Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

PFC Lokomotiv (UZ) 🇺🇿 🚂

LokomotivUzb
PFC Lokomotiv Tashkent. lokomotiv.uz twitter.com/LokomotivUzb instagram.com/pfc.lokomotiv facebook.com/pfclokomotiv
Subscribers
2 870
24 hours
30 days
10
Post views
859
ER
31,05%
Posts (30d)
146
Characters in post
522
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Others
Summary
March 13, 11:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚑
Anzur Ismoilovning holati qanday?
⚽️
Superliga 3-turdan o‘rin olgan
"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912"
bahsida jamoamiz yetakchisi va sardori
Anzur Ismoilov
jarohat olib 14-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Natijada uning o‘rniga Shuhrat Muhammadiyev o‘yinni davom ettirdi.
👉
Anzur Ismoilovning hozir holati qanday? U keyingi bahsda maydonga tushadimi?
"Lokomotiv" tibbiy shtabi futbolchimizning holati bo‘yicha ma’lumot berdi:
- Anzurda o‘yin payti son orqa mushagining jarohatlanishi kuzatildi. Futbolchimiz bugun chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Shundan so‘ng aniq tashxis, davo rejasi va safga qaytish muddatlari belgilab olinadi.

March 13, 05:52
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🏆
Proliga gʻolibi Superliga chempioniga qarshi!
⬇️
20-mart kuni “Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvini oʻtkazadi. Raqib - amaldagi chempion “Neftchi”.
Uchrashuv 16:00da start oladi

March 12, 13:48
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Superliga
. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan rasmlar
📸
👇
👇
👇

March 12, 12:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚽️
🇺🇿
Superliga.
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 0:0
🎞
https://youtu.be/tZ6mWQUWDfw

March 11, 19:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎤
Mirko Yelichich:
"Bugun yaxshi o‘ynadik deya olmayman"
🎞
https://youtu.be/etw-FBKgrfY

March 11, 19:42

- Dastlabki turlarda "Lokomotiv"ni ko‘p tanqid qilishgandi. Ekspertlar ilk uch turdagi raqiblar esa unchalik kuchli emas va omadi kelib, 7 ochkoni qo‘lga kiritdi, deb hisoblashdi. Jamoaning navbatdagi o‘yini "Neftchi"ga qarshi bo‘ladi va aynan ushbu uchrashuv jamoaning kuchini namoyon qilib beradi, degan fikrga qanday qaraysiz?
- Hozir Superligadagi barcha o‘yin qiyin o‘tmoqda. Oson o‘yining o‘zi yo‘q. "Neftchi"dagi bahs juda qiyin o‘tadi. Ularni taxlil qilib chiqamiz. Tarkibi juda kuchli, 20 futbolchi istalgan boshqa jamoalarni kuchaytirib yuboradi. Ulardagi tanlov imkoniyati katta. Biz esa har bir o‘yinga uch ochko uchun chiqyapmiz. Hech kimdan qo‘rqmaymiz va himoyaviy o‘ynamaymiz, futbol o‘ynashga harakat qilamiz. Ba’zida bu o‘xshamoqda, ba’zida esa kutilgandek bo‘lmayapti. Ushbu o‘yin biz uchun yaxshigina sinov bo‘ladi.
- Tarkibda yosh futbolchilarning salohiyatini ochib berayotganingiz uchun rahmat aytaman. Dastlabki uch turda ikkita gol urgan Quvonchbek Abrayevning o‘yini haqida nimalar deya olasiz?
- Quvonch o‘zining termadagi o‘yinlari orqali o‘tgan yili ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. Hozir u katta futbolga ko‘nikishi biroz qiyin bo‘lmoqda. Hozir unda oldinga qadam tashlayotgani ko‘rinmoqda. Kattalar kabi shug‘ullanyapti. Unda texnika, tezlik bor. Endi uning o‘yiniga boshqa sifatlarni ham qo‘shish kerak. U uch o‘yin orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirib bormoqda va bu yaxshi holat. Faqatgina u emas, balki, boshqa yoshlarda ham shunday holat.
- "Qo‘qon-1912" "Lokomotiv" uchun noqulay raqib hisoblanadi. Siz noqulay raqib iborasiga qanday munosabatdasiz?
- "Qo‘qon-1912"ni yaxshi bilaman. Ular barcha raqiblarga kurash taklif qilishadi va futbolchilar doimo jismonan baquvvat bo‘lishadi. Ular har doim oxirigacha kurash olib borishadi va raqiblarga oson o‘yin ko‘rsatishiga imkon bermaydi. Bugun ham jamoalar ko‘proq kurashishdi. O‘tgan o‘yinda "Mash’al"dagi kabi kurash olib bordik. Bu tomondan olib qaraganda ular yaxshi futbol qurishmoqda. Bugun ham ko‘proq kurash va kamroq futbolni ko‘rdik.
- "Lokomotiv" Jasur Yaxshiboyev bilan shartnoma imzoladi, klub bu borada rasman e’lon ham qildi. Lekin u bilan boshqa gap-so‘zlarni ham o‘qidik. Aslida nimalar sodir bo‘lgandi?
- To‘g‘risi bu men uchun ham tushunarsiz. Buni ko‘proq rahbariyatdan so‘rash kerak. Barchasi uning o‘ziga qoldirilgandi. Biz uni taklif qildik va u tayyor bo‘lganida bizga kelishi kerak edi. Keyinchalik yana muzokaralar bo‘ldi va bunda aniq bir nima bo‘lgani yo‘q.
- Endi barchasini yozgacha kutish kerak bo‘ladimi?
- Balki hammasi aniq bo‘lib ulgurgandir. Lekin men uchun barchasi noaniq va mavhum. Biz u uchun ham variantlar tayyorlagandik, shu bilan birga boshqa holatga ham tayyor turgandik.

