Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Muhibbulloh | Blog

Muhibbullokh

#𝐁𝐢𝐬𝐦𝐢𝐥𝐥𝐚𝐡
— Manfaat olmagan sahifangizda qolishdan manfaat yo’q..
Instagram:
instagram.com/muhibbulloh_uz
Audio va video:
@Muhibb_Tv

Subscribers
755
Post views
928
ER
120,79%
Posts
3 387
October 25, 07:30

Bir odam donishmanddan so‘rabdi:
– Aksariyat odamlar bilmaydigan, ammo siz biladigan achchiq haqiqatni ayta olasizmi?
– Ko‘p odamlar bir kun baxtli bo‘laman deb yashaydi. Lekin o‘sha kun hech qachon kelmaydi. Chunki ular baxtni doim kelajakdagi bir nuqtaga bog‘lashadi.
"Shuni hal qilib olay, shu pulni topib olay, uy olay... Muammolarim tugasin, shunda xotirjam bo‘laman" deb o‘ylashadi.
Lekin haqiqat shuki hayot hech qachon to‘liq tartibga tushmaydi. Har doim yangi tashvishlar, yangi tashvishlar, yangi rejalar bo‘ladi.
Agar baxtni nimanidir to‘g‘rilanishiga bog‘lasang, u seni umr bo‘yi kutib yashashga majburlaydi. Lekin agar hozirgi onni his qilsang, o‘zingda bor narsalaring uchun shukr qilsang, hayotni qanday bo‘lsa shunday qabul qilsang, kutilmagan bir paytda baxtni his qilishing mumkin!
@mustafobeyuz

October 13, 13:48

— Odob yuzasidan odamlarning so‘ziga quloq solish lozim, ammo ehtiyot yuzasidan ularning aytayotgan har bir gapiga ham ishonmaslik kerak..
Har qanday gapni surishtirmay ishonaverish
@axloqdan
emas..

October 07, 06:49

O’lchov
— Yil boshi siz uchun ham sentabrdan boshlansa, yozda dangasalashib qolsangiz demak hali ham talaba (maktab o’quvchisi)siz.
@Muhibbullokh

September 30, 17:52

— So’zlovchining gapini uning mavqe’yi yoki pulining miqdoriga qarab qabul qilish
@axloqdan
emas..
Zotan, sahobalar, tobe’inlarning oldiga yosh bola, chol-u kampirlar va hatto majnun insonlar kelib masihat qilganida o’zlari uchun bilib qo’yaverishgan. O’zingni qara, ahvolingga qarasangchi, o’zingni bil, deyishmagan.
Xalifa Umar roziyallohu anhuni yig’latgan yosh bola qissasi barchamizga ma’lum. Birgina yosh bolaning: “
Allohdan qo’rq!
”, degan so’zi xalifa Umarni yig’lashga majbur qilgan.
Umar ibn Abdulaziz rohimahullohning huzurlariga bir davlatlatdan elchilar keladi. Elchilar orasidan yoshroq yigit chiqib xalifaga murojaat qilmoqchi bo’lganida xalifa ibn Abdulaziz: “So’zlashga sendan kattaroq inson yo’qmi?”, deydi. Yosh yigitcha esa: “Agar gap yoshda bo’lganida edi, xalifalikka sizdan ko’ra yoshi kattaroq, munosibroq kishilar ham bor-ku”, deydi. Xalifa yigitchaning so’zlaridan hayratlanadi va undan nasihatlar eshitadi. Oxirida mukofotlaydi ham.
Biz qanday inson bo’ldik-ki, o’zimizga nasihat qilgan kishiga uning ayblarini ochish, yuziga solish bilan javob qilsak!
@Muhibbullokh

September 20, 12:48

Rasululloh alayhissalom haqlarida ba’zi noto’g’ri tushunchalarimizni to’g’irlab olishimiz kerak.
— U zot qo’lda taomlanganlar, bu sunnat, deymiz. Aslida u vaqtta arablarga qoshiq kirib kelmagan. Bir sahobiy qoshiq ishlatayotganini ko’rib “qo’lda taomlan”, degan bo’lganlarida edi, qo’lda ovqatlanish sunnat amal bo’lar edi.
— U zot uch barmoqlarida taomlanganlar, deymiz. Aslida, u zotning taomlariga uchta barmoq kifoya qilgan. Rasululloh alayhissalom hayotlik davrlarida guruch yemaganlar. U mintaqaga guruch kirib kelmagan ham. Keyinchalik fathlardan so’ng guruch kirib kela boshlagan.
— U zot yonboshlab taomlanmaganlar, deymiz. “Yonboshlash” — biz o’ylagan, tasavvur qilgan yarim yotish emas. Balki ovqatlanish uchun alohida, joylashib o’tirmaganlar. Ikki oyoqlaridan bir tizzasini yuqoriga ko’tarib, ikkinchisini ostlariga to’shab, ustiga o’tirib taomlanganlar. Shu holat turib ketish uchun qulay bo’lgan.
— Rasululloh alayhissalom yerga dasturxon to’shab o’tirganlar, deymiz. Aslida, arablarning odati yerda o’tirish bo’lgan. Xontaxtada o’tirish zodagon va amirlarning odati bo’lgan. U zot alayhissalom xashamni xushlamaganlar.
— U zot alayhissalom falon, falon taomlarni xush ko’rganlar, deymiz. Lekin, hech qachon ahliyalariga kelib “bugun falon ovqatni qil, yegim keldi”, demaganlar. Bor bo’lsa yeganlar, bo’lmasa xurmo va suv bilan kifoyalanganlar.
@Muhibbullokh

