
TDTU Iqtidorli talabalari !!!
#Xushxabar
TDTU
xalqaro maydonda navbatdagi ulkan muvaffaqiyatga erishdi
🔸
2026-yil 23-aprel
kuni eʼlon qilingan nufuzli
"Times Higher Education" (THE) agentligining "Asia University Rankings 2026"
natijalariga ko'ra
,
Toshkent davlat texnika universiteti
xalqaro reytinglarda navbatdagi yuksak eʼtirofga sazovor!
🔸
TDTU
ushbu reytingda ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan, umumiy hisobda
33,6 ball
bilan
TOP 501–600
o‘rinni egalladi.
🔸
Eʼtiborlisi, ushbu reytingdan jami
4 ta
O'zbekiston oliy taʼlim muassasasi joy oldi va TDTU ular orasida
2-oʻrin
ni egalladi.
Ma'lumot uchun: oʻtgan yili ushbu nufuzli reytindan O'zbekistondan
3 ta OTM
joy olgan edi.
TDTUning asosiy koʻrsatkichlari:
🔸
Taqdim etilgan rasmiy natijalarga koʻra,
TDTU
yo'nalishlar kesimida quyidagi ballarni qoʻlga kiritdi:
✅
Ilmiy tadqiqotlar sifati (Research Quality): 63,5 ball (eng yuqori koʻrsatkich!)
✅
Xalqaro hamkorlik (International Outlook): 26,6 ball
✅
Oʻqitish (Teaching): 25,1 ball
✅
Sanoat bilan hamkorlik (Industry): 16,6 ball
✅
Tadqiqot muhiti (Research Environment): 10,4 ball
🔸
TDTU nafaqat o‘zining xalqaro mavqeini mustahkamlab bormoqda, balki O‘zbekiston oliy ta’limining jahon miqyosida tanilishi va nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan yetakchi universitetlaridan biri ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.
Albatta, bu xalqaro e'tirof — universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar koʻlami, ta'lim sifati, malakali kadrlar tayyorlash tizimi hamda Oʻzbekiston OTMlari nufuzini jahon miqyosida oshirish yoʻlidagi universitet jamoasi va barcha professor-oʻqituvchilarning fidokorana mehnati samarasidir. Barchani ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz!
"Eng yaxshi oliy ta'lim ixtirochisi" tanlovi
🔸
Sizda innovatsion ixtiro mavjudmi? Buni butun respublika miqyosida taqdim eting va katta mukofotlarni qoʼlga kiritish imkoniyatidan foydalaning.
➡️
Tanlov yoʼnalishlari:
🟢
Sunʼiy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari
🟢
Muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari
🟢
Aniq va tabiiy fanlarga mansub ta'lim yoʼnalishlari
🟢
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
🟢
Veterinariya va qishloq xoʼjaligi (shu jumladan, baliqchilik va oʼrmonchilik)
🟢
Sogʼliqni saqlash, tibbiyot va mehnat muhofazasi
🟢
Arxitektura va qurilish
🟢
Transport va logistika xizmatlari
💰
Mukofotlar:
🥇
1-oʻrin — 12 250 000 soʻm
🥈
2-oʻrin — 10 000 000 soʻm
🥉
3-oʻrin — 9 000 000 soʻm
🔴
Qoʻshimcha imkoniyatlar:
🔸
Eng yaxshi loyihalarni STARTUP sifatida moliyalashtirishda yordam koʼrsatiladi.
💕
Eng faol 2 ta oliy taʼlim muassasasi uchun laboratoriya va moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash maqsadida 500 million soʼmgacha grant ajratiladi.
❤️
Batafsil maʼlumot uchun:
🖱️
Havola
❗️
Saralash bosqichi uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting:
🖱️
Havola
♾️
Tanlovga arizalar joriy yilning 11-may sanasigacha qabul qilinadi.
#olimpiada_math
Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Matematika fanidan olimpiada” muvaffaqiyatli yakunlandi!
🤩
Ushbu olimpiadada universitet talabalari o'rtasida jami 27 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
▪️
Olimpiada davomida ishtirokchilar:
Murakkab matematik masalalarni yechish, mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil qilish ko‘nikmalarini namoyon etishdi.
🏆
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi.
▪️
Batafsil natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
↘️
💜
Natijalarni ko‘rish uchun.
✅
@IqtidorliTalabalarTDTU
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali boshlanishiga
5 KUN QOLDI!.
28–29–30-aprel kunlari eng kuchlilar maydonga chiqadi!
Sen tayyormisan, muhandis?
