Bilasanmi Walter, erkakning vazifasi nima? Erkak oilasini boqadi. Erkak ta'minlaydi. Va u buni qadrlanmasa ham, hurmat qilinmasa ham, hatto sevilmasa ham qilaveradi. U shunchaki chidab, qilishi kerak bo'lganini qiladi. Chunki u erkak!
Gustavo Fring (Breaking Bad)
Nega o’z go’zalligingizni o’zgalar ko’zidan qidirasiz?
Emma Bleker
Asosiysi yashash, asosiysi sevish, asosiysi ishonish!
Barcha bilimlarim va kitoblarimni qayerdadir bir ayol meni tushlikka kechikmay yetib kelishimni istashi uchun alishgan bo'lardim.
Turgenev
Kuz - u har doim amalga oshmagan orzular hidi bilan to'la.
Oleg Tishchenkov
Jamiyat boshqachalarni qabul qilmaydi, jamiyat o'zidek bo'lmaganlarni toptaydi, tepkilaydi, siqib yuboradi, yashatmaydi, yo o'zgarishiga majbur qiladi, o'zlaridek moslashishingga undaydi yoki umuman hayotingni barbod qiladi. To'xtama, kurash, tupur bu jamiyatga, bilgingki sen ulardek fikrlashga, kiyinishga, yashashga majbur emassan, o'z qarashlaringda qol doim. Qanchalik qiyin bo'lmasin odamlarning "sen haqingdagi fikrlari" seni aslo qiziqtirmasin! O'zgarma, o'zlaridagi kabi muhitga moslashtirishlariga yo'l qo'yma. Doim shundayligingcha qol. g'alatiroqligingdan, ustingdagi kiyimlardan, tashqi qiyofangdan uyalma. Jamiyatga kelsak u doim shunaqa bo'lgan, barchani qolipga solib, ahmoqlardek o'ynatgan. O'zgachalarni, ularga qarshi chiqqanlarni esa qabul qilolmaydi. Aslida esa o'sha jamiyat ortingdan tuhmat toshini otgan, nohaqliklar qiladigan, do'stlik nomi ostida fisqu fasodlarni qo'zg'ab yuradiganlardan iborat. Bunday jamiyatdan uzoq yur. Seni senligingcha qabul qiladiganlar yo'q emas.
Ertaga kalla joyiga kelsa, o’chirib yuboriladigan narsani yozmaganing ma’qul.
Almisoqdan qolgan xabarlaring menda hali xamon borligidan xabaring ham yo'q.
Do’zax bo’m-bo’sh
Hamma shaytonlar shu yerda yuribdi.
“Ibtidoiy odamlarga havasim keladi. Biz o‘zimizni aqlli, ziyoli sanaymiz. Ularni esa yarim yovvoyi deymiz. Lekin ular ota merosini talashishmagandir... Men ba’zan o‘sha zamonga qaytgim keladi.”