Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jizzax viloyati Sport boshqarmasi

Jizzaxsporti
Jizzax viloyati sport boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Admin: @Bek_4501 , @Norqoziyev92 ☎️ +99872 226-34-35 📧 jiz.srbb@exat.uz, jizzax@sport.uz 🏢 Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 64
Subscribers
1 590
24 hours
10
30 days
-20
Post views
382
ER
27,04%
Posts (30d)
95
Characters in post
801
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 15, 15:58
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

📍
Yangiobodda “Ayollar sport olimpiadasi” o‘tkazildi.
Yangiobod tumani Sarmich MFY hamda Xavotog‘ QFYda yashovchi xotin-qizlar o'rtasida sportning turli yo'nalishlari bo'yicha “Ayollar sport olimpiadasi” tashkil etildi.
🧾
Mazkur sport tadbiri xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga qaratildi. Musobaqalar davomida ishtirokchilar sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, yugurish yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
✔️
Bunday tashabbuslar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 15, 07:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
2⃣
4⃣
BESH TASHABBUS: "SOG'LOM TANDA - SIFATLI TIBBIYOT"

BIZNI KUZATIB BORING
👉
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
Instagram
JONLI EFIR
👉
🔴
TV
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
JONLI EFIR
👉
🔴
RADIO
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️

April 15, 04:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qayd etilgan jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan natijalar
.
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 14, 11:47
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

📍
Arnasoy tumanida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi uchun tuman bosqichi
musobaqalari o‘tkazildi.
🚑
“Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot”
shiori ostida Arnasoy tumanida Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi uchun tuman bosqichi
musobaqalari o‘tkazildi.
➡️
Musobaqada tibbiyot xodimlari sportning
voleybol, shaxmat-shashka
hamda
stol tennisi
turlaridan o‘zlarining nafaqat kasbiy mahorati, balki sportdagi epchilligi, chaqqonligi va strategik fikrlash qobiliyatlarini ham namoyon etishdi.

Yakuniy baxslardan so'ng g'oliblar estalik sovg'alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi.
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 14, 11:21
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

📍
Yangiobod tumanida “Besh tashabbus paralimpiadasi” o‘tkazildi
.
🤩
Jizzax viloyati Yangiobod tumanida jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘linmasi hamda Sport maktabi hamkorligida “Besh tashabbus paralimpiadasi” tashkil etildi.
➡️
Musobaqa ishtirokchilari turli sport yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etib, o‘zaro tajriba almashdilar hamda sport orqali yangi imkoniyatlarni kashf etdilar.
✔️
Bunday musobaqalar jamiyatda mehr-oqibat va birdamlik muhitini mustahkamlashga hamda imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiylashuvini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 14, 07:24
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

📍
Paxtakor tumanida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida
“Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot”
shiori ostida
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi uchun tuman bosqichi
musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi. Bellashuvlar mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilib, unda tumandagi barcha tibbiyot muassasalari vakillari faol ishtirok etdilar.
Musobaqada g'oliblar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, munosib ishtirok etgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 14, 07:06
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

Sport ta’lim muassasalari tibbiyot xodimlari, Karate WKF yo‘nalishi trenerlari hamda soha mutaxassislari uchun seminar-trening tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetining tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi assistentlari, Jizzax viloyati Sport boshqarmasi hamda Jizzax viloyati “Karate (WKF) federatsiyasi hamkorligida Viloyat yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi majlislar zalida mazmunli va amaliy ahamiyatga ega seminar-trening tashkil etildi.
🧾
M
azkur tadbir:
1️⃣
Sport jarohatlari, ularning tasnifi va biomexanikasi.
2⃣
Sportchilarda tizza jarohatlari uchun samarali reabilitatsiya dasturlari.
3️⃣
Sport shikastlanishlarining oldini olish va tiklanish jarayonlarini takomillashtirish tamoyillari mavzusiga bag‘ishlanib, ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham taqdim etildi.
➡️
Seminar davomida malakali mutaxassislar tomonidan sport jarohatlarining kelib chiqish sabablari, ularni erta aniqlash, zamonaviy diagnostika usullari, reabilitatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda sportchilarning jismoniy holatini tiklash bo‘yicha ilg‘or tajribalar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun mashg‘ulot jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, jarohatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
➡️
Tashkil etilgan seminar-treningda Jizzax viloyati Sport boshqarmasi tasarrufidagi barcha sport ta’lim muassasalari tibbiyot xodimlari, Karate WKF yo‘nalishi trenerlari hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha va asosli javoblar oldilar.
✔️
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bunday amaliy seminarlarni muntazam ravishda tashkil etish zarurligi ta’kidlanib, soha mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 14, 04:03
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam
📍
Jizzax viloyati Baxmal tumanida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy piyoda yurish marafoni tashkil etildi.
📑
Mazkur tadbirda tuman hokimligi hamda tashkilot va muassasalar xodimlari, yoshlar, nuroniylar hamda xotin-qizlardan qatnashchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab yurib, jamoatchilikka sog‘lom turmush tarzi, uning ahamiyati haqida targ‘ibot olib borildi.

Yurish marafonidan so'ng, tuman sport maktabida badantarbiya mashqlari bajarildi.
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 13, 15:22
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

G‘allaorolda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari davom
etmoqda
.
💬
Jizzax viloyati G‘allaorol tumani 4-sonli umumta'lim maktabida 7-17 yoshdagi o‘quvchilar o‘rtasida
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi”
sport sinovlari
belgilangan normativlar asosida tashkil etildi.
📑
Sinovlar davomida o‘quvchilar o‘zlarining tezlik, kuch, chaqqonlik, chidamlilik hamda harakatlarni muvofiqlashtirish kabi jismoniy sifatlarini amaliy mashqlar orqali namoyon etdilar.
⚫️
Har bir ishtirokchi belgilangan normativlarni bajarishda faol qatnashib, o‘z ustida ishlashga va yanada kuchli bo‘lishga intilayotganini ko‘rsatdi.
⚫️
Mazkur sport sinovlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga qiziqishni oshirish hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|

April 13, 04:56
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

#natija
Viloyatimiz velosportchilari tomonidan
Issyk-Kul Grand Prix
xalqaro musobaqasida yuqori natijani qayd etishdi.
📍
Qirg‘iziston Respublikasi, Issiqko‘l viloyatida sportning velosport turidan bo‘lib o‘tayotgan
Issyk-Kul Grand Prix
xalqaro musobaqasining yakkalik vaqt poygasida viloyatimiz velosportchilari a'lo natijalarni qayd etdi.
Jumladan:
🏆
Saparov Muxriddin — 2 ta oltin
🥇
🥇
va 1 ta bronza
🥉
;
🏆
Sattorova Gulhayo — 1 ta oltin
🥇
va 1 ta kumush
🥈
medallarini qo'lga kiritishdi.

Sportchilarimizning mehnati va matonati yana bir bor o‘z samarasini bermoqda!
🎆
Yorqin natijalar bilan sporchilarimizni tabriklaymiz va kelgusi startlarda ham omad tilaymiz!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram