
Mr Abbos
Farzandingizga to'xtovsiz baqirib gapirish — 5 yomon oqibati
1️⃣
Bolada o'ziga ishonch yo'qolishi
Pittsburgh universiteti tadqiqotlari natijasida bunday bolalar, ming afsus, o'ziga ishonchi yo'q bo'lib ulg'ayadi. Chunki uyda nima qilmasin — to'g'rimi yo noto'g'ri — gap eshitgan. Bu esa keyinchalik qaror qabul qilish qobiliyatini o'zida o'ldiradi.
2️⃣
Janjalkash va urushqoq bo'lib o'sish
Bunday bolalar odatda maktabda ham ko'p urishadigan va janjalkash inson sifatida rivojlanadi. Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi (APA) tadqiqotlariga ko'ra, ota-onasidan baqiriq eshitgan bolalar tajovuzkorlik va o'zini boshqara olmaslik muammolariga duch keladi. Chunki bola ota-onasini ko'zgu qilib oladi.
3️⃣
Katta bo'lganda o'zi ham shunday ota-ona bo'lib ulg'ayishi
Psychiatry jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, yomon muomala ko'rgan bolalarning uchdan bir qismi o'z farzandlariga xuddi shunday munosabatda bo'ladi. O'zimizda bunga juda ko'p misol topsa bo'ladi. "Nimaga baqirib tarbiya berasiz?" deb so'rasangiz — "Bizni ham shunday tarbiya qilishgan, mana yomon bo'lmadik" deyishadi. Rostdan ham shundaymi?
4️⃣
Aqliy rivojlanishning to'xtab qolishi
Harvard tibbiyot maktabi tadqiqotlariga ko'ra, bolaning miya to'qimalarida juda yomon o'zgarishlar bo'lib, bolada hissiyot, esda qolish qobiliyati va stressga chidamlilik sifatlarini tushirib yuboradi.
5️⃣
Ota-onasidan nafratlanish
Eng yomonini aytaymi? Oila munosabatlari bo'yicha tadqiqotlarga ko'ra, ota-onasidan ajralib yashayotgan kattalarning 75 foizi buning sababini bolalikdagi hissiy zo'ravonlik — ya'ni ota-onasidan ko'p dakki eshitgani deb aytib o'tgan.
Xulosa:
Men sizga bolalarni urish va kaltaklashning oqibatini aytmadim. Bular biz farzandimizga og'zimiz bilan qiladigan zararimiz. Endi o'zimizni isloh qilish vaqti keldi — asta-sekin baqirmaydigan ota-ona bo'laylik.
O‘ziga ishonchi yo‘q odam qanday ko‘rinadi deb o‘ylaysiz?
🤔
Jim, tortinchoq, ko‘zga tashlanmaydigan? Aslida ko‘pincha unday emas. Aksincha, eng ko‘p gapiradigan
🗣
, eng ko‘p va’da beradigan odamlar ichida eng katta ishonchsizlikni yashiradi.
Bunday odamda ko‘pincha “pokazuxa” dardi bo‘ladi. Nima qilsa ham, odamlar ko‘rib qo‘ysin deb qiladi
👀
. O‘z fikri bilan emas, boshqalarning fikri bilan yashaydi. Uning ichida doim bitta savol aylanadi: odamlar nima deydi?
🤯
Yana bir belgisi — ko‘p gap va ko‘p va’da. Rejalari juda katta
📋
, gaplari juda chiroyli. Ammo ish kelganda bahonalar boshlanadi
⏳
. Bugun emas, ertaga. Natijada og‘zida ming reja, qo‘lida esa hech narsa bo‘lmaydi
🙅♂️
.
O‘ziga ishonchi yo‘q odam kritikani ham ko‘tara olmaydi. Birov kamchiligini aytib qo‘ysa
⚠️
, darrov himoyaga o‘tadi. Xatoni tan olish o‘rniga, o‘zini oqlaydi. Keyin esa boshqalarning kamchiligini qidirishga tushadi
🔍
.
