🇰🇷SOUTH KOREA NEWS
🇰🇷
KOREYS TILINI O‘RGANISHNI HOZIRDAN BOSHLANG!
🇰🇷
🔥
1-MAYDAN BOSHLAB — 50% CHEGIRMA!
🔥
Orzu qilgan koreys tilini endi ancha oson va qulay o‘rganishingiz mumkin!
👩🏫
Darslar 4 yillik tajribaga ega ustoz tomonidan olib boriladi
💻
Online va
📚
Offline formatda — o‘zingizga qulayini tanlang
📈
Noldan boshlab yuqori darajagacha mukammal tizim
💥
Joylar soni CHEKLANGAN!
Shoshiling — bu imkoniyat har doim ham bo‘lmaydi!
📩
Hoziroq yozing va chegirmali guruhga joyingizni band qiling!
Murojat uchun:
Ustoz:
@Shakhina_Umidjonovna_6
Bizning kanallarimiz
@korean_ssem_shaxina
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇰🇷
Koreys tilini o‘rganishni kechiktirmang!
– Bepul boshlang‘ich darslar
– Har kuni yangi mashqlar
– Real suhbatlarga tayyorlov
– TOPIK uchun maxsus kurslar
🔥
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👉🏻
Batafsil ma’lumot olish uchun bosing
👈🏻
🇰🇷
Koreys tiliga oid eng foydali kanallar to'plami!
Ushbu kanallardan siz:
• Eng tajribali ustozlardan jonli darslar
• TOPIK imtihoniga bepul tayyorgarlik
• Koreys tilida erkin gapirish uchun qo'llanmalar
• Tinglashni oshirish uchun koreys tilida dramalarni tomosha qilasiz.
⚠️
Bu post tez orada o‘chiriladi. Imkonni boy bermasdan, hoziroq qo‘shiling!
👉🏻
Qo'shilish uchun ustiga bosing
👈🏻
🇰🇷
🇺🇿
2026 QUIZ ON KOREA
Vanihoyat biz kutgan tanlov:) Koreya haqida bilimlarni tekshirib ko'rib, Koreyaga bepul sayohat qilish imkoniyati.
Kechagina shu tanlov haqida rasmiy ma'lumot chiqmadi deb yozgandim, bugun ma'lumot chiqib turibdi.
Balki rasmiylar meni kanalimni kuzatib borara nima deysiz?
😉
O'zbekistondagi Koreya elchixonasi va Toshkent Koreys tili markazi birgalikda 2026-yilgi "Quiz on Korea" tanlovining saralash bosqichiga arizalar qabul qilish boshlanganini e'lon qildi.
Kimlar uchun:
1) Universitetni bitirganlar va
2) Ayni vaqtda Koreys tili yo'nalishi yo'q universitetda o'qiyotgan O'zbekistonlik 4 nafar talaba(Mahalliy Koreys millatiga mansub Koryoinlar qatnasha olmaydi)
* Koreys tili filalogiyasi va Koreyashunoslik yo'nalishida (yoki shunaqa yo'nalishi bor universitetda) o'qiyotganlar va bitirganlar bu tanlvoda qatnasha olmaydi.
Tanlovda qatnashish uchun:
1) Tarjimai hol (자기소개 - erkin formatda, ism familya, tug'ilgan yil, kasb va telefon raqami bo'lishi kerak)
2) 4-daraja yoki bundan yuqori TOPIK sertifikati kerak bo'ladi.
Ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarni 28-Aprelgacha kdiana@mofa.go.kr emailiga yuborishingiz mumkin.
Saralash sanasi: 3-May kuni
Manzil: Universal Sport majmuasi
Manba: Koreya elchixonasi telegram kanali
Birinchi O'zbekistonda saralash bo'ladi, va saralash g'olibi sentyabr oyida Koreyada bo'ladigan finalda ishtirok etishi mumkin.(Barcha harajatlar qoplab beriladi)
Atigi 4 ta joy bor. Shunga munosib nomzodlar tanlansa qabul ertaroq tugashi mumkin!
