
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️
Talabalar may oyida nechi kun dam oladi?
May oyida
Xotira va qadrlash kuni hamda Qurbon hayiti
nishonlanadi. Qurbon hayitining taxminiy sanasi
28-mayga
to‘g‘ri
kelishi kutilmoqda.
Prezident farmoniga muvofiq quyidagi kunlar dam olish kuni deb belgilangan:
5 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun dam olish kunlari:
9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni;
10-may (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
11-may (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
28-may (payshanba) — Qurbon hayitining birinchi kuni;
29-may (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
6 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun dam olish kunlari:
9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni;
10-may (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
28-may (payshanba) — Qurbon hayitining birinchi kuni;
29-may (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
Shu tariqa, may oyida talabalarni ikki marta uzoq dam olish kunlari kutmoqda.
@NUU_students
❗️
Ikkinchi
mutaxassislikka noturdosh yo'nalishda o'qisa bo'ladimi?
Ikkinchi mutaxassislik
– ya'ni bakalavriat (magistratura)ni tamomlagan kishi qaytadan yana boshqa yo'nalishda bakalavriat(magistratura)ni o'qishi tushuniladi.
Ikkinchi mutaxassislikka o'qishga kirishda avval qaysi yo'nalishni tamomlaganingiz ahamiyatli emas. Ya'ni siz avval matematika yo'nalishini tamomlab, keyin ikkinchi mutaxassislikka biologiya yo'nalishiga topshirishingiz mumkin. Bu bo'yicha hech bir cheklov yo'q.
❔
Hujjat topshirish va imtihon tartibi qanday?
🖊
Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul jarayonlari odatda abituriyentlardan farqli o'laroq
iyul-avgust
oyida bo'lib o'tadi va
my.edu.uz
platformasi orqali onlayn hujjat topshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
➖
Pasport yoki ID karta:
➖
Balavriat bosqichini tamomlaganligi haqida diplom ma'lumotlari.
Ariza oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi. Imtihon shakli va tartibi ham OTM tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi.
❔
Nechanchi kursdan qabul qilinadi?
➡️
Ikkinchi mutaxassislikda sirtqi ta'lim shakliga 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinadi. Ayrim ta'lim yo'nalishlarning sirtqi ta'limda o'rganish imkoniyati mavjud bo'lmaganligi sababli kunduzgi ta'lim shaklidan ham qabul qilish mumkin.
✅
So'ngi yillarda ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshiruvchi talabgorlar soni kamligi sababli OTMlar tomonidan o'qishga qabul qilish suhbat asosida yoki imtihonsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Qaysi OTMda qanday yo'nalishlar mavjudligi haqida har yili 2-mutaxassislik bo'yicha mavjud kvotalar e'lon qilinadi.
@NUU_students
📚
Qibraylikmisiz? Unda siz uchun ajoyib ish taklifimiz bor!
Sizni
Registan LC Qibray filialiga Rus tili ustozi
lavozimiga ishga taklif qilamiz!
📍
Qibray tumani markazi (Hokimyat yonida)
Talablar:
— Milly sertifikat: kamida B+
— Ustozlikda eng kamida 1 yillik tajriba;
— Rus tilida erkin og'zaki va yozma muloqot darajasi;
— Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi, xushmuomalalik, kirishimlilik;
Ish vaqti
:
— 8:00 - 14:00 va 14:00 - 20:00, 6/1
Takliflar:
— O'zbekistondagi yetakchi ta'lim markazlaridan birining a'zosi bo'lish imkoniyati;
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar;
— Shaxsiy va professional o'sish imkoniyati;
— Do'stona va ahil jamoa;
💡
O'qituvchilikda karyerangizni keyingi darajaga olib chiqing - bizga qo'shiling!
👉
Anketa to'ldirish uchun bosing
Murojat uchun:
@registan_lc_hr
*Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!
❗️
Bitiruvchi talabalar diqqatiga: Diplom rasmiylashtirishning yangi tartibi!
HEMIS tizimining yangi versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini tayyorlash va bitirish buyruqlarini rasmiylashtirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.