U hech qachon xatosini ochiq tan olmaydi. Mingta sabab, mingta bahona bor. Lekin oddiygina “men xato qildim” degan gapni aytish juda qiyin bo‘ladi
🚫
.
Yana bir muhim belgi — doim o‘zini boshqalar bilan solishtirib yuradi
⚖️
. Birovning muvaffaqiyati
🏆
uning ichidagi og‘riqni ochib beradi.
Aslida o‘ziga ishonchi yo‘q odam bularni yashiryapman deb o‘ylaydi. Lekin vaqt o‘tib, natija bitta bo‘ladi: o‘zi ham, boshqalar ham unga ishonmay qo‘yadi
❌
. Haqiqiy ishonch esa shovqinli gaplarda emas. U jim bo‘ladi
🤫
. Ish bilan ko‘rinadi
💪
. Natija bilan isbotlanadi
✅
.
“Hayotning qaynash nuqtasi”
Rasmga qarang — oddiygina tuxum va kartoshka. Ammo ular ortida katta hayot saboği bor.
Ikkalasini ham qaynab turgan suvga solsangiz, hayratlanarli narsa yuz beradi: kartoshka — avval qattiq bo‘lgan — yumshab qoladi, tuxum esa — mo‘rt va nozik bo‘lsa-da — ichidan qotadi, mustahkam bo‘ladi.
Bir xil suv, bir xil issiqlik — ammo natija boshqacha.
Demak, hayotdagi qiyinchiliklar seni kim qilishi emas,
sen kimligingni ochib beradi.
Hayot seni “qaynatadi” — sinovlar keladi, bosim kuchayadi, ba’zida bardosh berish qiyin bo‘ladi. Ammo tanlov har doim senda:
yumshab qolish
yoki
yanada mustahkam bo‘lish
.
Tuxum kabi bo‘l — qiyinchilik seni sinmasin, balki ichingni pishirsin. Chunki hayotdagi sinovlar seni o‘zgartirmaydi,
asl qadringni ochadi.
Bank o‘g‘irligi paytida o‘g‘ri bank xodimlariga baqirdi:
“Qimirlamanglar, pullar davlatga tegishli, hayotingiz esa o‘zingizga!”
Hamma jim yotib qoldi...
«Bu fikrlash kontseptsiyasini o‘zgartirish deb ataladi».
---
O‘g‘rilar o‘g‘irlikni tugatgach, oliy ma’lumotli yosh o‘g‘ri bosh o‘g‘riga (u eng katta yoshli va faqat boshlang‘ich maktabni bitirgan edi) dedi:
“Ey, boss, keling, qancha pul o‘g‘irlaganimizni hisoblaylik”.
Bosh o‘g‘ri uni tanbeh qilib dedi: “Sen ahmoqmisan?! Bu juda katta summa, uni hisoblash uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bugun kechqurun yangiliklardan qancha o‘g‘irlaganimizni bilib olamiz!!”
«Bu tajriba deb ataladi».
Bugungi kunda tajriba qog‘ozdagi malakadan muhimroq.
---
O‘g‘rilar bankni tark etgach, bank menejeri filial menejeriga dedi:
“Tez politsiyani chaqiring”. Ammo filial menejeri unga dedi: “Kuting, keling, 10 million dollar olib, o‘zimizga qoldiramiz va oldin o‘g‘irlagan 70 millionimizga qo‘shamiz!”
«Bu oqim bo‘ylab suzib, vaziyatni o‘z foydasiga aylantirish deb ataladi».
Bank menejeri dedi: “Unda har oy o‘g‘irlik bo‘lsa, juda yaxshi bo‘lardi...”
«Bu qat’iyat deb ataladi».
---
Ertasi kuni yangiliklar agentliklari bankdan 100 million dollar o‘g‘irlanganini xabar qildi!
