Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Milliy sertifikat Ona tili va adabiyot

Milliysertifikat_yangi
🏛 RASMIY ✔️ -Eng sara e'lon va ma‘lumotlar -Vodiy uchun Milliy sertifikat diagonostik test -Barcha online, ofline tanlovlar -Talaba yoshlar hayotidagi yangiliklar Barchasini siz bilan ulashamiz!! ✍️ @Abror_Ikromovich
Subscribers
3 300
24 hours
-50
30 days
70
Unusual 24 hours growth
Post views
920
ER
8%
Posts (30d)
47
Characters in post
408
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 26, 01:45

Mavzu :
Katta shaharlarda mashinalarni "ekologik transport tizimi" asosida harakatlanishi borasida turlicha fikrlar mavjud :
- ba'zilar bu jarayon avtomobillarning havoga zararli ta'sirini kamaytiradi , deb bilsa ;
- boshqalar insonlarning imkoniyati cheklanishi haqida aytadi .
@Milliysertifikat_Yangi

April 26, 01:45

Essedagi mavzu Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 166-son qaroriga
tegishli. Ushbu qaror mamlakatda "Ekologik transport" tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutadi.
Qarorning mazmuni va asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
1. Maqsad nima?
Avtotransport vositalarining atmosfera havosiga keltirayotgan zararli ta’sirini kamaytirish va shaharlarda ekologik holatni yaxshilash.
2. "Eco-Pass" tizimi qanday ishlaydi?
Transport vositalari atmosfera havosini ifloslantirish darajasiga qarab
"ekologik toifalar"ga
bo‘linadi. Bunga asosan avtomobillarga maxsus stikerlar beriladi:
Yashil:
Eng toza (elektromobillar, yangi avtomobillar).
Sariq:
O‘rta darajadagi ifloslantiruvchi.
Qizil:
Yuqori darajadagi ifloslantiruvchi (eski yoki nosoz avtomobillar).
3. Stiker qanday olinadi?
Avtomatik:
Yangi yoki texnik holati ma'lumotlar bazasida aniq bo‘lgan transportlar uchun tizim avtomatik shakllantiradi.
Diagnostika orqali:
Agar status noma'lum bo‘lsa, maxsus diagnostika tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng natijalar bazaga qo‘shiladi.
Bepul:
Qarordagi ma'lumotga ko‘ra, Eco-Pass stikerini olish
bepul
amalga oshiriladi.
4. Ekologik zonalar
Kelajakda shaharlarda (birinchi navbatda Toshkentda)
"ekologik zonalar"
tashkil etiladi. Agarda avtomobilingizning stikeri o‘sha zonaning talabiga javob bermasa (masalan, "qizil" stiker bilan "yashil" zonaga kirish), kirish cheklanishi yoki pullik bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda:
Bu qaror ekologik toza muhit yaratish uchun avtomobillarni nazorat qilishning yangi raqamli tizimidir. Hozirda ushbu tizim bosqichma-bosqich amaliyotga kiritilmoqda.
@Milliysertifikat_Yangi

April 25, 16:30

3-tipdagi savol
Oflayn
Spravka
Akkaunt
Renessans

April 25, 16:17

Eshitganlarimdan umumiy xulosa:
Grammatika oson;
Ilmiy matn oson;
Badiiy matn qiyinroq;
G'azal oson;
Yopiq savollar ham deyarli oson;
Esse oson.
Sizlarning davrlaring keldi.
@Milliysertifikat_Yangi

April 25, 16:14

Bu faylni o'rganib chiqib qo'yish tavsiya etiladi.
@Milliysertifikat_Yangi

April 25, 16:12

25-aprel II smenada quyidagi g'azal tushgan ekan:
Nuqtayi xoling ajab yoʻq la’li xandon ustina,
Kim boʻlur bir qatra doim obi hayvon ustina.
Hajrin oʻqi to tikilmish koʻngluma, ey qoshi yo,
La’lgun ashkimga oʻxshar xori mujgon ustina.
Novakingga boqki, dogʻi hasratimdindur nishon.
Javharikim, koʻrunur poʻlodi paykon ustina.
Ey sabo, qonlik koʻzumga koʻyidin yetkur gʻubor,
Rasm erur tufroq toʻkmak doimo qon ustina.
Ishq tigʻidin buzugʻ koʻnglumda erdi choklar,
Vahki, boʻldi bir sari bu dogʻi hijron ustina.
La’li serobing gʻamidin notavon jismim erur
Misli xoshokeki, tushgay obi hayvon ustina.
Ey Husayniy, yor kelsa naqdi jon aylay nisor,
El sochiq sochkan kibi dilxoh mehmon ustina.
@Milliysertifikat_Yangi

April 25, 16:12

25-aprel 2-smena 44-savolda tushgan tuyuq
Raxshi himmat men tutub mahkam yolin,
Yor izidin yet, karam qil, deb yolin,
Yo‘q-u borimni yoqib kul ayladi,
Ishq o‘tidin ko’kka chirmoshg’on yolin.
@Milliysertifikat_Yangi

April 25, 16:12

36-savol:
"Chinga aylanmoq" va "Qulay bo'lmoq" so'zlari bilan ma'nodosh bo'la oladigan frazeologik birlikni aniqlang.
✅️
Javob: O'ngidan kelmoq.
@Milliysertifikat_Yangi

April 25, 16:12

⚡️
25-parel 1-smena. G'azal matni:
1. Kelingiz, ey muslimlar, ko‘ringiz bul kofiri mahvash,
Ki, zulmoti shabi hijronni aylar mohidek ravshan.
2. ​Quyosh sening jamoling oldida zarracha bo‘lmas,
Ki, ko‘zingning qarosidan yorug‘dur chashmai ravshan.
3. Ko‘ngul masjiddirur, mehrob — qoshing, ey sanam, aslo,
Ki, yo‘qtur sendek o‘zga qiblai islom ichra gulshanda
4. Uyg‘og‘lig‘ ko‘zlari ming fitnai xobidani uyg‘otur,
Qachonkim, uyqudin mastona bo‘lub tursa u gulshan.
5. Eshiging topmog‘on gado xoli na bo‘lg‘ay, ey Lutfiy,
Ki, oning tuprog‘idan rishtai jon o‘sib chiqqay har dam.
@Milliysertifikat_Yangi

April 25, 16:12

25.04.2026 Meduza matni to'liq qismi va savollar.
Bu matn I smenaga tushdi
Kanalga a'zo bo'lish
👇
👇
Manba :Feruz
@Milliysertifikat_Yangi