Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘qituvchilar | Kreativ Pedagog

Kreativ_pedagog
📌 Kreativ pedagog — Kreativ o‘qituvchilar kanali 📲 Reklama uchun: @Edumedia_reklama 🔹 Kursga yozilish: @Krepeduz_admin
Subscribers
45 500
24 hours
100
30 days
-2 700
Post views
5 608
ER
13,14%
Posts (30d)
17
Characters in post
1 501
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 26, 13:29
Media unavailable
1
Show in Telegram



RAQAMLAR HAQIDA SHE'RLAR
0️⃣
Diqqat mening nomim nol,
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
1️⃣
Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
2️⃣
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !
3️⃣
Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
4️⃣
Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !
5️⃣
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.
6️⃣
Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq
7️⃣
Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq.
8️⃣
Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
9️⃣
Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.
🚀
Boshlang'ich hamkasblarga yuborib qo'ying
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 25, 06:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining milliy sertifikat imtihonlari natijalari qayta hisoblanadi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 652-son “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash va ularga milliy sertifikat berish bo‘yicha
2026-yil 25–27-fevral hamda 3–4-mart kunlari o‘tkazilgan test sinovlari
natijalari e’lon qilingan edi.
Sport vazirligining mazkur imtihonning ikkinchi bosqichi — amaliy (ijodiy) sinov natijalarini qayta hisoblash yuzasidan yuborgan rasmiy murojaatiga asosan imtihon natijalari
qayta hisoblandi.
🆔
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari hamda sertifikatni elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan ballari asosida quyidagi darajalar bo‘yicha sertifikatlar taqdim etiladi:
🔹
70 balldan yuqori — A+ daraja;
🔹
65–69,9 ball — A daraja;
🔹
60–64,9 ball — B+ daraja;
🔹
55–59,9 ball — B daraja;
🔹
50–54,9 ball — C+ daraja;
🔹
46–49,9 ball — C daraja.
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 24, 15:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram



9-sinf bitiruvchilarini fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishiga qarab saralab olinadi
Bunda, oliygohlarga kirish istagida bo‘lmagan yoshlar texnikumlarga yuboriladi. Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab beriladi
🇩🇪
🇨🇭
🇬🇧
🇨🇳
🇰🇷
Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar sonini 100 taga yetkaziladi.
👾
2026-yildan boshlab texnikumlarda "dual ta’lim" asosida ta’lim olayotgan
100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi
🚀
Shuningdek, "a’lo" baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan farzandlarimizga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi
➡️
Hamkasb va yaqinlarga yuborib qo'ying
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 21, 15:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

#imtihon2026
⭕️
⭕️
⭕️
SERTIFIKATI BOR OʻQUVCHILARGA YAKUNIY IMTIHONLARDA QOʻSHIMCHA IMTIYOZ BELGILASH TARTIBI TASDIQLANDI
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 138 -sonli buyrugʻi bilan sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilarga
yakuniy imtihonlarda qoʻshimcha imtiyoz belgilash tartibi
tasdiqlandi.
Unga ko'ra:

Sertifikatlar roʻyxatida keltirilgan (
minimal darajadagi)
milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan
oʻquvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan
ozod etiladi.

Oʻquvchilar tomonidan olingan xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni yuklash, haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlash bilan bogʻliq zaruriy amallarni bajarish yuzasidan “
erp.maktab.uz
” elektron platformasida qoʻshimcha funksiyalar
ishga tushiriladi.