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
@korean_ssem_shaxina
🇺🇿
Sejong maktabi notiqlik va insho tanlovi
Sejong maktabi o'quvchilari uchun tanlov e'lon qilinadi.
Tekinga Koreyaga borishni xohlaysizmi? Unda bu tanlov siz uchun!
Kimlar uchun: Sejong maktabi o'quvchilari va bitirganlar uchun.
Ro'yxatdan o'tish usuli:
30-Aprelgacha – telegram orqali
@JE_0602
profiliga yozib, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
Tanlov sanasi: 16-May, soat 14:00
Manzil: Toshkentdagi Ajou universiteti, C binosidagi konferensiyalar zali
Sovrinlar:
1) Yo'nalishlar bo'yicha eng yaxshilarni 2027-yili Koreya universitetida til kursida o'qish imkoniyatini berish;
2) G'oliblarni Koreyaga sayohatga yuborish
O'zbekistondagi final Iyul-Avgust oxirida Sejong maktabi tomonidan o'tkaziladi.
Saralab olinganlar 2026-yil Oktabr oyida Koreyaga safar qilishadi.
Notiqlik san'ati va insho yozish tanlovi mavzulari:
1. Mening hayotimdagi Koreys tili
2. Koreys tilini o'rganishim sababi.
Manba: Sejong 2 maktabi instagram kanali
UPD: Bu tanlov faqat Toshkentdagi Sejong 2 maktabi (Ajou universitetida joylashgan) da o'qiydiganlar uchun!
Barchaga omad tilayman!
@korean_ssem_shaxina
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇺🇿
🇰🇷
2026-yilgi Quiz on Korea boshlandi(mi?)
Bu yilgi Quiz on Korea saralash bosqichi boshlanibdi.
Rasmda Kanadadagi Koreya bosh konsulligi bergan e'londan olingan rasmdir.
Quiz on Koreani saralash bosqichida 20 dan oshiq davlat o'zida Quiz on Korea tanlovini o'tkazadi. Saralash g'oliblari Kuzni boshida Koreyaga borib, final bosqichida yagona g'olibni aniqlash uchun kurashadi.
Hozircha O'zbekistonda Quiz on Korea saralashi haqida rasman habar chiqmadi (Balki chiqqandir men topa olmadim)
Nima bo'lganda ham bu yilgi Quiz on Korea da O'zbekistonlik vakil qatnashib, yuqori o'rinni olishini tilab qolaman. O'tgan yilgi tanlovda afsuski O'zbekistonlik qatnashchi bo'lgan.
@korean_ssem_shaxina
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇺🇿
🇰🇷
3 daqiqalik video uchun 2,500,000 won
Siz Koreys tilini bilasizmi?
Unda sizda 3 daqiqalik video tayyorlab, 1-o'rin bo'lib 2,500,000 won(1 700$) yutib olishingiz mumkin!
Bu tanlov 2024-yildab beri o'tkazilib kelinmoqda. 2026-yilgi tanlov 3-si bo'ladi. Bu yili yangi yo'nalishlar ham qo'shilgan:)
Tanlovda qatnashish sharti:
Koreys tilini biladigan barcha chet elikklar tanlovda qatnashishlari mumkin.
Mavzular:
a) Erkin mavzu (Koreys tilida taqlid, kinodan parcha va boshqa xohlagan narsani video qilib olish mumkin)
b) Menga eng yoqadigan "K" (bunda "K" ga Koreys madaniyati, taomi, kiyimi, ko'rsatuvi, mashxur odam, Koreyani ochib beradigan hamma narsa kiradi)
mavzularidan birini tanlab 1 yoki 3 yarim daqiqalik (2 dan kam bo'lmagan va 3 yarim daqiqadan ko'p bo'lmagan) video olib, uni ijtimoiy tarmoq yoki Youtubega joylayshingiz kerak.
