Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kings Of Python

KingsOfPy
🐍 Pythonda songi va tarqalmagan kodlar kanali: @KingsOfPy ⚙️ JavaScriptda so'ngi va tarqalmagan kodlar kanali: @Kings_of_Js 🗄️ DevOps uchun eng kerakli va foydali kanal @kingsofdevops Admin : @Mistrdev
Subscribers
1 080
24 hours
10
30 days
-20
Post views
409
ER
39,35%
Posts (30d)
10
Characters in post
960
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Technology and Apps
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
April 14, 09:35

Akalar Saud aka 1 tonna kitob berarkanlar. Kichkina kanalimiz uchun ham kopmas 20 30 ta kitobni bersalar ajabmas a)
Sharti:
https://www.youtube.com/watch?v=JF6jWkL4UFA
shu podcastni ko'rish kerak juda kerakli va foydali bo'lgan.

April 13, 13:22

FOMO - Fear Of Missing Out (Yoqotishdan, ulgurmay qolishdan qo'rquv)
Oxirgi paytlarda, har bir teshikdan, AI AI AI degan narsani eshitayapmiz. Hamma startup qurayapti, hamma mahsulot chiqarish harakatida, hamma AI ishlatib nimadirlar qilayapti, hamma yangi modellarni solishtirib, yangi funksiyalari haqida gapirayapti. Shunday paytlarda, shunchaki Claude ni kunlik ishlarimni osonlashtirishga ishlatayotgan menda FOMO boshlandi. Ya'ni nimadirdan quriq qolib ketayotgandekman, hammaga anavi yerda oltin bor deb ko'rsatishgan, hamma belkuragini ko'tarib ko'proq oltin kavlab olishga harakat qilayaptiyu, men bog'imda hardoimgidak bir xil ish qilayapman.
Sohani universitetda 4 yil o'qidik, minglab soatlarni muammolarni yechishni o'rganishga sarfladik, pullik kurslarga bordik, tadbirlardan qolmadik, uni aka, buni uka deb nimadirlarni o'rganishga harakat qildik. Keyin esa qish kunida boshimizga daraxtdan tushgan qordek, AI gursillab tushdi. Boshida ha endi bu goolge ni o'rniga ishlatar ekanmiz dedik, matnlarni yozib/tahrirlab berar ekan dedik, lekin kundalik hayotimizga qanday qilib singib kirib kelayotganini sezmay qoldik. Xursand bo'lishni o'rniga, bizni vahima bosa boshladi, ERTAGA NIMA BO'LADI?!
😰
"Nima bo'lsa bo'lar ertaga" deb men shu paytda qo'limdan kelgancha AI ni o'rganishga, foydalanishga harakat qilayapman, lekin baribir hammadan qolib ketayotgandekman. Qolib ketmasam ham, "True Developer" hissi yoqolib bormoqda, kod yozdiraman, uni o'qiy olaman, lekin o'zim yozmayapganimdan, o'zim qurmayapganimdan ba'zida yana siqilib qolaman. "Men shuncha vaqt sarflab o'rgangan bilimlarim nahotki endi kerak bo'lmay qolsa?" degan qo'rquv bo'ladi.
Sizlarda ham shunday hissiyot bo'layaptimi? Yo bu narsa faqat mendami?
Shu payt, o'zi ertangi kun biz uchun kafolatlanganmi degan savolni o'zimga o'zim bersam, ko'nglimga ozgina bo'lsa ham hotirjamlik kiradi. O'ng oyog'imizni bosganimizdan so'ng, chap oyog'imizni bosishimizga tan-u jonimizda kuch, jismimizda ruhimiz bo'ladimi yo'qmi? Ko'chaga nasibamizni terib chiqib ketgandan keyin uyga qaytishimiz kafolatlanmaganku, 5-10-15 yilni o'ylab nimaga siqilish kerak deb o'ylab o'zimga taskin beraman. Hamma o'zini rizqiga yarashasini oladi, hoh urush bo'lsin, hoh tinchlik. Shuning uchun menga o'xshab, ba'zida ulgurmay qolayotganidan siqilayotganlar bo'lsa, vahima qilmang, buni hech foydasi yo'q, tunda ko'zingizni yumib, ochishingiz aniqmasku, siz qayerdagi muammolarni o'ylab ich etingizni yeysiz. Undan ko'ra, yarim qadamni bo'lsa ham tog'ri yo'nalishda har kuni tashlang, bir joyda turganlardan ko'ra ancha ishingiz yaxshi bo'ladi, yugurayotganlarga e'tibor bermang, manzil bir, yo'llar boshqa, barchaga atalgani bor. Axborot shovqinini kamaytiring, ortiqcha yangiliklarga, vahimalarga quloq solmang, ularni chetga suring, bir yo'lni tanlab, e'tiboringizni o'shanga qarating, shunda ichki hotirjamlikka erishasiz, bu esa alg'ov dalg'ov zamonlarda o'zligingizni saqlab, sog'lig'ingizni asrash uchun yagona yechim.
Humoyun akadan olindi