Maktablarda belgilangan
masʼul xodim
tomonidan sertifikatlarga ega boʻlgan
oʻquvchilar roʻyxati shakllantirilib
boriladi. Bunda, roʻyxat shakllantirish uchun sertifikatning elektron nusxasi olinib,
asl nusxasi egasiga
qaytariladi.
♾️
IMTIHON BILETLARI YUKLAB OLISH
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 19, 15:01
Media unavailable
2
2
Show in Telegram


Direktor jamgʻarmasi ustamasi baholash mezonlari
Umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar
yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha
belgilanadi
.
Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga
quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

Umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
* oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi;
** faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
MMTV tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan fan olimpiadalari va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlar inobatga olinadi;
*** faqat boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
umumtaʼlim muassasasi miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar umumtaʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻtkazilishi hamda oʻzining tasdiqlangan Nizomi va oʻtkazish tartibiga ega boʻlishi talab etiladi;
**** oliy taʼlim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3-yilgacha hamda pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha maksimal ball beriladi.
* oʻqituvchi tadbir oʻtkazishdan oldin tadbirning mazmun mohiyatini va oʻtkazish tartibini bayon qilgan holda taʼlim muassasasi direktorini yozma ravishda ogohlantirishi, tadbir oʻtkazilgandan soʻng tadbirdan olingan rasmlarni ilova qilgan holda maʼlumotnoma tayyorlab tegishliligi boʻyicha direktor oʻrinbosariga tasdiqlatishi talab etiladi;
oʻqituvchi loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazishdan oldin loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlarning mazmun mohiyatini va oʻtkazish tartibini bayon qilgan holda taʼlim muassasasi direktorini yozma ravishda ogohlantirishi, qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish uchun mashgʻulot rejasini va mashgʻulot oʻtish jadvalini tuzishi va tegishliligi boʻyicha direktor oʻrinbosariga tasdiqlatishi talab etiladi.
📌
@Moliyashunosbot
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 18, 15:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram



3 yoshdan boshlab bolalar miyasini qanday rivojlantirish mumkin...
🧠
Bola 3 yoshdan boshlab juda tez o‘sadi va miyasi kuchli rivojlanadi. Shu davrda to‘g‘ri sharoit yaratish juda muhim!
🧩
Aqliy rivojlanish uchun:
✔️
Konstruktor, lego – tafakkurni oshiradi;
✔️
Ertak va she’rlar – eshitish va xotirani kuchaytiradi;
✔️
Savol-javoblar – bolada qiziqish uyg‘otadi;
✔️
Rasm chizish, bo‘yash – ijodkorlikni rivojlantiradi.
🏃‍♂️
Harakatlar orqali:
✔️
Koptok o‘ynash, sakrash, yugurish – miya va tanani uyg‘otadi;
✔️
Plastilin, loy, qog‘oz ishlari – qo‘l mushaklari va nutqni rivojlantiradi.
🍏
Miyaga foydali mahsulotlar:
- Tuxum – xotira uchun foydali;
- Baliq – omega-3 yog‘lari manbai;
- Yong‘oqlar – kuch va energiya;
- Meva-sabzavotlar – tabiiy vitaminlar;
- Sut mahsulotlari – kaltsiy va oqsil;
- Don mahsulotlari – energiya beradi.
⚠️
Shakar va gazli ichimliklardan ehtiyot bo‘ling!
Uddaburon_ummatcha
🚀
Barcha ustozlar va ota-onalarga yuborib qo'ying

@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 17, 12:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

‼️
Maktab bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari tizimi joriy etiladi
O‘quvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Farmoni loyihasi
ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, respublikada maktab bitiruv imtihonlari va oliy ta’limga kirish sinovlarini birlashtiruvchi
Yagona davlat imtihonlari
tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

9-sinf bitiruvchilari
uchun bitiruv hamda
professional ta’limga qabul
imtihonlarini o‘z ichiga olgan
asosiy davlat imtihonlari
joriy etilib, uning tarkibi
2 ta majburiy fan
(ona tili va matematika) hamda
2 ta tanlov fanidan
iborat bo‘ladi.

