oshirish doirasidagi mahorat darslari davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

December 10, 12:01
Media unavailable
2
Show in Telegram





#Giyohvandlik_asr_vabosi

Qator hamkor tashkilotlar tomonidan hududlarda inspektor psixologlar, tarbiya ishlariga mas'ul xodimlarga giyohvandlik va narkojinoyatlar bo‘yicha treninglar tashkil etildi.
Unda 8 yarim mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi hamda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Zero, giyohvandlik — asr balosidir. Yoshlarimizni bunday illatlardan asrash barchamizning vazifamiz hisoblanadi.
Rasmiy axborot

December 10, 07:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

#bolalar_uchun
#SEHRLANDIYA
🎬
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasiga ko‘ra “Lola Animation”
studiyasi taqdim etadi!
🔥
🇺🇿
O‘zbekistonda ilk bor 3D formatdagi
super qiziqarli to‘liq metrajli multfilm!
🔥
🔥
🔥
🍄
“SЕHRLANDIYA: QAHRAMONLIK MISSIYASI”
🧹
🔮
Sehrlandiyani kim qutqaradi?
💫
Qahramonlik missiyasi kimning zimmasiga tushadi?
🪄
Va nega aynan ular tanlandi?
Javoblarni
25-dekabr
kuni
PREMYERA
da bilib olasiz.
Tayyorlaning!
Yil
ning eng muhim
voqeasi
yaqinlashmoqda!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
X

December 10, 05:31
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

💎
BUGUN
:
🌐
Ayni damda Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
➡️
Tadbir Farg‘ona shahridagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida o‘tkazilmoqda.
Hay’at yig‘ilishining kun tartibiga rejaga muvofiq to‘rtta asosiy va qo‘shimcha turli masalalar kiritilgan:
📍
Asosiy masalalar:
Maktabgacha ta’lim sifati va 3–7 yoshli bolalarni qamrab olish darajasi – Vohidjon Mamajonov
Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning 10 oylik tahlili – Dilafruz Kasimova
“Kasbiy rivojlanish kuni/soati” tadbirlarining ijrosi – Xolida Sultonova
Korrupsiyaga qarshi profilaktika ishlari bo‘yicha 11 oylik natijalar – Nodirjon Axmedov
📍
Turli masalalar:
2025-yil davomida qabul qilingan hujjatlar ijrosi va murojaatlar bilan ishlash holati – Umidjon Mahmudov
Pedagog kadrlarning malaka toifa (test) sinovlari yakuni – Nizomidin Usmonov
Xorijlik mutaxassislar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot – Mohidil Ahmadaliyeva
📊
Hay’at yig‘ilishini Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, Hay’at raisi Sherzod Dolimov ochib, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.