Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MILLIY SERTIFIKAT A+ | Pro ONA TILI

MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D
📚 Ona tili | Milliy sertifikat & attestatsiya 📝 Test, esse va nazariya 🎯 A+ va A natija 📈 Tizimli bilim - barqaror natija @Mr_Alovuddin Reklama va murojaat uchun: @Mr_Alovuddin
Subscribers
7 000
24 hours
30 days
6 923
Post views
280
ER
5,69%
Posts (30d)
192
Characters in post
623
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 14, 01:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

Uslubiy xatolar.
https://t.me/MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D

March 13, 14:27
Media unavailable
3
Show in Telegram

JAVOBLAR: 1D. 2A. 3C. 4C. 5D
https://t.me/MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D

March 13, 10:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

"
Puankare" (2022 yil) o'zbek film | 480p
Asarni oʻqishni istamaganlar, juda boʻlmaganda, kinosini koʻrib qoʻysangiz, ketgazgan vaqtingizga achinmaysiz.
https://t.me/MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D

March 13, 10:29

Asar nomi: Puankare
Muallif: Abduqayum Yoʻldoshev
Bet: 111 sahifa
https://t.me/MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D

March 13, 08:24

#Mumtoz_adabiyot
🎁
G‘azalni tahlil qilishning oltin qoidalari
📋
G‘azal tahlilini to‘g‘ri va tez bajarish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kifoya:
📌
1. Tuzilmani aniqlab oling
G‘azalning birinchi bayti – matla’ bo‘lib, unda qofiya va radif tizimi shakllanadi va keyingi baytlarda ham shu tizim davom etadi. Oxirgi bayt – maqta’ bo‘lib, unda shoir taxallusi keladi va xulosa chiqariladi. Maqta’dan oldingi bayt – begona bayt bo‘lib, unda lirik chekinish bo‘ladi.
📌
2. Baytlarni tabiiy tartibga keltiring
Ko‘pincha baytlarda so‘zlar odatdagi tartibda bo‘lmaydi, inversiyaga uchragan bo'ladi. Ega va kesimni topib, oddiy gap shakliga keltirib o‘qing. Shu yo‘l bilan ma’noni to‘g‘ri anglash osonlashadi.
📌
3. Shart va natijani ajrating
“Agar”, “magar”, “gar” kabi shart bog‘lovchilarini topib, baytdagi shart va natijani alohida o‘qib chiqing. Bu baytning ichki mantiqini ochib beradi. Shu bog'lovchilardan boshlab mazmun chiqariladi.
📌
4. Maxsus shakllarni tushuning
"-man", "-mon", "-mam" kabi qo'shimchasi bor so‘zlar inkor ma’nosini beradi (bilmon – bilmayman). “O‘ylakim, bo‘yla” kabi birliklar o‘xshatish ma’nosini bildiradi. “Kim, chun” bog‘lovchilari tarjimada ko‘pincha tushiriladi, faqat fikrni bog‘laydi. “–din” qo‘shimchasi hozirgi kundagi -dan qo'shichasiga to'g'ri keladi, ko'pincha sabab ma’nosida keladi (ishqingdin – ishqing sababli).
📌
5. Tasavvufiy atamalarni oldindan o‘zlashtiring
Ishq – Allohga muhabbat, Ma’shuqa – Ilohiy yor, Fano – nafsni yo‘q qilish, Baqo – Alloh bilan birlashish, Soqiy – ilohiy ishq mayini quyuvchi, Mayxona – oshiqlar yig‘iladigan dargoh kabi tushunchalar baytning chuqur ma’nosini ochadi.
📌
6. Doimiy obrazlar va affiksoidlarni biling
Yorni
tasvirlashda oy, quyosh, gul, sham’, Layli, Shirin kabi obrazlar ishlatiladi;
oshiqlar
uchun Majnun, Farhod, bulbul, parvona, devona;
raqib
uchun it, tikan, g‘ayr kabilar ishlatiladi. Shuningdek, –afshon (sochuvchi), –vash (simon), –vor (day), –po‘sh (kiygan), –rez (to‘kuvchi) kabi qo‘shimchalarni ham bilib oling.
📌
7. Undalma va boshqa birliklarga e’tibor bering
Baytni undalmadan boshlab tahlil qilish kerak. Tong so’zi “ajab”, “hayrat” ma’nolarini bildiradi, “tong yo’q, ne tong” – ajab emas, hayratlanarli emas, ajablanadigan joyi yo'q deb tarjima qilinadi. “Derman” – “istayman”, “G‘am yo‘q” – “tashvish yo‘q” degani. “O‘lmoq” so‘zi ko‘pincha “bo‘lmoq” ma’nosida ishlatiladi.
📌
8. Badiiy san’atlarni aniqlashni odat qiling
Tashbeh, husni ta’lil, talmeh, mubolag‘a kabi san’atlarni topish g‘azalning badiiy qiymatini ochadi va baytdan ko‘zlangan chuqur ma’noni yuzaga chiqaradi.
📚
Shu qoidalarga amal qilgan holda har bir baytdagi yashirin ma’nolarni ochib, ģazal tahlilini samarali bajarishingiz mumkin
.
💳
Milliy sertifikat va attestatsiya imtihonlariga biz bilan mukammal tayyorlaning!
✍️
Kanalimizga obuna bo'lishni unutmang:
⤵️
✅️
https://t.me/MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D

March 13, 05:14

O‘zbek tili ixlosmandlari uchun yangilik: 40 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi
Doʻstlaringizni ham taklif qiling
https://t.me/MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D

March 13, 01:56

Sulola nomi qanday yoziladi?
Sulolalar nomini yozishda turli nashrlar, hatto lugʻat va ensiklopediyalarda ham
xilmaxilliklar
, chalkashliklar uchrab turadi.
2013-yilgi imlo lugʻati sulolalar nomini kichik harfda yozgan boʻlsa, milliy ensiklopediya baʼzan kichik, baʼzan bosh harflar bilan bergan. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?
Sulolalar nomi millat, elat, qavm nomiga oʻxshaydi va ularni
kichik harf bilan
yozish kerak:
hoshimiylar, abbosiylar,
umaviylar
, temuriylar, qoraxoniylar, usmonlilar
kabi.
❗️
Ammo bu soʻzlarning baʼzilari jumla ichida
bosh harfda
ham yozilishi mumkin. Bunda ular
davlat nomi
ni bildiradi:
Abbosiylar xalifaligi, Umaviylar davlati, Temuriylar davlati, Usmonli sultonligi
kabi.
📌
Demak:
Amir Temur Temuriylar davlati va temuriylar sulolasining asoschisidir.

Usmon Gʻoziy Usmonlilar davlati va usmonlilar sulolasining asoschisidir.

https://t.me/MILLIY_SERTIFIKAT_ONATILI_D

March 13, 01:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 13, 01:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 13, 01:37
Media unavailable
1
Show in Telegram