O‘g‘rilar pulni qayta-qayta hisobladilar va har safar faqat 20 million topdilar. O‘g‘rilar juda jahli chiqib dedilar: “Biz hayotimizni xavf ostiga qo‘yib 20 million uchun ishlagan ekanmiz, bank menejeri esa kiyimini bulg‘amasdan 80 million oldi. Ko‘rinib turibdiki, o‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra o‘qimishli bo‘lish yaxshiroq ekan”.
«Bu bilimlar deb ataladi. Ular oltin qadar qimmat».
---
Bank menejeri millionerga aylanganidan va fond birjasidagi barcha yo‘qotishlari bu o‘g‘irlik bilan qoplanganidan mamnun kulib turardi.
«Bu imkoniyatdan foydalanish deb ataladi».
Haqiqiy o‘g‘rilar ko‘pincha yuqori lavozimlarda o‘tiradi, ammo ular diplomli o‘g‘rilar va bundaylar bugungi kunda kam emas.
Haqiqiy do'stlar kimligini aniqlash
Bir odam katta ho'kiz so'yib, o'choqqa go'sht pishirish uchun olov yoqdi. Qiziga qarab: "Qizim, bor, qarindoshlarimiz, do'stlarimiz va qo'shnilarimizni chaqirib kel, bugun bayram qilamiz!" dedi. Qizi ko'chaga chiqib: "Iltimos, yordam bering! Otamning uyi yonmoqda!" deb baqirdi.
Bir oz vaqtdan so'ng, faqat bir nechta odam yordam berish uchun keldi, boshqa ko'pchilik esa eshitmaganday harakat qildi.
Yordamga kelganlar esa qolib, kechgacha ovqatlanib, maza qilib vaqt o'tkazishdi.
Ota esa hayron bo'lib, atrofga qarab: "Men bu odamlarning ko'pini tanimayman. Ba'zilarini umrimda birinchi marta ko'rishim. Bizning do'stlarimiz, oilamiz va qo'shnilarimiz qani?" dedi.
Qizi xotirjamlik bilan javob berdi: "Kelgan odamlar ziyofat uchun kelmadi. Ular bizning boshimizga biror ko'ngilsizlik tushganini o'ylab kelishdi. Aynan shular bizga g'amxo'rlik qiladigan insonlar. Aynan shular biz bilan birga bayram qilishga loyiqlar."
Xulosa:
Boshga ish tushganida yoningizda bo'lmaganlar, muvaffaqiyatga erishganingizda ham yoningizda bo'lishga loyiq emaslar
siz hech qachon chet tilini yaxshi va mukammal o'rganolmaysiz agar shu 5 ta qoidaga amal qilmasangiz.
1. Abdulla Qahhor stili
Abdulla Qahhor rus tilini qanday o'rganganligini bir eslab o'taylik. Abdulla Qahhor tarjimai holida:
rus tili harflarini o'rganib, tushunmasamam Tolstoy, Chexovlarni o'qib o'rganganman, - deydi.
demak, harflarni yaxshi o'rganib, so'zlarni to'g'ri o'qishni o'rganib olish bu birinchi metod.
2. Yosh bola bo'ling (yosh bola qanday tilga kirishi esizdami?) yoki yosh bolaning qulog'i
ba'zida hech narsa tushunmasangiz ham chet tilida eshitishni boshlang. chunki yoshligizda tiliz shunaqa rivojlangan. Na o'qishni bilardiz, na yozishni bilardiz lekin eshitib so'zlarni o'rgangansiz. Demak, chet tilniyam shunaqa o'rganish shart (mumkin). Xulosa qilib aytganga, chet tilida tushunmasak ham 10-15 daqiqa eshitsak, ichidan 1, 2 ta so'zlarni ilib olishimiz mumkin. ( o'rganishimiz mumkin)
3. har kunlik so'zlar
o'zbek tilida eng ko'p ishlatadigan so'zlarni ajratib olasiz, tarjimasi va talaffuzini ham yozib olasiz. Shu so'zlarni har kuni ishlatishga harakat qilishingiz kerak. U xoh salomlashish, yoki eng oddiy so'z bo'ladimi shu metodni qilasiz. shu yo'l bilan o'zizga kerak boi'lgan so'zlarni bilib olasiz.
