Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

JavaHere's Blogs 🚀

JavaHereBlogs
Youtube: youtube.com/@JavaIsHere Linkedin: linkedin.com/in/javokhirakramjonov Bored? @javohirakramblog Contact: @javahere_admin
Subscribers
1 830
24 hours
10
30 days
120
Post views
3 630
ER
198,91%
Posts (30d)
6
Characters in post
773
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Technology and Apps
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
April 26, 13:12

Priority Queue (Heap)
Video uchun link
JavaHere

April 24, 10:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

25-aprel kuni
UzGeeks
hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan
“UzGeeks Conf 2026”
tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing.
Barchangizni kutamiz.
@UzGeeksCommunity

April 18, 19:57

Zo’r bo’p ketganda…
Odam puli ko’payib, mansabi oshganda, qilgan ishlaridan faxrlanib o’zim erishdim deydi.
To’g’ri harakat qilgan, ter to’kkan…
Lekin boshqa tomondan ham bir o’ylab ko’rish kerak.
Hamma hayotini yashashni bir xil sharoitda boshlamagan.
Sizni yoshligizda kompyuteriz bor bo’lgan bo’lsa, kimdirni yoshligi molni tagida o’tgan.
Yomonroq sharoitda boshlab, sizdek natija qila olmaganlarga past nazar bilan qaramang.
Alloh beradi, Alloh oladi.
Hammasi imtihon.
O’rniga, bizda yo’q sharoitlilarga qo’ldan kelgancha yordam berishimiz kerak.
Bilim ulashish, yo’l ko’rsatish, pul bilan ta’minlash …
Hamma yaxshi sharoitda yashashga haqli.
Boshqalarniyam hayotini yaxshilashga hissa qo’shing.
Hayotda ma’no topasiz, iz qoldirasiz, savob olasiz…
Omad!
Ps:
Men hali zo’r bo’p ketmadim deb o’ylamang, millionlab odamlardan yaxshi yashaybsiz, allaqachon kimdirlar uchun zo’rsiz.
Javohir Akram
18.04.2026
Polsha

April 09, 17:51

Uyga borasiz
🏡
Ishlar yurishmasa
Kimdir xafa qilsa
Hammasi barbod bo’lib ketsa
Qarzga kirib ketsangiz
….
Qayaqqa borasiz? Kimga dardingizni aytasiz?
Uyingizga borasiz, ota-onangizni oldiga borasiz.
(Albatta uy va ota-ona muammoni yechib bermasligi mumkin, Allohdan yordam so’raysiz)
Nega?
Yashash tekin, mehr to’la, ertalab birga nonushta, kechga esa kechki ovqat.
Yana nima kerak ?!
Men har doim oilam borligi uchun hech nimadan qo’rqmayman.
Nima bo’lsa bo’lsin, eng yomon xohlatda, hech nima o’xshamasa, shartta uyimga ketvoraman, degan fikr bor.
Hammasini boshqatdan va boshqachasiga boshlayman.
Oilangizni qadriga yeting. Uyingizni yaxshi ko’ring.
Nima bo’lgandayam sizni katta qilgan, o’ynatgan, boqqan uy shu.
Yangi narsalar (sayohatlar, bizneslar, ideyalar, …) sinab ko’rishdan esa qo’rqmang, judaa o’xshamasa uyga qaytasiz.
Boshidan boshlaysiz.
Qaytganingizda hech kim ustingizdan kulib kutib olmaydi.
Samalyotda uchish qanday ekan?
Boshqa davlat va shaharlar, uyerdagi odamlar bilan gaplashish zo’r bo’lsa kerak-a?
Biznes qilyabdi degandi, sen ham kuchayib ketding) Nima gaplar endi…

Deb havas bilan gaplashishadi.
Qiladigan ish, ko’radigan joy ko’p, birinchi qadamni qo’yish kerak.
Dunyo siz o’ylaganingizchalik xavfli emas.
Javohir Akram
09.04.2026
Ishxona, Polsha