April 08, 05:49

Dasturchilarga yoqmaydigan, o'sishni xohlovchilarga maqul keladigan yana bir post.
Claudedan foydalanishda shu 2 ishni prompt berayotganda ishlatsangiz muammoga kirmaysiz va tezroq, aniqroq javob olasiz.
1. Promptni miyangizdan chiqarib unga berib bo'lib so'rang "Nimadir savollaring bo'lsa aniq qilib ber javob beraman va davom etamiz" deb.
Shu usulda har bir savolga javob berib tagiga shu narsani yozib qo'yavering va sizga hamma savoln berib promptni o'zi uchun full qilib oladi
2. Nimadir qidirayotgan yoki o'rganayotgan bo'lsangiz doimo manbaa bilan olib kel deng.
Misol uchun: Facebook bilan muammo bormi undan yechim so'rash davomida muammoni Fb dokumentatsiyasidan olib kelishni so'rang.
Google for startups uchun arzia topshirmoqchimisiz aniq qanday qilinishini Google ning o'zini bloglaridan qidirishini ayting.
Bir loyihamizda yaqinda Facebook oauth muammo bo'ldi va 3 ta ai bizga bir xil xatoni qilishni aytdi. Qildik o'xshamadi.
O'xshamadiku desam endi adashgan ekanman bunaqa ekan deb boshqa javob beryapti.
Ai lar bo'yicha fikrlar bo'lsa izohlarda kutaman
From Linkedin

April 07, 11:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

kingsofpy.uz
sayti tayyor bo'lmoqda yaqin kunlarda dunyo yuzini ko'radi. Endilikda bloglarni nafaqat telegramda balki blog saytimizda ham o'qishingiz hamda kodlarni zip faylda saytda yoki to'g'ridan tog'ri githubdan ko'rishingiz mumkin )

April 07, 10:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Olimpiada darajasidagi dasturlash va matematika vazifalari bilan oʻzingizni sinab koʻring.
Eng kuchli ishtirokchilar Yandex'dan imkoniyatlarga ega boʻladi.
Yandex Coding and Math Contest endi Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta oliy o‘quv yurtlari talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT-mutaxassislari uchun ochiq.
Agar siz algoritmlar, matematika va zamonaviy dasturlash tillarida oʻzingizga ishonsangiz, 2026-yil 25-aprelgacha ariza topshiring.
CMC nima?
Yandex tomonidan yaratilgan va Yandex School of Data Analysis tomonidan qoʻllab-quvvatlangan dasturlash va matematika tanlovi. Bu oʻzingizni sinab koʻrish, kuchli ishtirokchilar bilan tanishish va ajralib turish imkoniyati.
Sizni nimalar kutmoqda:
• Ishtirok etish bepul
• Ikki bosqichda: hamma uchun onlayn, eng kuchli ishtirokchilar uchun oflayn final
• Har bir bosqichda 8–10 ta algoritmik va matematik vazifalar
• Tanlov tili: ingliz tili
Gʻoliblar Yandex ML School Uzbekistan'ga Fast track, Yandex Uzbekistan'da amaliyot uchun suhbat imkoniyati va Yandex'dan boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritadi.
Batafsil maʼlumot va
ariza topshirish
Yandex “Yandex Coding and Math Contest” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi.
Reklama kontenti

