
Alibek ALIMOV | Cʜᴇᴍɪsᴛʀʏ🎓
Ustozlarning bu masalada faol chiqayotganiga sabab aniq: test natijalari va yozma ballar orasidagi keskin farq izohga muhtoj. Testdan juda yuqori ball olgan o‘quvchining yozmada juda past ko‘rsatkichga ega bo‘lishi mantiqan to‘g‘ri kelmaydi. Bu hol bir-ikki emas, ko‘plab o‘quvchilarda kuzatilgani esa shubhani yanada kuchaytiradi.
Halol mehnat qilayotgan o‘quvchilarni himoya qilish uchun ustozlar birlashib harakat qilmoqda. Bunday ustozlarga rahmat. Ammo bu adolatsizlikka sabab bo‘layotganlarga nisbatan “Alloh kifoya qilsin” deyishdan boshqa gap yo‘q.
Kimyodan Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha adolatli tekshiruv o‘tkazilishini so‘rab murojaat
Bilim va malakalarni baholash agentligiga
2025-yil 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan
kimyo fanidan Milliy sertifikat imtihoni
natijalari e’lon qilingach, natijalar Respublika bo‘ylab faoliyat yurituvchi ko‘plab kimyo o‘qituvchilari va repetitorlar orasida
keskin havotir
uyg‘otdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ayrim talabgorlarning natijalari
anomalliklar
bilan ajralib turadi. Jumladan,
test qismidan juda yuqori (90 ball atrofida)
natija qayd etilgan bo‘lsa-da,
yozma ish qismidan ancha past (40-50 ball)
ko‘rsatkich kuzatilgan.
Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki,
test bo‘limidan 90 ball atrofida natija olgan talabgor
, odatda,
yozma ishda ham yuqori natija
qayd etadi. Ushbu tafovut esa o‘qituvchilar jamoasi orasida
imtihon savollari oldindan tarqalgan yoki noqonuniy tarzda sotilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi shubhalarni
kuchaytirmoqda.
Bundan tashqari, 2025-yil 5-oktabr kuni
Namangan viloyatida matematika fanidan o‘tkazilgan Milliy sertifikat imtihoni natijalari bekor qilingani
, ya’ni test natijalari
normal statistik taqsimotdan keskin farq qilgani sababli
bekor etilgani haqidagi rasmiy e’lon ham kimyo fanidagi mazkur shubhalarning asossiz emasligidan dalolat berishi mumkin.
Shu sababli biz – O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yurituvchi kimyo fani o‘qituvchilari jamoasi – Bilim va malakalarni baholash agentligidan quyidagilarni talab qilamiz:
1️⃣
2025-yil 4-oktabr kuni o‘tkazilgan kimyo fanidan Milliy sertifikat imtihoni savollarining maxfiyligi, saqlanishi va tarqatilish jarayoni
yuzasidan
xizmat tekshiruvini o‘tkazish.
2️⃣
Test va yozma ish ballari o‘rtasida keskin tafovut
kuzatilgan natijalarni
tanlab qayta tahlil qilish.
3️⃣
Agar
savollar oldindan tarqalgan yoki noqonuniy tarzda foydalanilganlik
holatlari aniqlansa,
aybdor shaxslarni qonuniy javobgarlikka tortish
hamda bu haqda
jamoatchilikni rasmiy ravishda xabardor qilish.
Bizning maqsadimiz –
ayblov qo‘yish emas
, balki Milliy sertifikat tizimining
sha’ni, adolati va ishonchliligini saqlash
dir.
O‘qituvchilar jamoasi sifatida biz bu tizimda
faqat bilim, halollik va xolislik
ustuvor bo‘lishini istaymiz.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi kimyo fani o‘qituvchilari tashabbus guruhi
Dars manfaatli bo`lgan bo`lsa duolarizda meni ham eslab qo`ying.
Live stream finished (1 hour)