April 04, 23:44

Shogird tayyor bo'lganda ustoz topiladi
(mi ?)
Shu gapni juda ko'p marta eshitganman, lekin hech tushunmasdim.
Shogird tayyor bo'lsa, ustozni nima keragi bor? - derdim.
Keyin ustoz topish haqida har xil videolar va ulardan parchalar ko'rdim.
Baribir tushunmadim...
*****
Odatda ustozlar (yaxshi, professional) aqlan va moddiy juda yaxshi holatda bo'lishadi.
Tashqaridan puli kamdek tuyilgani bilan, ular o'zlarida bori bilan qanday qilib baxtli va sokin yashashni bilishadi. Bekorga ustozmi?!
Ular uchun sizning guruhning bir qismi sifatida beradigan oylik 1mln so'm yoki 5mln so'm ularni boyroq qilib qo'ymaydi.
Sababi boy bo'lish qancha puli borligi bilan hisoblanmaydi.
Demak bir narsa oydinlashdi, zo'r ustozli bo'lish uchun ko'p pulli bo'lish shart (prioritet) emas.
*****
Bir qiziqib izlanib ko'ring.
Siz taniydigan eng zo'r ustoz (o'rganmoqchi bo'lgan sohangizdagi biror professional ustoz) ning yonidagi shogirdlari haqida izlanib ko'ring.
Ularda nimasi borki shunday yaxshi ustozi bor?
Ko'rasizki shu ustoz bergan vazifalarni hurmat qilib, qadrlab, mas'uliyat bilan bajarib keladigan kuchi bor.
Ustozi ham ularga ilm berganda, vazifa berganda maza qiladi.
Ularning o'sishini ko'rganda maza qiladi.
Bu mazani nafaqat 1mln yoki 5mln balki 50mln ga ham almashmaydi.
*****
Shunday ekan:
1. shunday ustozlar beradigan ilm va vazifalarga o'zingizni tayyor deb hisoblasangiz
2. bergan vazifalariga past nazar bilan qaramasdan, bir nimasi bo'lsa kerakki shunday vazifa berdi deb pozitivlik bilan qarasangiz
3. 1 oy, 2 oy emas imkon qadar ko'proq birga bo'lishni reja qilsangiz (oldin shogird, keyin sherik, keyin do'st, ...)
4. faqat vazifalarini qilibgina qolmay o'zini hurmat qilib, sha'nini himoya qilsangiz
Shu insonlar nega sizni tekinga shogirdlikka olib, kerak bo'lsa o'zining yonidan siz uchun pul sarflamasin?
*****
Zo'r ustozni tanlang.
Yoniga boring (borishga hecham imkoningiz yo'q bo'lsa [masalan siz O'zbekistonda, u kishi Amerikada, ...], xabar yozing).
Shogird tushmoqchiman, aytganlaringizni qilaman, manashu-manashu narsalarga tayyorman, maqsadim bunday.
Aynan sizga shogird tushmoqchiman, nega chunki ...(bu qismini o'zingiz o'ylab topishingiz kerak).
1. Pulingiz bor
Agar pullik bo'lsa to'lashga ham roziman.
2. Pulingiz bo'lmasa.
Mayli desangiz pulini sekin-sekinlik bilan manashuncha vaqtda uzsam.
desangiz.
Imkon qadar pul oraga aralashishini oldini oling. Biror muammosini yechib berish, takroran qiladigan ishlarini yengillatib berish va hokazolarni taklif qiling...
Juda-juda katta ehtimol bilan shu odam sizga ustoz bo'lishga rozi bo'ladi.
*****
Aytaylik rozi bo'lmadi.
Bu bo'ldi, hammasi tugadi degani emas.
Balkim yana nimadir xohlayotgandir. Shuni so'rang.
Sababini bilsam bo'ladimi? Shu qismlarini to'g'irlab kelaman deng.
Yoki shogird bo'la olishim uchun shartlaringizni aytsangiz albatta bajaraman deng.
Bu sizni shu ustozga rostdan ham shogird bo'lmoqchi ekanligingizni ko'rsatadi.
*****
Xullas nima demoqchi ekanligimni tushundingiz deb umid qilaman.
Shulardan kelib chiqsak asosiy ish shogirdda.
Ichida olovi bor.
Katta maqsadlari bor.
Juratli va shijoatli.
Shuning uchun ham shogird tayyor bo'lganda, ustoz topiladi deyilsa kerak.
*****
Endi navbat sizniki.
Siz hurmat qiladigan, shogird tushmoqchi bo'lgan odamni yoniga boringda, shogird bo'ling.
Ertaga o'lib qolsa, zo'r odam edi, ko'rishish orzuyim edi emas, ustozim yaxshi odam edi, ko'p narsa o'rgatgan edi deysiz.
*****
01:44 tun yarim
05.04.2026
Varshava, Polsha

April 03, 11:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 14, 21:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

Youtube'ga qaytamiz.
Nimalar haqida o'rganishni xohlaysiz?
• Algoritmlar
• Design Pattern'lar
• Java
• Go
Komment qoldiring, ko'rib chiqamiz.

February 16, 23:13

Ready to level up your dev skills?
📢
Google Summer of Code (GSoC) 2026 is looking for contributors! Work on projects like AI/ML, Cloud, or Robotics, get mentored by experts, and earn a stipend.
Important Dates:
February 19 (18:00 UTC):
Mentoring organizations are officially announced
March 16 – March 31 (18:00 UTC)
: Contributor application window
💡
Pro Tip: Don’t wait until March! The list of 2026 orgs drops on February 19, you should start reaching out to the orgs immediately after the 1800 UTC announcement to get a head start!
🔗
Learn more:
g.co/gsoc
🚀

February 13, 19:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

DSA Intro
kursimni masalalar to'plamini sizlar bilan bo'lishmoqchiman.
link:
https://leetcode.com/u/javokhirakramjonov/

January 14, 14:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

Doim tayyor turing Imkoniyatlarning kelish vaqti juda qiziq. Kelgan payti tayyor bo'lmaysiz, tayyor bo'lgan paytingiz esa kelmaydi. Davomiylik - bu kalit! (Consistency is the key!) Kod yozish intervyusi (Coding Interview) Men ishim bor payti ham, yo'q…