4. til yaxshi biladigan do'st yoki siz o'rganayotgan tilda gapiradigan inson topish, do'stlashish. Agar siz aytilgan hammasini qilib lekin birorta inson(do'st) bilan praktika qilmasangiz, natijaga chiqish sudayam sekin bo'ladi. Shuning uchun birorta tanish, yoki do'st topjshga harakat qiling. ular bilan xato qilib bo'lsayam gaplashishni, tajribani boshlang
5. bu to'rtta qoidaga amal qilsangizu mana bu beshinchiga amal qilmasangiz, bu qoidalar yordam bermaydi. hozir aniq maqsad qo'yish gapiryapman, til o'rganishdan maqsad o'qishga kirish bo'lsa, u bir yillik maqsad. Lekin u hayotiy, misol uchun shaxsiy rivojlanish uchun, bo'lsa, siz albatta tilni mukammal o'rganishiz osonroq bo'ladi.
Siz qaysi tilni o‘rganmoqchimisiz yoki o’rganyapsiz?
Izohlarda yozib qoldiring.
🎓
Ustozlik – bu faqat dars emas
Ustoz sinfga kirganda bu holatni korib juda ajoyib ish qipti.
Anu bolalrni
jazolamadi
,
sokmadi
, eng asosiysi
baqirib jahl qilmadi
.
Balki, juda chiroyli tonda shunday dedi
👇
>
🧠
“Bolla, bugun 30 ballik test.
>
⏰
15 minut vaqtinglar bor.
>
>
1️⃣
Stul bilan, yani osilib turgan holatida yergacha, yani polgacha bo‘lgan masofasini toping — 1 ball.
>
>
2️⃣
Stul bilan tomgacha qancha masofa bor — 1 ball.
>
>
3️⃣
Kim stulni osib qo‘ydi va kimlar unga yordam bergan — bunga 28 ball.”
Shunday qilib, ustoz vaziyatdan
aql bilan foydalandi
✨
Bu ustoz bolalarga
muammolarga qanday munosabat bildirishni
o‘rgatgan bo‘ldi —
jahl bilan emas, bosiqlik bilan.
Ustozlik shu — faqat bilim emas,
fe’l-atvor bilan ham ustoz bo‘lish
.
📖
Real bo‘lgan voqea.
Qilmoqchi bo‘lgan ishlarim juda ko‘p, nimadan boshlashni bilmayman, deydiganlar ko‘p uchraydi.
Aslida bu holat hammamizga tanish. Shunday paytlarda dunyoning eng boy insonlaridan biri — milliarder Warren Buffett bergan bir maslahatni eslash kifoya.
U shunday degan:
“Avvalo, qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizni yozib chiqing.”
Shuning uchun, hozir qo‘lingizga qog‘oz va ruchka oling. Yoki shunchaki telefonda yozuvlar bo‘limini oching.
O‘ylab ko‘ring va qilmoqchi bo‘lgan 10 ta maqsadingizni yozing.
Yozib bo‘ldingizmi?
Endi o‘sha ro‘yxatga bir nazar tashlang va ichidan eng muhim 5 tasini tanlab oling.
Bu siz uchun eng qadrli, eng zarur maqsadlar bo‘lishi kerak.
Keyin, yana bir marta o‘ylang.
Tanlagan o‘sha 5 ta ichidan faqat bittasini ajrating.
Ha, atigi bitta.
Bu sizning hayotingizda eng muhim, eng foydali maqsad bo‘ladi.
Shu paytdan boshlab, barcha kuch va e’tiboringizni aynan shu bitta maqsadga qarating.
Shu ishni bajarsangiz, hayotingizda katta o‘zgarishlar boshlanadi.
Masalan, men uchun hozir bajarilishi kerak bo‘lgan eng muhim vazifa — sport.
Sizdachi? Siz uchun eng muhim vazifa nima?
Izohlarda yozib qoldiring. Balki sizning maqsadingiz kimnidir ilhomlantirar.