Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Korean with 지훈

Korean_with_Jihoon
🗝️ 𝗧𝗶𝗹 — 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗾𝗮 𝗱𝘂𝗻𝘆𝗼𝗴𝗮 𝗸𝗮𝗹𝗶𝘁 🇰🇷 University of Seoul talabasi • Koreys tilida 4 yillik tajriba • TOPIK | SKA: 6 daraja • Til o‘rganish, Koreyada hayot va rivojlanish bo‘yicha postlar
Subscribers
1 280
24 hours
30 days
-20
Post views
810
ER
0,64%
Posts (30d)
3
Characters in post
491
November 25, 02:45

안녕하세요 :)
O’zbekostonda tong otib, Koreyada uje obed..
Bugundan qish alomatlari sezilvotti
🫠
havo birdan sovib, yomg’ir yog’di

November 25, 02:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

November 24, 04:41
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Ancha vaqt tinchib qolgandim, lekin bugundan boshlab koreys tilini yana o’rgatishda davom etaman.
☺️
🙋🏻
O’zimni qayta tanishtirib olsam:
Asl ismim - Abdulahad (chiroyli-a?)
Koreyslar va chet ellik o’rtoqlarim - 지훈 (Jihun) deb chaqirishadi.
University of Seoul
da grant asosida o’qiyman. 4 yildan beri koreys tilini o’rganib, o’rgatib kelaman. introvertman, qachonki manga komfort zona yaratib olgunimgacha :) Fantastik yoki qo’rqinchili kino / multiklar ko’rishni yaxshi ko’raman.
😅
🌟
Hozirgacha TOPIK 6 darajani 4 marta va SKA 6 darajani 3 marta olganman ;)
🍀
bu kanalda
-> koreys tili, Koreya hayoti, til o’rganish va shaxsiy rivojlanish bo’yicha foydali va kerakli mavzular bo’ladi.
Xo’sh, siz kimsiz? tanishib
olamizmi
👇

May 10, 05:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

#초급_문법
6⃣
. -고 싶어 하다 grammatikasi
동사/형용사 + 고 싶어 하다
Ushbu -고 싶어 하다 qo'shimchasi fe'l negiziga qo'shilib, III-shaxsdagi eganing xohishini ifodalaydi.
----->

▫️
어머니는 한국에 가고 싶어 하십니다.
Onam koreyaga borishni xohlaydi.






7⃣
. -고 있다 grammatikasi
동사/형용사 + 고 있다
-고 있다 qo'shimchasi fe'l negiziga qo'shilib hozirgi zamon davom fe'lini ifodalaydi. 계시다 (bor bo'lmoq), 있다ning hurmat ko'rinishi bo'lib, o'zidan katta bo'lgan kishini hurmat qilishda ishlatilinadi.
------> 예
▫️
나는 집에 가고 있습니다.
Men uyga ketyapman.
▫️
어머니께서는 청소하고 계십니다.
Onam tozalayaptilar.
@Korean_with_Jihoon
|
🇰🇷

May 10, 01:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

🌸
체리블라썸과 함께, 한국에서 좋은 아침입니다 ~~
@Korean_with_Jihoon
|
🇰🇷

May 09, 12:16

Koreyaga survorish uchun qanaqa vizalar mavjudligini bilasizmi?
• Quyidagi fileda batafsil)
@Korean_with_Jihoon
|
🇰🇷

April 22, 03:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#토픽_어휘

세심하다
– nihoyatda ehtiyotkor bo‘lmoq

간절하다
– chin dildan, yurakdan istamoq

무심코
– bexosdan, bilmay, o‘ylamay turib

번거롭다
– murakkab, ovoragarich

비유적
– majoziy, timsolli

추구하다
– intilmoq, orqasidan quvmoq (maqsadga)

지향하다
– yo‘nalmoq, e’tibor qaratmoq

감지하다
– sezmoq, ilg‘amoq (ko‘zga ko‘rinmaydigan narsani)

기울이다
– (e’tibor, quloq) qaratmoq

고집하다
– o‘z so‘zida turmoq, qaysarlik qilmoq

낯설다
– notanish, begona

양보하다
– yo‘l bermoq, ustunlikni topshirmoq

파악하다
– tushunib yetmoq, anglab yetmoq

분해하다
– qismlarga ajratmoq, parchalamoq

무뎌지다
– o‘tkirligini yo‘qotmoq, zaiflashmoq (hissiyot, pichoq va h.k.)