11-sinf bitiruvchilari
uchun esa bitiruv hamda
OTM yoki professional ta’limga
qabul
imtihonlarini o‘z ichiga oluvchi
yagona davlat imtihonlari
yo‘lga qo‘yiladi va unda o‘quvchilar
2 ta majburiy fan
(ona tili va matematika) hamda bakalavriat yo‘nalishiga mos
2 ta tanlov fanidan
sinov topshiradilar.
Tizimning asosiy muddatlari va tartibiga ko‘ra, imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tish
har yili 1-yanvardan 31-martga qadar
davom etadi. Mazkur jarayonlar
2026-2027-o‘quv yilida
Navoiy, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda
tajriba-sinovdan
o‘tkazilib,
2027-2028-o‘quv yili yakunidan
boshlab butun respublika bo‘ylab
to‘liq amaliyotga
kiritilishi belgilanmoqda.
Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar tegishli fandan
imtihondan ozod etiladi
va maksimal ball beriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtihon topshirish uchun
50 foiz qo‘shimcha vaqt
va alohida sharoitlar (surdotarjimon, Brayl alifbosi va hk.) taqdim etiladi. Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun
bepul onlayn diagnostik testlar
tashkil etiladi.
✍️
Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni
regulation.gov.uz
sayti
orqali qoldiring.
✔️
@Kreativ_pedagog
- Kreativ ustozlar kanali

April 14, 05:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Attestatsiya
#Ustama
‼️
Attestatsiyada yiqqan balingiz sizga toifadan tashqari bir necha ustamaga da'vogarlik qilish huquqini beradi
Imtihon natijangizga ko'ra, toifa olishdan tashqari siz 70 foizlik ustama, vazir jamg'armasi 1-bosqich saralash va yil o'qituvchisi tanlovlariga nomzod bo'lishingiz mumkin.
👉
70 foizlik ustamaga
- 86 va undan yuqori ball natija qayd etgan, birinchi va oliy toifaga topshirgan pedagoglar, 70 foizlik ustamani qo'lga kiritishi mumkin.
👉
Vazir ustamasiga
- Attestatsiya imtihoni 1-bosqichdan eng kamida 80 foiz (64 ball) natija qayd etgan talabgorlar nomzod bo'la oladilar.
👉
Yil o'qituvchisiga
- Attestatsiya imtihoni har bir tuman (shahar)dagi eng yuqori ball to'plagan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga o'tadi. (Amaldagi toifasi birinchi va oliy bo'lishi talab etiladi)
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 11, 05:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#motivatsiya
🔥
ATTESTATSIYAGA TAYYORLANYAPMAN
Toifa olish uchun,
O‘rnimda qolish uchun,
Tinim bilmay tun-u, kun,
Testga tayyorlanyapman.
O‘qiyman erta turib,
Goh o‘tirib,goh yurib,
Hammasin chetga surib,
Testga tayyorlanyapman.
Bilsang sabrdan po‘stim,
Ilm deb undim,o‘sdim,
Gapga bormayman do‘stim,
Testga tayyorlanyapman.
Intilib baxt omadga,
Yetay deb saodatga,
Qolmay deb malomatga,
Testga tayyorlanyapman.
Yorug‘ bo‘lsinda yuzim,
O‘tkir bo‘lsin gap so‘zim,
Ovqatga qara qizim,
Testga tayyorlanyapman.
Gohi shaxdam,goh tolib,
Gohi shodon,goh nolib,
Yakshanbada yotvolib,
Testga tayyorlanyapman.
Ulguryapman zo‘r,arang,
Qilmang asabni tarang,
Xonim mollarga qarang,
Testga tayyorlanyapman.
Tanaffusga chopaman,
Telefonni yoqaman,
Test yechaman yana man,
Testga tayyorlanyapman.
Oliylar qilsin nasib,
Qayda bor tayyor hasip,
Omad sizga hamkasb,
Testga tayyorlanyapman.
✍️
Muallif: Xurshid Karim
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 09, 17:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#ai
#kreativ


