Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ibratli Statuslar🌿

Manoli_Ibratli_Statuslar
Bismillahir rohmanir rohiym! Assalomu alaykum, kanalimizga xush kelibsiz. Kanalda ibratli status va aforizmlar joylab boriladi. CEO: @proud_turkic 25.08.2020-yil Eng shirin xotiralarim!
Subscribers
1 220
24 hours
30 days
-30
Post views
9 249
ER
7,55%
Posts (30d)
2
Characters in post
337
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
January 19, 05:05

Beminnat duogo'y.
​​Bir yigit hikoya qiladi:
-Uyda shukrona dasturxoni yozib, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar chaqirildi. Mehmonlarni kuzatish bahonasi bilan uyda qolib ketdim. Xotinim va farzandlarimga uyga borishlarini ta’yinlab, o‘zim negadir bolalikdan voyaga yetgan hovlimda qolishni istadim. Asli ko‘nglim g‘ash edi. Ishxonamda ko‘ngilsizlik bo‘lib, ich-etimni shu narsa tirnar edi. Onam kelgan onimda-yoq sezdilar. Sir-boy bermasam-da, onam aniq bir narsani his qilib turganlarini bildim. Xotirjam qildim. Hamma ketib bo‘lgach, onam qo‘ymay so‘rab oldilar. Arzimagan ish, onajon! Siz xavotir olmang, o‘zim bitkazib yuboraman deb yupatdim. Ko‘zlarida mayuslik bilan Alloh o‘zi ishlaringni o‘nglasin, bolam! Allohim, yuzingni yorug‘ qilsin!- deb duolar qildilar. Tashqariga chiqib qaytib kelgunlaricha, ko‘zim ilinib, uxlab qolibman. Bir mahal tursam, onam joylarida yo‘qlar. Joynamoz ustida ekanlar. Uxlamabdilar, yostiq kechqurun qanday bo‘lsa, shundayligicha turar edi. Oyoq uchida tashqariga chiqib, tahorat olib kelib, kechqurungi namozlarni o‘qib, duolar qildim. Ammo onam duo qilishga shunday berib ketgan ekanlarki, meni umuman sezmadilar. Bir payt yig‘lab, ko‘z yoshlarini artib, yana duoga sho‘ng‘idilar. Duolarini eshitib qalbim o‘rtanib ketdi. Allohga shukr va hamdu sanolar aytdim. Meni haqqimga tekinga kechasi bilan uxlamay, sidqidildan yig‘lab duo qiladigan bu duogo‘yimning haqqini qanday ado etaman, deb yig‘lab yubordim. Iloho! Ularning umrlarini uzoq qil, salomatliklarini mustahkam qil! Gʻam berma, doim rohat ko‘rsinlar!
@status_ibratliy
🕊

January 19, 05:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nodonlar davrasida eshitmaslikka, donolar davrasida esa gapirmaslikka harakat qiling!
@status_ibratliy
🕊️

November 13, 08:20

Bir qari bog‘bon bor edi. U har kuni dalasiga chiqib, tuproqqa suv quyib, urug‘ sochardi. Kunlardan bir kuni bir yigit unga dedi:
— Amaki, siz ekayotgan bu daraxtlar hosil berishi uchun yillar kerak-ku! Siz ularni ko‘rishga ulgurmaysiz.
Qari tabassum qildi va dedi:
— Men bu daraxtlarni o‘zim uchun emas, mendan keyin keladiganlar uchun ekayapman. Chunki mendan oldin ham kimdir ekkan daraxtlar soyasida men hordiq chiqarganman.
Keyin qo‘shib qo‘ydi:
— Sabr — bu natijani tez olish emas, to‘g‘ri ishni davom ettirishdir, hatto natijani ko‘rmasang ham.
@status_ibratliy
🕊️

November 13, 08:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hech narsa abadiy emas — og‘riq ham, dard ham o‘tadi.
@status_ibratliy
🕊️

September 05, 06:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

​Insonda asosiy narsa aql emas, balki uni boshqaradigan narsalar: Xarakter, yurak, yaxshi his-tuyg‘ulardir!
©️
Fyodor Dostoyevskiy
@status_ibratliy
🕊️

May 08, 03:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

QARZ
Qarz faqat pulga doir so‘z emas. Qarz — bu siniqlik paytida aytilgan mehrli so‘z, g‘am paytida berilgan tasalli, zaiflik paytida ko‘rsatilgan yordam, adashgan chog‘da berilgan yo‘l-yo‘riq, yupanch chog‘i ochilgan quchoq, majol qolmaganda yelkaga qo‘yilgan qo‘ldir.
Bu qarzlar qaytarilmasa ham kechilar, ammo ularni unutish  –orsizlikdir.
@status_ibratliy
🕊️

May 07, 22:28

@status_ibratliy
🕊️

August 19, 06:10

#hikmat
Agar yoningizda sizni yaxshi koʻradigan oilangiz, axloqi va odobi goʻzal, xushmuomala ayolingiz, doʻstlaringiz, har kuni dasturxoningizda taomingiz, boshingiz ustida shift boʻlsa, hech qachon oʻksimang! Siz oʻzingiz tasavvur qilganingizdan ancha boysiz! Bu nematlar har kimga, har doim ham berilavermaydi! Alhamdulillah...
@status_ibratliy
🕊️

August 08, 05:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

​O'z rejalarimizni tuzardik...
Ammo taqdirning ham o'z rejalari borligini unutgandik...
@status_ibratliy
🕊️

December 14, 02:33

Statuslarimizni sog’inganlar bormi? Kanal qaytsinmi?
Ha -
👍
Yo’q -
👎