
QIZILTEPA.24/7
° Kanal haqida
✓ Yangiliklar
✓ Qiziqarli ma'lumotlar
✓ Qonunlar va farmonlar
✓ Muammolar va yechimlar
° E'lonlar
✓ Tug'ilgan kun va tabrik
✓ Mashina va uy sotuvi
✓ Telefon va maishiy texnika
✓ E'lonlar bepul
☎️
@za0162
📌
127‑modda. Noqonuniy oʻrnatilgan signal vositalari uchun javobgarlik
1. Fuqarolarga nisbatan:
Transport vositasiga ruxsatsiz tovushli (sirena, megalka) yoki yorituvchi maxsus vosita (koʻk/qizil migalka) oʻrnatganlik uchun:
Qurilmalar musodara qilinadi.
Jarima 1 × BHM dan 3 × BHM gacha boʻladi.
Bugungi kunda 1 BHM ≈ 375000 soʻm, demak jarima 375000 – 1125000soʻm atrofida boʻladi .
2. Mansabdor shaxslarga nisbatan (masalan, tashkilot yoki firma nomidan haydovchi):
Jarima 3 × BHM dan 5 × BHM gacha, yaʼni 1 125 000 – 1875000
🇺🇿
Tavallud kuningiz muborak boʻlsin, janob Prezident!
Bugun, 24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi.
Davlat rahbariga mustahkam sogʻliq, xalq xizmati yoʻlida esa doim kuch-quvvat tilaymiz!
🇺🇿
UMRINGIZ UZOQ BOʻLSIN
🇺🇿
Kim qanday ekanligini
boshingga og‘ir kun tushib, eng yaqin insoningni yo‘qotganingda bilarkan odam.
Kim dildan hamdard, kim esa faqat so‘zda.
Kim yuragingda bir parcha og‘riq bo‘lib qoladi,
Kim esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek chetga chiqadi.
Shunda bilasan:
Kimgadir sen kerak bo‘lgan ekansan,
Kimgadir esa faqat quvonching kerak bo‘lgan.
Dard kunlarda kim yoningda bo‘lsa
Mana o‘sha haqiqatdagi inson.
Qolganlari esa…
Faqat hayot sabog‘i bo‘lib qoladi.”
Muhammad ADILOVICH tomonidan ayrim yoshlarga tegishli so‘zlar:
https://t.me/MFY_Qiziltepa
❗️
Sudlarga murojaat: nimalarni bilish zarur?
Barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Qayd etish lozim, sudlarga ikki xil toifadagi - muayyan ish bilan bogʻliq boʻlmagan oddiy xat tarzidagi, yaʼni ariza, taklif, shikoyat hamda muayyan nizo yoki ish bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni, ariza, daʼvo arizasi, iltimosnoma, shikoyat bilan murojaat qilish mumkin.
Birinchi toifadagi yaʼni, muayyan ish bilan bogʻliq boʻlmagan murojaatlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Yaʼni, bunday murojaatlar sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim. Agar koʻrib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Ikkinchi toifadagi murojaatlar esa tegishlicha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, maʼmuriy sudlarda Maʼmuriy sud ishlarini yuritish kodeksida, iqtisodiy sudlarda Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
✅
Qayd etish lozim, daʼvo arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
- ariza berilayotgan sudning nomi;
- daʼvogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar daʼvogar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
- javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
- daʼvogarning talabi;
- agar daʼvo baholanishi kerak boʻlsa, daʼvoning bahosi;
- daʼvogar oʻz talabiga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va daʼvogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
- javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
- arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган ҳолат юзасидан расмий муносабат.
Жорий йилнинг 22 июль соат тахминан 12:30 чамасида Яккабоғ тумани, Навруз МФЙ ҳудудидан ўтувчи М-39 "Тошкент-Термиз" автомобиль йўлининг 1198 километрида «Cobalt» русумли траспорт воситаси ҳайдовчиси ҳаракат давомида рул бошқарувини йўқотиб йўл четидаги бетон тўсиқга урилиб йўл-транспорт ҳодисаси содир этган.
Натижада ҳеч ким ҳеч қандай тан жароҳати олмаган.
Мазкур ҳолат юзасидан ҳозирда Яккабоғ туман ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан суриштирув харакатлари олиб борилмоқда.
➖
➖
➖
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
Qamashi tumanida tavallud topib, bugungi kunda Toshkent shahrida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan fidoiy inson — yo‘l patrul xizmati xodimi, Kapitan Eshboltayev Shohruhga chuqur hurmat va ehtirom bildiramiz.
U Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida tunu kun mehnat qilmoqda. Fidokorona xizmatlaringiz, mardlik va sadoqatingiz uchun tashakkur, Kapitan!
El xizmatida charchamang, Shohruh uka!
Yurtimiz siz kabi jasur va vijdonli xodimlar bilan faxrlanadi!
https://t.me/MFY_Qiziltepa
▶️
#Профилактика
Тез юрмаслик керак. Ҳовлиқиб қаерга борамиз
1968 йилда ҳайдовчилик гувоҳномасини олган самарқандлик онахон ҳайдовчиларга қимматли маслаҳатларини берди.
Каналга уланиш