저해하다
– to‘siq bo‘lmoq, halal bermoq

기여하다
– hissa qo‘shmoq

혼란스럽다
– chalg‘ituvchi, tartibsiz, boshqotirma

역설적
– zid, paradoksal

재조명하다
– qayta ko‘rib chiqmoq, qaytadan yoritmoq (masalani, mavzuni)
@Korean_with_Jihoon
|
🇰🇷

April 22, 02:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

이 사람들은 무엇을 하고 있습니까?

April 12, 16:00

📚
🇰🇷
Topik imtihoniga kirish oldidan foydali maslahatlar
1. Anketangizni unutib qoldirmang. Usiz imtihonga kira olmaysiz
2. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni unutmang: passport, ID karta, metrka, zagran passport
3. Imtihon boshlanishidan oldinroq yetib boring. Kech qolsangiz imtihonga kiritilmaysiz. Ertaroq borsangiz, joyga moslashib, hayajon hissi kamayadi
4. 수정데이프 yani shtrix (zamaska) aynan lentalisini o’zingiz bilan olib boring. Albatta 감독 lardan so’rasangiz ham berishadi, ammo ular har bir imtihon topshiruvchiga yetkazguncha ham vaqt ketadi. Imtihonda har bir daqiqangizdan unumli foydalanishingiz kerak)
5. Telefoningizni yig’ib olayotganda albatta topshirishingiz shart. Sumkangizga solib, yoki biror yo’l bilan topshirmasangiz, bilib qolishsa imtihon buzuvchi qatoriga kiritilasiz va imtihondan chetlatilinishingiz mumkin.
6. 듣기 qismida javob belgilayotganingizda 답인지 ga belgilab boring. Imtihondan so’ng javoblarni ko’chirishingiz uchun alohida vaqt berilmaydi.
7. Yozish (쓰기) qismida gramatik va imloviy xatolar qilmaslikka harakat qiling. Zamaskadan foydalanib to’g’irlasangiz bo’ladi albatta, lekin zamaska bilan imtihon varog’ini to’ldirsangiz ballingiz tushish ehtimoli bor.
8. Imtihon varaqasiga imtihon raqamingizni aniq yozing. Xatolikka yo’l qo’ysangiz, imtihon javobingiz tekshirilmaydi.
9. Imtihon varaqalaringizga zarar yetkazmang. Imtihon varaqasini kompyuter tekshirgani bois, chetlariga zarar yetkazsangiz o’qiy olmasligi mumkin.
10. Imtihondan oldingi kunda ertaroq uhlang. Miyangiz tiniq ishlashi uchun uyqu juda muhim.
11. Imtihon kuni ertalab yengil, sog’lom nonushta qiling. Hech qachon imtihonga och bormang. Och qoringa fikr jamlash qiyin bo’ladi.
📌
MUHIM
12. So’nggi daqiqada ko’p ma’lumot o’rganishga urinmang. Miyangizga dam bering. Bor bilimingizga ishoning. Xotirjam bo’ling. Xotirjamlik - muvaffaqiyat kaliti.
@Korean_with_Jihoon
|
🇰🇷

April 12, 15:59
Media unavailable
4
Show in Telegram

📚
🇰🇷
Topik imtihoniga kirish oldidan foydali maslahatlar
@Korean_with_Jihoon