Batafsil:
km.edu.uz
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
#xalqaro_forum
⚡️
Toshkent shahrida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi
2026-yil 21-aprel kuni soat 10:00da “Central Asian Expo Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma markazida
“Innoprom. Markaziy Osiyo” doirasida “MDH innovatsion sanoat forumi: mintaqaviy integratsiya va texnologik mustaqillik”
mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida MDH mamlakatlari o‘rtasida ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinadi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
➡️
Panel sessiyada:
— sanoat va innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari
— texnologiyalar transferini rivojlantirish
— sun’iy intellektni sanoatga joriy etish istiqbollari
— ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
➡️
Tadbir yakunida MDH davlatlari o‘rtasida ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali boshlanishiga
10 KUN QOLDI!
.
28–29–30-aprel kunlari eng kuchlilar maydonga chiqadi!
Sen tayyormisan, muhandis?
Batafsil:
km.edu.uz
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
100 000$ gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati — AIFU Pitch Day sizni kutmoqda!
AIFU Pitch Day
—
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
tomonidan tashkil etilayotgan
respublika miqyosidagi
innovatsion platforma bo‘lib, loyihangizga investitsiya jalb qilish, TOP soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish hamda tadbirkorlar bilan tanishish imkoniyatini beradi.
🆔
AIFU Pitch Day hakaton formatida va “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilmoqda
.
👥
Kimlar uchun:
Startup egalari, dasturchilar, dizaynerlar, AI va texnologiyaga qiziqqan barcha yoshlar (16–40 yosh).
💡
Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
— $100 000 gacha
investitsiya jalb qilish;
— 15 000 000 so‘m
sovrin jamg‘armasi
(1, 2, 3-o‘rinlar, + maxsus nominatsiyalar);
— AIFU universitetida
o‘qish uchun
100% gacha grantlar;
— Top ekspertlar va kompaniyalar bilan
netvorking;
— Har bir ishtirokchi
uchun sertifikat.
📆
Muhim sanalar:
— 19-aprelgacha:
ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash (demo va loyiha topshirish)
— 26-aprel:
final bosqichi (AIFU universiteti, Toshkent)
⚡️
Mavjud va ishlab turgan loyihalar uchun —
investitsiya imkoniyatlari yanada kengroq.
❗️
Imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉
Ariza topshirish:
https://pitch-day.uz/
📞
Qo‘shimcha savollar uchun:
+998(78)5552121
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#kelajak_muhandislari
#tanlov
"Kelajak muhandislari" respublika ko'rik tanlovining
1-bosqich natijalarini E'LON QILAMIZ!
Joriy yilning 1-martidan 31-martiga qadar kelib tushgan arizalarni saralashning birinchi texnik ekspertiza bosqichi yakunlandi.
Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, jami
1 925 ta arizadan 1 308 tasi
ikkinchi -
Saralash
bosqichiga
o‘tkazildi.
Saralash bosqichi joriy yilning
aprel-may oylarida
o'tkaziladi. Ushbu bosqichda tegishli vazirlik, idoralar hamda tarmoq korxonalari vakillaridan iborat
Ishchi guruh
arizalarni ko'rib chiqadi hamda baholaydi.
Ishtirokchilar texnik ekspertiza bosqichi natijalarini
muhandis.edu.uz
platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.
Texnik ekspertiza bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilarga ruhiyatni tushirmasdan, tanlov nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqqan holda, loyihani takomillashtirib, keyingi yili yana o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishni tavsiya qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib borsangiz Saralash bosqichi tafsilotlari haqida xabar berib boramiz.
Batafsil:
muhandis.edu.uz
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
2-QISM
🔸
Kengash yigʻilishida
Toshkent davlat texnika universitetida ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilar
taqdirlandilar.
🔸
Shuningdek,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura
hamda
doktorantura bosqichi talabalari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalari hamda universitetda ta’sis etilgan “Atoqli olimlar” stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalarni taqdirlash ishlari
amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada o‘tkazilmoqda!
📢
Toshkent davlat texnika universiteti
tomonidan, Umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun “
Informatika va axborot texnologiyalari”
fanidan olimpiada tashkil etiladi. Olimpiada ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich online shaklda tumanlar aro bo’lib o’tadi. Ikkinchi bosqich ofline shakilda Toshkent davlat texnika universitetida bo’lib o’tadi.
📌
Olimpiadaning asosiy maqsadi
– iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlashdir.
❗️
Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish 26-aprelga
qadar
davom etadi.
RO‘YXATDAN O‘TISH
⬅️
🏆
1-, 2- va 3-o’rin gʻoliblar Toshkent davlat texnika universititega imtihonsiz va birinchi yilning kontrakt to’lovlarini qoplagan holda o’qishga qabul qilinadi.
✅
Olimpiadani o’tkazish bo’yicha vaqti, joyi va Nizomi haqidagi ma’lumotlarni tashkil qilingan guruhga doimiy ravishda berib boriladi.
Batafsil ma'lumot uchun guruhga havolasi.
@IqtidorliTalabalarTDTU