Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

IIV_NamAL
Manzilimiz: Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 124-uy. Mo‘ljal: Namangan viloyat endokrinologiya markazi binosi ro‘parasida.
Subscribers
2 680
24 hours
10
30 days
330
Post views
4 351
ER
147,43%
Posts (30d)
28
Characters in post
600
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 14, 05:36
Media unavailable
10
Show in Telegram

IIV Namangan akademik litseyida “Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
Respublikamiz bo'ylab keng ko‘lamda hasharlar tashkil etilib, unda hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda atrof-muhitni yanada toza va fayzli qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, IIV Namangan akademik litseyida ham erta tongdan boshlab obodonlashtirish ishlari jadal boshlandi. O’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etib, litsey hududi, o’quv xonalari va binolar atrofi tartibga keltirildi, hududlar tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur hashar tadbirlari nafaqat hududlarning obod va fayzli bo‘lishiga, balki o’quvchilarda birdamlik, hamjihatlik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
IIV Namangan akademik litseyi rasmiy telegram kanali
Telegram
|
Instagram
|
Youtube

March 13, 13:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ulkan maqsadlar sari qadam bosayotgan yoshlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan turli fanlardan sertifikat olish imtihonlari o‘tkazilmoqda. IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilari ham ushbu sinovlarda yuqori natijalarga erishib, yuksak marralarni zabt etib kelmoqda.
Shu jumladan, IIV Namangan akademik litseyida tahsil oluvchi 44 nafar o'quvchilar ushbu sinovlarda namunali qatnashib, turli darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
Mazkur natijaga erishish, o‘quvchilarning tinimsiz mehnati, mas’uliyati, ustozlarining fidokorona ko‘magi va ota-onalarning doimiy e’tibori natijasidir.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

March 13, 06:28

https://www.youtube.com/shorts/x3vXnPcNGMM

March 12, 15:01
Media unavailable
3
Show in Telegram

Yoshlar kuni munosabati bilan ma’rifiy sayohat tashkil etildi
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari tomonidan IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilari uchun Davlatobod tumanida joylashgan “Ziyo maskani” axborot-kutubxona markaziga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona fondidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishib, kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, yoshlar bilan bilimga qiziqishni kuchaytirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv suhbatlar ham o‘tkazildi.
Mazkur ma’rifiy sayohat yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim doirasini kengaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday tadbirlar yoshlarni ilm-ma’rifatga keng jalb etish va kelgusida yuqori natijalarga erishishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

March 12, 14:33
Media unavailable
9
Show in Telegram

#yoshlar_kuni
#muzeyga_tashrif
🏢
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali
da
Yo'l harakatini boshqarish yo'nalishi talabalari
"Yoshlar
kuni"
munosabati bilan IIV qoshidagi Namangan akademik litseyida joylashgan yangi raqamlashtirilgan
“Jasorat”
muzeyiga tashrif buyurishdi.
Ushbu maskanda mingga yaqin eksponatlar jamlangan boʻlib, uning katta qismi boshqarma tarkibidagi boʻlinmalarning tarixi va bugungi kuniga bagʻishlangan.
Viloyatda ichki ishlar organlarining tashkil etilishidan boshlab to bugunga qadar boʻlgan faoliyati yoritilgan mazkur muzey 3 qismdan iborat boʻlib, ular qadimgi davrda huquq-tartibot organlari, Yangi Oʻzbekistonda ichki ishlar tizimi va sohaviy xizmatlar faoliyatiga boʻlinadi.
Tashrif so'nggida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis hodimlardan javoblar oldilar.

BE SMART!  BE SKILLED!  BE PROFESSIONAL!
🌐
Website
I

Telegram
I
🌐
Instagram
I
📹
Youtube
I

March 11, 15:08

https://www.youtube.com/watch?v=iSHZzk9WiX0

March 11, 15:08

https://www.youtube.com/watch?v=35nRYTOM2zU

March 11, 14:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Deputat va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27-fevral kuni IIV Namangan akademik litseyida deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Artiqov ishtirok etib, litsey o‘quvchilari bilan parlament faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida suhbatlashdi.
Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan uchrashuv so’ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga doir fikrlarini bildirdilar.
Tadbir yakunida mehmonlar
“Jasorat”
raqamli muzeyida bo’lib, respublika ichki ishlar tizimi, xususan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarixiga oid maʼlumotlar bilan tanishishdilar.
IIV Namangan akademik litseyi rasmiy telegram kanali

March 10, 06:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari! IIV Namangan akademik litseyiga qabul jarayonlari davom etayotganligini maʼlum qilamiz.
Arizalar joriy yilning 15-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun arizalarni o‘z yashash hududingizdagi tuman Ichki ishlar bo‘limiga yoki akademik litseyning o‘ziga topshirishingiz mumkin.
Manzilimiz: Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 124-uy.
Mo‘ljal: Namangan viloyat endokrinologiya markazi binosi ro‘parasida.
Manzil joylashuvi
IIV Namangan akademik litseyi rasmiy telegram kanali

March 08, 07:09
Media unavailable
7
Show in Telegram

IIV Namangan akademik litseyida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan IIV Namangan akademik litseyida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni litsey direktori ochib, muassasada faoliyat yuritayotgan barcha ayollar hamda o‘quvchi qizlarni bayram bilan samimiy qutladi.
Dastur davomida litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, sheʼrlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurot ulashdi.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azaldan buyuk qadriyat sanalib kelgan. Boisi ayollar bor joyda hayot yanada go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz esa obod va nurafshon bo‘ladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube