Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jalaquduq tuman hokimligi Matbuot xizmati

Jalaquduqpress
●Jalaquduq tumani hokimligi Matbuot xizmati
Subscribers
3 050
24 hours
30 days
120
Post views
1 107
ER
30,92%
Posts (30d)
374
Characters in post
785
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 15, 14:37
Media unavailable
3
Show in Telegram

Navro'z bayrami munosabati bilan bayram yarmarkasi tashkil etildi
Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan Jalaquduq tumani zaminida yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari Andijon shahrida taqdim etilmoqda.
Jumladan, Andijon shahri Taraqqiyot mahallasidagi ko'p qavatli uylarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun arzonlashtirilgan bayram yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada Jalaquduq tumanida yetishtirilgan yangi va sifatli sabzavotlar, go'sht, sut va sut mahsulotlari hamda boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari aholiga bozor narxlariga nisbatan arzon narxlarda taklif etilmoqda.
Bu kabi yarmarkalar bayram arafasida aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta'minlashga xizmat qilmoqda.
🖌
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎

March 15, 14:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Ramazon_muborak
#
Iftorlik_dasturxoni
Jalaquduq tumani hokimi H.Latipov Eco park qurilishida iftorlik o‘tkazdi
Jalaquduq tumani hokimi H.Latipov, yangi barpo etilyotgan Eco park qurilishida mehnat qilayotgan xodimlar bilan birgalikda iftorlikni o‘tkazdi.
Tadbirda, barcha ishtirokchilar bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, muborak Ramazon oyining ruhidan bahramand bo‘lishdi.
🖌
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎

March 15, 13:07
Media unavailable
3
Show in Telegram

Jalaquduq tumanida aliment to‘lovlari masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Yurtboshimizning so‘ngi selektor yig‘ilishida bergan topshiriqlarini ijrosi yuzasidan, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman IIB hamda tuman MIB hamkorligida mahallalarda aliment to‘lovchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning daromadini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, burch va majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan fuqarolarning murojaat va savollariga mutasaddilar tomonidan amaldagi qonunchilik asosida tegishli tushuntirish va javoblar berildi.
🖌
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎

March 14, 11:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Startapingizni dunyoga tanitish vaqti keldi!
🚀
G‘oyangiz bor, lekin uni investorlarga qanday yetkazishni bilmayapsizmi? Biz bu masofani qisqartirdik.

🤵
Biz startaplar va investorlar o‘rtasidagi yangi raqamli ko‘prikni - maxsus platforma botini ishga tushirdik. Bu shunchaki ro‘yxatdan o‘tish joyi emas, bu sizning loyihangizni global bozorga olib chiquvchi darvozadir.
🤳
Nega aynan bu platforma?
🔹
Sun’iy Intellekt (AI) tahlili: Bot tarkibiga integratsiya qilingan AI tizimi loyihangiz ma’lumotlarini avtomatik tahlil qiladi va ularni sohalar bo‘yicha kategoriyalarga ajratadi.
🔹
Investorlar diqqat markazida: Siz kiritgan ma’lumotlar tizimlashtirilgan holda investorlar bazasiga taqdim etiladi.
🔹
Aniq yo‘naltirish: AI yordamida loyihangiz aynan unga mos keladigan sarmoyadorlar filtrlari ostiga tushadi.
🖋
Sizning vazifangiz - startapingiz haqida dunyoga e’lon qilish. Bizning vazifamiz - uni to‘g‘ri manzilga yetkazish.
Hoziroq arizangizni qoldiring va startapingizni tizimga kiriting:
➡️
@startupandijonbot
Imkoniyatni boy bermang, startapingiz o‘zi haqida gapirsin!

March 14, 08:19
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

YURT OBODLIGI – AVVALO MAHALLADAN BOSHLANADI
Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 13–14-mart kunlari umumxalq hashari deb e’lon qilingani munosabati bilan Jalaquduq tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“Yurt obodligi – avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida mahallalarda hududlarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llar va ariqlarni tartibga keltirish, atrof-muhitni yanada obod qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlarda tuman hokimligi mas’ullari, sektor rahbarlari, mahalla faollari, tashkilot va muassasalar vakillari hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida hududlarni obod etish, aholi yashash manzillarining fayzli va tartibli ko‘rinishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, tadbirlar jarayonida mahallalardagi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan ham xabar olinib, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalari e’tiborda bo‘lmoqda.
Qayd etilganidek, tuman hududlarida obodonlashtirish, tozalik va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi ezgu ishlar izchil davom ettiriladi.
🖌
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎

March 14, 06:55
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Umumxalq xayriya hashari – milliy qadriyatlarimiz gultoji
🗓️
13–14 mart kunlari Respublika miqyosida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida e’lon qilingan umumxalq xayriya hasharida Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
✔️
Muassasa hududida gulxonalar tartibga keltirilmoqda.
✔️
Daraxtlar shakl berilib, oqlanmoqda.
✔️
Yo‘laklar supirilmoqda va sidirilmoqda.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan poklik, tozalik va obodonlashtirish an’analari sifatli o‘tkazilib, Navro‘z bayramini kutib olish xalqimizning azaliy urf-odatlaridan biridir.

March 14, 06:52
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Tuman_tibbiyot_bo
'limi
🌿
“Hashar – elga yarashar”
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida Andijon viloyatida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
🇺🇿
Yurtboshimizning 2026-yil 6-martdagi “2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan hasharda aholi faol ishtirok etib, tuman tibbiyot bo‘limi hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar Navro‘z bayrami arafasida yurtimizda obodlik, hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

March 13, 16:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jalaquduq tumanida Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tadbiri o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Ramazon oyida yurtimiz hududlarida mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Jalaquduq tumanida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Oltin baliq” oilaviy maskanida iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Unda vazir o‘rinbosari Gulamov Shoxruh Xasanovich, tuman hokimi Hikmatillo Latipov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘. Nabiyevich, sektor rahbarlari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdi.
Shuningdek, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida mamlakatimizda inson qadri ulug‘lanib, aholi o‘rtasida mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.


March 13, 14:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
🌙
Jalaquduq tumanida Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tadbiri tashkil etildi
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, muborak Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimiz hududlarida mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Jalaquduq tumanida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Oltin baliq” oilaviy maskanida iftorlik dasturxoni yozildi.
Mazkur tadbirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vazir o‘rinbosari Gulamov Shoxruh Xasanovich tashrif buyurib, tuman hokimi Hikmatillo Latipov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘ktam Nabiyevich, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari, tumandagi ilg‘or tadbirkorlar, turli tashkilot va muassasalar vakillari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan birgalikda iftorlik dasturxonida ishtirok etdi.
Tadbir davomida Ramazon oyining insonlarni ezgulik, saxovat va bag‘rikenglikka chorlovchi ulug‘ fazilatlari haqida so‘z yuritildi, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ta’kidlab o‘tildi.
🖌
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎

March 13, 12:21
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
Jalaquduq tumanida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bugun Jalaquduq tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir yakunida hakamlar tomonidan g‘olib deb topilgan 5 nafar yoshlar viloyat bosqichiga yo‘llanmani hamda 2 million so‘mlik vaucherlarni qo‘lga kiritdi.
Qayd etildiki, mazkur tanlov yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va loyihalarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🖌
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