March 11, 19:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mirko Yelichich:
- O‘yin yaxshi o‘tdi. Umuman olganda, teng o‘yin bo‘ldi. Bugun yaxshi o‘ynadik deya olmayman. Balki o‘tgan o‘yin sabablidir, biroz tempni yo‘qotdik. O‘shanda yomon maydonda futbol o‘ynamagandik. Balki bugungi ob-havo ham sabab bo‘lgandir. Chunki bir qancha futbolchilarimiz kasal bo‘lib qolishdi. Sovuq havo sababli ikkala jamoa futbolchilari nafas olishga qiynalishdi. Ayrim futbolchilarimda o‘yinga qadar ham bir qancha muammolar bor edi. Shunda ham yigitlarim harakat qilishdi. Ularga rahmat aytaman. Deyarli teng o‘yinning guvohi bo‘ldik.
- Uchta o‘yinda 7 ochko olish sizni qoniqtirdimi?
- Dastlabki ikki o‘yinda 6 ochko oldik va bugun 1 ochko bilan kifoyalandik. Albatta, biz har bir o‘yinda uch olishni maqsad qilamiz, lekin bu futbol va bunda qiyinchiliklar ham uchrab turadi. Bugun yutganimizda yaxshi bo‘lardi, lekin durang qayd etdik. Bugun oson o‘yin bo‘lmadi, har ikki jamoa kurash olib bordi, shundan kelib chiqib durang adolatli bo‘ldi deb ayta olaman

March 11, 16:20
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⏹️
| UCHRASHUV YAKUNLANDI!
Durang...
#Superliga
|
#LokomotivQoqon1912
0️⃣
-
0️⃣
❤️
💚
#LPFC
🚂
💨
#WeAreLoko
😍

March 11, 16:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

80' | O'ZGARISH

Yovan Nishich, Lazizbek Mirzayev

Muhammadali Reimov, Sardor Mirzayev
#Superliga
|
#LokomotivQoqon1912
0️⃣
-
0️⃣
❤️
💚
#LPFC
🚂
💨
#WeAreLoko
😍
▶️
JONLI EFIR

March 11, 15:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

68' | O'ZGARISH

Nurlan Ibraimov, Shodiyor Shodiboyev

Suhrob Nurulloyev, Quvonchbek Abrayev
#Superliga
|
#LokomotivQoqon1912
0️⃣
-
0️⃣
❤️
💚
#LPFC
🚂
💨
#WeAreLoko
😍
▶️
JONLI EFIR