Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy

MIRISHKORPRESS
Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmati gov.uz/oz/mirishkor Ijimoiy tarmoq - mirishkorpress Prezident: @shmirziyoyev Viloyat hokimligi: @qvh_axboroti Hokimiyatga murojaat: @mirishkor_murojaat Axborot xizmati bilan bog’lanish: @m_press1
Subscribers
6 140
24 hours
10
30 days
60
Post views
1 987
ER
35,68%
Posts (30d)
165
Characters in post
1 089
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 30, 03:45
Media unavailable
1
Show in Telegram


Har payshanba – Yoshlar kuni
” munosabati bilan tumanimiz yoshlari va ish qidirayotgan fuqarolar uchun tuman markazidagi
Istirohat bog‘ida
mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Unda siz:
• Tumandagi korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishingiz;
• Ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish;
• O‘zingizga munosib ish topish va bandligingizni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📅
Sana:
Bugun, 30-aprel
🕙
Vaqt:
Soat 10:00 da
📍
Manzil:
Tuman markazidagi istirohat bog‘i
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

April 29, 11:14
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi
Respublika miqyosida joriy yilning
1-aprelidan 1-mayiga qadar
oʻtkazilayotgan
“Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish”
kompleks tezkor-profilaktik oyi doirasida joylarda targʻibot tadbirlari qizgʻin davom etmoqda.
Mazkur profilaktik oy munosabati bilan tumandagi
21-sonli umumta’lim maktabida
oʻquvchi-yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman IIB JXX HPB VY va YBIG katta inspektori, leytenant
Jaxona Xamidova
, IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, leytenant
Dilnura Alimardonova
hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi bosh mutaxassisi
Indira Fayzullayeva
lar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida quyidagi muhim jihatlarga alohida toʻxtalib oʻtildi:

Zahri qotilning ayanchli oqibatlari:
Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda yoshlar orasida "ommaviy madaniyat" niqobi ostida kirib kelayotgan sintetik narkotik vositalar va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda kelajagiga yetkazadigan tuzatib boʻlmas zararlari hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Huquqiy mas’uliyat:
Leytenant Jaxona Xamidova oʻquvchilarga giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan qat’iy choralar haqida ma’lumot berib, ogohlikka chaqirdi.

Xotin-qizlar va ma’naviy muhit:
Indira Fayzullayeva oilada sogʻlom muhitni shakllantirish, ayniqsa, qiz bolalar tarbiyasida odob-axloq me’yorlariga rioya qilish hamda boʻsh vaqtdan unumli foydalanishning ahamiyati haqida soʻzladi.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

April 29, 11:09
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xolida Hamroyeva hududdagi yoshlar ta’limi va kasb-hunar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, u 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, xorijlik o’qituvchi bilan uchrashdi. Mazkur o‘qituvchi Filippindan kelib, yosh avlodga ingliz tilini o‘rgatib kelmoqda. Suhbat davomida o‘quvchilarning xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishi, ularning bilim darajasi, erishayotgan natijalari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning til o‘rganishga bo‘lgan intilishi va xalqaro imkoniyatlardan foydalanish yo‘lidagi harakatlari alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida Xolida Hamroyeva kasb-hunar markaziga ham borib, u yerda turli yo‘nalishlarda hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Ularning tanlagan kasblari, amaliy ko‘nikmalari va kelajak rejalari bilan qiziqdi. Yoshlarning mehnatsevarligi, yangilikka intilishi va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi yuqori baholandi.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