2026-yilda o‘qituvchilar uchun ta’limni yaxshilashga qaratilgan 12 ta sun’iy intellekt
Sun’iy intellekt texnologiyasidan to‘g‘ri foydalanish sizning pedagogik uslubingizni tubdan o‘zgartirishi va talabalar tajribasini yanada boyitishi mumkin.
O‘qituvchilar uchun 12 ta sun’iy intellekt vositalari
1️⃣
MagicSchool AI —
bu platforma bir nechta sun’iy intellekt vositalarini bitta joyda jamlab beradi: dars rejasi tuzish, baholash me’yorlari generatsiyasi, turli darajadagi talabalar uchun moslashtirilgan materiallar, shuningdek darslarni interaktiv o‘tkazish uchun g‘oyalar.
2️⃣
Undetectable AI —
o‘qituvchilar uchun muhim vosita. U nafaqat AI tomonidan yaratilgan matnni aniqlay oladi, balki kerak bo‘lganda uni tabiiy, o‘qilishi qulay shaklga qayta yozadi. Bu talabalar ishlaridagi plagiat yoki AI yordamida tayyorlangan matnlarni aniqlash va oldini olishda foydali bo‘ladi.
3️⃣
Otter.ai
(
Otter.ai
/ OtterPilot) —
masofaviy darslar, uchrashuvlar yoki onlayn seminarlar paytida avtomatik ravishda suhbat matni, ta’riflar, slaydlar yozuvini tayyorlaydi. Shuningdek, keyingi uchrashuvlar uchun muhim eslatmalarni beradi.
4️⃣
Canva Classroom Magic —
vizual materiallar, slaydlar, infografika, animatsiyalar yaratishda qulay. Bu vosita yordamida darslarni yanada qiziqarli va tushunarli qilishingiz mumkin.
5️⃣
Grammarly
— imlo, uslub, grammatika va matn aniq-ravonligini tekshirishda foydali. Bundan tashqari, AI asosida tavsiyalar beradi, iqtiboslar va formatlashda yordam beradi — bu referat, esse, tadqiqot ishlari tayyorlayotganda ayniqsa foydali.
6️⃣
SlidesAI.io
— dars yoki prezentatsiyalar uchun slaydlar tayyorlashni soddalashtiradi: matn yoki mavzuni kiritsangiz yetarli — slaydlar tezda generatsiya qilinadi.
7️⃣
Quizizz
— test, viktorina yoki interaktiv sinovlar yaratish uchun qulay platforma. U orqali talabalar o‘z bilimini sinab ko‘rib, siz esa ularning holatini kuzatishingiz mumkin.
8️⃣
Education Copilot —
dars rejalari, o‘quv materiallari, baholash shablonlari va boshqa ko‘plab pedagogik materiallarni tezda tayyorlash imkonini beradi.
9️⃣
ChatGPT
— asosiy generativ AI vosita sifatida: dars g‘oyalari, mavzular, topshiriqlar, muammolar va ijodiy mashqlar yaratishda yordami katta.
1️⃣
0️⃣
PowerPoint Speaker Coach
— agar siz dars yoki taqdimot qilayotgan bo‘lsangiz — bu vosita nutq va prezentatsiyangizni yaxshilashga yordam beradi: nutq tempi, ravonligi, tushunarli bo‘lishi bo‘yicha tahlil beradi.
1️⃣
1️⃣
Design.com
— plakatlar, videolar, vizual materiallar, e’lonlar va boshqa ko‘rgazmali materiallar tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Bu sizga dars, tadbir yoki maktab faoliyati uchun sifatli grafikalar yaratishni soddalashtiradi.
1️⃣
2️⃣
BrandCrowd
— sinf, maktab klubi, tadbirlar yoki jamoalar uchun logotiplar, reklama materiallari, grafikalar va bannerlar yaratishda foydalanish mumkin bo‘lgan platforma. Foydalanish juda sodda — kalit so‘zlar kiritsangiz, tayyor shablonlardan tanlaysiz.
🚀
Hamkasb ustozlarga ham yuborib qo'ying, boshqalarga ham foydali bo'lsin
✔️
@Kreativ_Pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!