Bosh sovrin faqatgina 3 yarim daqiqalik videoga beriladi. 1 daqiqalik video uchun esa eng katta sovrin 500,000 wondir.
Bu yilgi yangi yo'nalish bu Koreys tilida tez aytishdir.
1) 내가 그린 기린 그림은 잘 그린 기린 그림이고, 네가 그린 기린 그림은 못 그린 기린 그림인데 잘 그린 내 기린 그림은 목이 긴 기린 그림이고, 못 그린 네 기린 그림은 목이 안 긴 기린 그림이다.
2) 안 촉촉한 초코칩 나라에 살던 안 촉촉한 초코칩이 촉촉한 초코칩 나라의 촉촉한 초코칩을 보고 촉촉한 초코칩이 되고 싶어서 촉촉한 초코칩 나라에 갔는데 촉촉한 초코칩 나라의 촉촉한 초코칩 문지기가 "넌 촉촉한 초코칩이 아니고 안 촉촉한 초코칩이니까 안 촉촉한 초코칩 나라에서 살아"라고해서 안 촉촉한 초코칩은 촉촉한 초코칩이 되는것을 포기하고 안 촉촉한 초코칩 나라로 돌아갔다.
Shu ikki tez aytishdan birini tanlab, video qilib olingan tez aytishni Youtubega qo'yib tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Tez aytish yo'nalishi bu qo'shimcha bo'ladi. Shunga uzun yoki qisqa video olib tanlovda ishtirok etganlar tez aytishda ham omadlarini sinab ko'rishlari mumkin
😊
Videoni ijtimoiy tarmoq yoki Youtube ga qo'yganda
#thekoreatimes
#koreanspeakingagent
bularni qo'yish esdan chiqmasin:)
Batafsil ma'lumot va onlayn ro'yxatdan o'tish uchun:
https://klsc.koreatimes.co.kr/KoreanSpeakingContest_2026kor.html
Ro'yxatdan o'tish sanasi:
7-Maygacha
P.s. Bu tanlovda hamma qatnashsa bo'ladi. Koreys tilini endi o'rganayotganlar ham qisqa video yo'nalishida qatnashib (bir nimalarni ko'rsatib berib, kamroq gapirib) o'z omadlarini sinab ko'rishlari mumkin. Hammaga omad!
@korean_ssem_shaxina
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
🇰🇷
2026-yilgi Ish yarmarkasi (Global talent fair)
Kimlar uchun: Koreya universitetlarida o'quvchi chet elliklar uchun
Yarmarka kunlari: 1-Iyundan 2-Iyungacha
Yarmarka joyi: Seul, COEX ko'rgazmalar markazi (B zal)
Yarmarka ishtirokchilari: Chet ellik talabalar va ko'plab Koreya kompaniyalari
Batafsil ma'lumot uchun:
https://jffds.kotra.or.kr/fairDash.do
Oldindan ro'yxatdan o'tish nega kerak?
Bu sizga kompaniyalar CV laringizni oldidan
ko'rib chiqishi va suhbat qilishga imkoniyat berishi uchun kerak.
P.s. Bunday yarmarkalar orqali ishga kirishda suhbatdan qanday o'tish va boshqa masalalarda o'zini qanday tutishni o'rganish mumkin.
#yarmarka
#koreya
#ish
@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI
@korean_ssem_shaxina
"Ustoz, speaking ni qayerda mashq qilsam bo'ladi?" degan savolizga javob topdim
Mana javob
⬇️
@topikup_bot
da yangi funksiya qo'shildi — random suhbatdosh bilan jonli koreyscha gaplashasiz. Mavzular tayyor beriladi: kundalik hayot, ish joyi, madaniyat, sog'liq va boshqalar.
Bundan tashqari TOPIK I, II, EPS-TOPIK mock testlari ham bor, siz uchun juda foydali
Kirib ko'ring, bepul:
➡️
Topik UP ni sinab ko’rish