April 29, 02:16

https://gov.uz/oz/mirishkor/news/view/159069

April 28, 18:10
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

Pilla – oilaviy daromad va bandlik manbai
Mirishkor tumani “Guliston” mahallasida ham fuqarolar
oila byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirish hamda milliy boyligimiz hisoblangan pilla xirmoniga hissa qo‘shish maqsadida
qizg‘in pilla parvarishlashmoqda.
“Tuman hokimi tashabbusi bilan pilla boqib daromad qilish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun
bo‘sh turgan binolardan unumli foydalangan holda barcha zarur sharoitlarni yaratib berdik. Maqsadimiz — har bir xonadonning kasanachilik orqali daromadga chiqishini ta’minlashdir
”, — deydi mahalla raisi
Yo‘ldosh Raximov
.
Hozirda mahalla yettiligi hamkorligida pilla qurti yetishtirayotgan kasanachilarning holidan doimiy ravishda xabar olinib, ularga
ozuqa bazasini shakllantirish va agrotexnik qoidalarga rioya qilish borasida
amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ma‘lumot uchun, joriy mavsumda tuman pillakorlari 1517 quti ipak qurti urug‘larini parvarishlab, jami 91 tonna “kumush tola” yetishtirishni maqsad qilgan.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

April 28, 16:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

Mirishkorda ayol ustozlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi”ning tuman bosqichi o‘tkazildi
Mirishkor tumanida ayol ustozlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
” musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu sport tadbiri ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ayol pedagoglarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviy birdamligi va sport mahoratini namoyon etib, murosasiz va qiziqarli bahslarda ishtirok etdilar. Har bir uchrashuv sportga bo‘lgan yuksak qiziqish va g‘alabaga intilish ruhida kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni 30-maktab ayollar jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni 11-maktab ayollar jamoasi egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin 13-DMTT ayollar jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

April 28, 16:33
Media unavailable
9
Show in Telegram

April 28, 13:44
Media unavailable
10
Show in Telegram

Qarshi shahrida xalqaro darajadagi zamonaviy suv sporti saroyi tantanali ravishda ochildi
Xabar berganimizdek, bugun Prezidentimiz tashabbuslari bilan Qarshi shahrida xalqaro talablar asosida qurilgan, xalqaro darajadagi musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish imkonini beruvchi muhtasham suv sporti saroyining tantanali
ochilish marosimi
bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, World aquatics byurosi aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Kasaba uyushmalari hamda Uzbekistan aquatics federatsiyalari raisi Qudratilla Rafikov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, qator xorijiy davlatlar kasaba uyushmalari delegatsiyalari, suzish bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari sovrindori bo'lgan sportchi, "Suv parisi - 2026" xalqaro turniri ishtirokchilari, deputatlar va el ardog'ida bo'lgan faxriylar, yozuvchi hamda shoirlar, sportchilar va ularning murabbiylari
ishtirok etdi
.
Mazkur suv sporti saroyida 50x21 metr o‘lchamdagi asosiy suzish havzasi, 16x16 o'lchamli 10 metr balandlikdan suvga sakrash havzasi, bolalar uchun 2 ta 6x12 metrli basseynlar, fitnes va majlis zallari, ma'muriyat va media xonalari hamda yordamchi infratuzilmalar mavjud. Shuningdek, tomoshabinlar uchun 700 o‘rinli tribuna, kirish qismida katta zal, dush va kiyim almashtirish xonalari, sauna va dam olish xonalari barpo etilgan. Barcha uskuna va jihozlar dunyoning yetakchi, ishonchli va mashhur ishlab chiqaruvchi kompaniyalari tomonidan, xususan, Xitoy, Italiya, Ispaniya, Germaniya va AQSH kompaniyalarining eng zamonaviy suv filtrlari, nasoslari, isitish va ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan.
Shuningdek, ochilish marosimi davomida joriy yilning 25-27-aprel kunlari poytaxtimizda o'tkazilgan sinxron suzish bo'yicha "
Suv parisi - 2026
" ochiq xalqaro turnirining g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham o'tkazildi. Bundan tashqari mezbon O'zbekiston, xorijiy Qozog'iston, Rossiya va Belarus kabi davlatlardan kelgan suv parilari ishtirokidagi chiqishlar hamda kuy-qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bag'ishladi.
Gov.uz
|
Telegram|
YouTube|
FB|
Instagram|
X

April 28, 13:44
Media unavailable
10
Show in Telegram

April 28, 13:44
Media unavailable
10
Show in Telegram