September 13, 10:40

Tafakkurga chorlab:
— Juda ko’p yaqinlarimga farzandlari uchun ism tanlashga ko’maklashganman. Shu sabab aql va mantiqlariga suyangan kishilarni juda hurmat qilaman. Opam farzandli bo’lgan vaqt maslahat so’rashdi, “
Muhsina
”, dedim. O’rganib, ma’nolarini ko’rib, ma’qullashdi. Akam farzandli bo’lgan vaqt “
Mo’mina
”, dedim, ma’qullashdi. O’zim farzandli bo’lgan vaqtim ota-onamdan so’radim, ular o’zimga qo’yib berishdi va qo’ygan ismlarimni ma’qullashdi.
Ism qo’yishda jarangli eshtilishi asosiysi emas. Birov “Safina”, deb ism qo’yipti, ma’nosi “kema”, degani. Yana biri “Sundus”, deb qo’yipti, Qur’onda kelgan mato turi. Sabab qilib, Qur’onda kelgan-ku, deydi. Qur’onda “Fir’avn, Iblis”, deb ham kelgan.
Ismning inson hayotida o’rni bor ekani, insonning o’z nomidan nasibasi bor ekani hadislarda kelgan. Shu sabab avvalo ismning ma’nosiga qarash maqsadga muvofiq.
O’z zamonlarida Rasululloh alayhissalom ham noma’qul ismlarni o’zgartirishga buyurganlar. Ba’zi sahobiylarni o’zlari yangi nom bilan nomlab ham berganlar.
@Muhibbullokh

July 06, 03:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Shaxsiyat
Rivojlanmayotgan odamning birinchi belgisi u hamma narsani biladi. U hamma narsani qilib bo‘ldi. Unga savol berish yarashmaydi, unga savol berishlari yarashadi. U xato qilmaydi, qilsa ham xatoga hisoblanmaydi. Boshliqlar kech qolmaydi, ushlanib qoladi - balki ana shu gapning mualliflari shunga o‘xshagan odamlar bo‘ladi.
Rivojlanib bo‘ldim, deganda odamda rivojlanish tugayotgan bo‘ladi.
Rakhimov
@Muhibbullokh

June 14, 17:09

Sizga aytsam ota-onani xursand qilish oson. Qimmatbaho, allambalo sovgʻalar ham shart emas baʼzida. Shunchaki:
- "Oʻgʻlim/qizim mono ishlamayapti. Issiq havo kelyaptiyu faqat" deganlarida konditsionerni sovutish rejimiga oʻtkazib bering.
- "Televizor pulti ishlamayaptiyu, yangisini olsakmikan..." deganlarida jiyaningiz pult batareyalarini oʻynab teskari joylashtirgan boʻlsa, toʻgʻrilab qoʻying.
- "Endi oʻgʻlim... Haytovur siz eshitdingizmi yoʻqmi... Toshkonda ekanligingizda ustingizdan bir ish qilib qoʻydik..." deganlarida ular uchun "Aqlli odamlarning farzandlari ustidan qiladirgʻon ishlari nomaʼqul boʻlmagʻay" deb qoʻyish bilan ham xursand qilish mumkin)
@mustafo_notes

June 13, 10:05

#Taftish
“Quloq mulla”, degan iborani eshitganmisiz? Diniy ilmlarda ustoz bilan birgalikda tartibli ta’lim olmay, faqat eshitish bilan kifoyalangan, ba’zi masalalarnigina eshitib olgan va shu asosida diniy savollarga javob berib yuradigan kishiga ushbu ibora qo’llaniladi. Hozirda bunday insonlar yetarlicha. Har sohada uchratish mumkin. O’zingiz mukammal bilmaydigan sohada siz “Quloq mulla”, “Quloq shifokor”, “Quloq usta”, “Quloq biznesmen”siz. O’z mutaxassisiga ham aql o’rgatib yuboraverasiz. Har bir soha vakili o’z sohasida rivojlanish o’rniga boshqa sohalarga burun tiqqani sabab, hech bir soha mukammal rivojlanmaydi, oqsoq bo’lib qolaveradi. O’qib, diplom olganlarni ham, mutaxassis bo’lganlarni ham ko’ryapmiz, deyishingiz mumkin. Buning yechimi, siz o’zingiz o’sha bo’shliqni to’ldiring, yoki farzandingizni o’qiting shu sohada. Tanqid qilish juda oson, yechim berishni har kim ham eplay olmaydi.
O’zingiz to’liq bilmaydigan masalada soha mutaxassisiga aql o’rgatib, uning nazdida ahmoqqa aylanib qolmang..
@Muhibbullokh

June 11, 19:17

#Kuzatuv
— Kuzata turib, biz o’ta oqil, donomiz yoki o’ta ketgan johil, pastkashmiz, deyman. Faxsh, buzuqilikni targ’ib qilib chiqayotganlarni ko’rib, qaytarish, o’rniga “o’zi javob beradi, men aralashib nima qildim”, deymiz. Hadislarda kelgan “qo’l bilan qaytarish, so’z bilan qaytarish, shunga ham imkon bo’lmasa, qalb bilan yomon ko’rish”, haqida hech ham o’qimagandekmiz go’yo. Sizning qo’lingizdan eng kamida “spam” bosish keladi. Do’stim ham maza qilib kulsin, deb tarqatmasangiz ham bo’ladi.
Faxsh ekanini bilasiz, lekin obuna bo’lib kuzatasiz, ulashasiz, istab-istamay qo’llab-quvvatlaysiz. Na oqilsiz, na johil. Siz manqurtsiz..
@Muhibbullokh