
MILLIY GVARDIYA
Hozirgi zamon To'marislari
➡️
"Qizlar ham armiyaga borsa bo'ladimi?" deb so'raganlarga yuborib qo'yamiz.
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
Jaloliddin Manguberdi avlodlari
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
🔰
O‘ZBEKISTON BOJXONA QO‘MITASI QANDAY ISHLAYDI?
Bojxona qo'mitasi faoliyati haqida to'liq jarayonlar yoritilgan.
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
Diqqat: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling
Firibgarlar o‘zlarini fintex-kompaniya, bank yoki davlat organi xodimi deb tanishtirib qo‘ng‘iroq qilishadi.
⚠️
Eslab qoling:
Na fintex-kompaniya xodimlari va na davlat organlari vakillari hech qachon maxfiy ma’lumotlarni so‘ramaydilar.
❌
Qaysi ma’lumotlarni so‘rashga haqlari yo‘q:
1. Tasdiqlash uchun kelgan SMS-kodlar
2. Karta yoki ilovalarning PIN-kodlari
3. Ilova va servislarning login hamda parollari
4. Push-xabarnomalardagi kodlar
5. Messengerlar orqali "qayta tekshiruv" uchun shaxsiy ma’lumotlar
Haqiqiy xodimlar yana nimalar qilmaydi:
1. Hisoblarni bloklash yoki jarimalar bilan qo‘rqitmaydi
2. "Hozirning o‘zida" shoshilinch harakat qilishingizni talab qilmaydi
3. Pullarni "xavfsiz", "zaxira" yoki "vaqtinchalik" hisob raqamlariga o‘tkazishni so‘ramaydi
4. Begona ilovalarni yoki masofadan boshqarish dasturlarini o‘rnatishni so‘ramaydi
5. "Shaxsni tasdiqlash" yoki "ma’lumotlarni yangilash" uchun havolalar yubormaydi
❗️
Agar sizga shunday qo‘ng‘iroq bo‘lsa:
1. Hech qanday ma’lumotni ma’lum qilmang
2. Suhbatni darhol yakunlang
Tashkilotning rasmiy aloqa kanallari orqali o‘zingiz bog‘laning.
⚠️
Hatto qo‘ng‘iroq qilgan shaxs sizning ma’lumotlaringizni bilsa ham, bu unga ishonish uchun asos emas, aksincha — ogoh bo‘lish uchun sababdir.
Ma’lumotlaringizni asrang va hushyor bo‘ling!
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
Olg‘a bos – yengib bo‘lmas to‘siq yo‘q!
Matonat bilan bosilgan har bir qadam g‘alabaga eltadi.
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
General-polkovnik
Bahodir Hamidovich Toshmatov
➖
1964-yil Oʻzbekistonda tugʻilgan;
➖
2026-yil 28-yanvardan O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni;
➖
Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini (
hozirgi Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universiteti
), Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini, shuningdek, Fargʻona davlat universitetini tamomlagan;
➖
1999-2001 yillarda Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni;
➖
2001-2005 yillarda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni;
➖
2005-2008 yillarda Shimoli-sharqiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni;
➖
2008-2011 yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi;
➖
2011-2013 yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi;
➖
2013-2017 yillarda mudofa vazirining birinchi oʻrinbosari;
➖
2017-2020 yillarda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni;
➖
2020-2026 yillarda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilandi.
➖
Aholining huquqlarini ta’minlash va qulay sharoit yaratish maqsadida sudlar, advokatura, sud-tibbiy ekspertizaning ham markazlashgan tungi navbatchiligini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish topshirildi.
➖
Ilg‘or tajriba asosida aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.
➖
Chilonzor tumani ichki ishlar xodimlari sohasi va hududidan qat’i nazar, fuqaro murojaatini qabul qiladi, ko‘chada formali xodimga qilingan murojaat “102”ga xabar bergan bilan teng bo‘ladi.
➖
Tumandagi barcha 55 ta mahalladagi profilaktika inspektorining xizmat xonasi eshigi u bilan tezkor bog‘lanish uchun aloqa tugmasi bilan jihozlanadi. Ya’ni profilaktika inspektori qayerda bo‘lmasin, aholi uni qo‘l telefoni va planshetiga tun-u kun bog‘lanishi mumkin bo‘ladi.
➖
Profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan ko‘rinishda formani tayyorlash topshirildi. Inspektorlarning ishi raqamlashtiriladi, “ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
➖
Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqadigan tergovga qadar tekshiruv guruhlari tuziladi.
➖
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun ham juda deklarativ yozilgani, haqiqiy holat asosida amalda ishlaydigan yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni ham profilaktikaga yo‘naltirgan va ta’sirchanligini oshirgan holda yangilash muhimligi ta’kidlandi.
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
O'zbekiston Respublikasiga, xalqimga, Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman!
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
Jamoat xavfsizligi universiteti
kursantlari oʻrtasida
“Drone-recing”
boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
Musobaqada Jamoat xavfsizligi universitetining kursantlari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar berilgan amaliy vazifalarni belgilangan vaqt ichida bajarish orqali ball to‘pladilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇
-o‘rin kursant Adhamov Husniddin
🥈
-o‘rin kursant Rustamov Shohruz
🥉
-o‘rin kursant Hoshimov Qosim
🏆
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
👮
@Milliy_gvardiyada
👮
⚡️
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni muborak bo'lsin!
👮
@Milliy_gvardiyada
👮