April 06, 18:04

Ko‘p odamlar pessimist(hamma narsaga salbiy tomondan qaraydigan inson) bo‘lishni yomon sifat deb o‘ylashadi. Lekin dasturlash dunyosida biroz pessimist bo‘lish — aslida kuchli sifat.
Yaxshi dasturchi doim o’ziga shu savollarni beradi: “Nima xato ketishi mumkin? Foydalanuvchilar soni oshib ketsa nima bo’ladi? So’rovlar soniyasiga nisbatan juda ko’p bo’lsa tizim axvoli nima bo’ladi?”
Masalan:
1. Foydalanuvchi formaga noto‘g‘ri ma’lumot kiritsa nima bo‘ladi?
Agar bu oldindan o‘ylanmasa, tizim xato beradi yoki hatto ishlamay qolishi mumkin. Shuning uchun yaxshi dasturchi validatsiya yozadi.
2. Server vaqtincha ishlamay qolsa nima bo‘ladi?
Oddiy tizim to‘xtab qoladi. Yaxshi dasturchi esa retry, queue yoki fallback mexanizmlarini qo‘shadi.
3. Kimdir tizimni buzishga harakat qilsa nima bo‘ladi?
SQL Injection, XSS yoki boshqa hujumlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yaxshi dasturchi xavfsizlikni boshidan o‘ylaydi.
4. API javob bermasa nima bo‘ladi?
Agar bu holat hisobga olinmasa, butun frontend ishlamay qoladi. Yaxshi dasturchi esa error handling yozadi.
Shuning uchun yaxshi dasturchi shunday fikrlaydi:
Oddiy fikrlash:
“Bu kod ishlaydi.”
Dasturchining fikrlashi:
“Bu kod qayerda buzilishi mumkin? Qaysi xatoliklar serverni “oqizib” qo’yishi mumkin?”
Bu pessimizm emas.
Bu — professional ehtiyotkorlik.
Ko‘pincha eng barqaror tizimlar aynan shunday fikrlashdan tug‘iladi.
Ustozlarimizdan eshitgan gapimiz bor: “ Dasturlash olamiga endi kirgan va tajribasi yuqori bo’lgan dasturchining asosiy farqi, yangi dasturchi uchun kod hozir ishlagani uning yutug’i, tajribali dasturchi esa loyiha boshlamasidan oldin loyihani kelajalda bo’ladigan xatolariga oldindan yechim berib ketish ko’nikmasi yangi dasturchi bilan farqlab turadi” degan gapni aytib o’tgan edilar.

April 06, 13:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

😐
Shu kodni rosa qidrigandim. Hatto ChatGPT ham Gemini ham tuzib bera olmagan edi. (Balki faqat menga). Keyin stackoverflowdan topgandim.
⭐️
Belgilangan foydalanuvchiga oddiy giftlarni yuboruvchi kod
🎁
🖥
Yuqorida tashlangan QR kodli kirish ham qo'shilgan.
🗿
Ko'ngilli topilmagani uchun shaxsan o'zim tekshirdim.
Ishlatish uchun namuna. Saved messagesga:
/send_gift
@DurbekX
GIFT_ID TABRIK_XABAR -a
TABRIK_XABAR va -a ixtiyoriy.
-a ni oxiriga qo'shish orqali anonim yuborishingiz mumkin. Agar qo'ymasangiz kim tomondan borgani ko'rinadi.

Giftlar ID si:
💎
:
5170521118301225164
🎁
:
5935895822435615975
🎁
:
5893356958802511476
🧸
:
5866352046986232958
🎁
:
5801108895304779062
🎁
:
5800655655995968830
🎁
:
5956217000635139069
🎄
:
5922558454332916696
🧸
:
5170233102089322756
💐
:
5170314324215857265
🎂
:
5170144170496491616
🚀
:
5170564780938756245
🌹
:
5168103777563050263
💝
:
5170145012310081615
🎁
:
5170250947678437525

April 04, 11:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

📲
Kanaldagi postga reaksiyalarni ro'yxatini chiqarib beruvchi kod.

Premium (custom) emojini ID sini beradi. Oddiylarni emoji qilib chiqaradi.
By: AI

April 02, 09:12

⚡️
Claude Code internetga chiqib ketdi
Endi uni
lokal muhitda, bepul
ishga tushirish mumkinligi haqida ma'lumot berilmoqda.
Qanday ishlaydi:

Ollama
platformasi orqali amalga oshiriladi
— Fayllarni o'qish va tahrirlash imkoniyatiga ega
— Bash komandalari bajariladi
— Kod bo'yicha qidiruv amalga oshiriladi
— API so'rovlarini yuboradi
Qo'shimcha imkoniyatlar:
• MCP serverlardan foydalaniladi
• Kompyuter ko'rish (Computer vision) funksiyasi mavjud
• Sessiya xotirasi to'g'ri ishlaydi
• /commit, /review, /diff kabi maxsus komandalar mavjud
Aslida bu — to'liq
AI dasturchi yordamchisi
hisoblanadi.
Lekin e'tiborli bo'ling:
Bu hali rasmiy chiqarilish emas, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan foydalaning.
🛡
🤖

March 31, 13:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

🖥
Oddiy userbot kodi. Hech qanday vazifasi yo'q. Shunchaki ichida hisobga kirishda 2 xil tanlov bor. Nomer orqali va QR kod orqali. QR kod orqali tanlsan QR kod turgan papkaga rasmi saqlanadi va terminalda ham chiqadi. Muddati o'tib ketsa yangi QR kod beradi.
AI yordamida tuzildi va testdan o'tkazildi.
Dev:
@DurbekFZ