Endilikda jarayon quyidagi
4 ta bosqichda
amalga oshiriladi:
1️⃣
Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni
to‘liq o‘zlashtirgani
tekshiriladi va universitet akkreditatsiyasi tasdiqlanadi;
2️⃣
Har bir talaba uchun
diplom anketasi
yaratiladi. Diplomning elektron
PDF variantlari
shakllantirilib, ma’lumotlar to‘g‘riligi qayta tekshiriladi;
3️⃣
Talabalarning o‘qishni bitirishi bo‘yicha
buyruq rasmiylashtiriladi
va tizimda talaba avtomatik ravishda
Bitirgan
statusiga o‘tkaziladi;
4️⃣
Diplomlar tasdiqlanadi,
nashr parametri
faollashtiriladi hamda diplomlar yagona davlat
reyestriga
kiritiladi.
‼️
Muhim:
Tizimda “
O‘qishga qaytarish”
funksiyasidan foydalanish to‘xtatiladi. Shuning uchun barcha ma’lumotlar buyruq rasmiylashtirilgunga qadar sinchiklab tekshirilishi shart!
Eslatma,
bitiruvchi talabalar o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharifi, pasport ma’lumotlari) HEMIS tizimida to‘g‘ri kiritilganini yana bir bor tekshirib olishlari tavsiya etiladi.
@NUU_students
❗️
Grantda o‘qiydigan talaba kredit (qarzdorlik) fanlarga tushib qolsa, keyingi oylar stipendiya berilmaydimi?
✅
JAVOB:
Amaldagi Nizomga ko‘ra, agar talabaning fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining
30 foizi yoki undan ortig‘i “qoniqarli” baho
(71 balldan kam, ya’ni 3 baho va undan past) bo‘lsa, keyingi o‘quv semestri davomida
stipendiya tayinlanmaydi
.
Misol uchun, agar bir semestrda
7 ta fan o‘qigan bo‘lsangiz
va shundan
3 ta yoki undan ko‘p fandan 3 baho
olsangiz, sizga keyingi semestr davomida
stipendiya to‘lanmaydi
.
❗️
Biroq
quyidagi talabalarga fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar
belgilangan tartibdagi stipendiya saqlab qolinadi:
🔹
to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;
🔹
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
🔹
1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar.
@NUU_students
❗️
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi bitiruvchilar qanday kasblarda ishlaydilar?
⏩
60111800– Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng,
maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida
faoliyat olib boradilar.
✅
Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:
👉
Ingliz tili va adabiyoti fanlaridan o'qituvchi;
👉
ta’lmiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy madaniy markazlari va nodavlat xalqaro tashkilotlarda maslaxatchi;
👉
menejer;
👉
gid-tarjimon;
👉
ekskursovod;
👉
ko‘rgazma tashkilotchisi;
👉
jurnalist;
👉
publitsist.
📌
Tarix yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?
Davlat va nodavlat tashkilotlarda
:
👉
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tarix fani o‘qituvchisi;
👉
O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
👉
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
👉
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
👉
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
Bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
👉
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
👉
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
👉
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
👉
Davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;
@NUU_students
❗️
Chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga qabulda sertifikat talabi bormi?
✅
Javob:
Ha. Fanlar majmuasida chet tili 1-fan etib belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
🎓
Sertifikat mavjud bo‘lsa:
B1 daraja
uchun chet tilidan maksimal ballning
75 foizi, B2
va undan yuqori daraja uchun maksimal ball beriladi.
📌
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son
qarori.
@NUU_students
❗️
Endi super-kontrakt miqdorini OTM rahbari belgilaydi
Hukumat qaroriga asosan endi super-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Avval
bu vakolat Davlat qabul komissiyasida
edi.
Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, Nizomning 74-bandi birinchi xatboshidagi
“nisbatan Davlat komissiyasi”
soʻzlari
“nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)”
soʻzlari bilan almashtirildi.
Endi ushbu band quyidagi tahrirda bayon etiladi: Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)da toʻplagan ballari
Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan
, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yilida amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan
belgilanadigan super-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi
beriladi.
Bunda qabul chegaralariga
4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun
super-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan
bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda
belgilandi.
@NUU_students
📚
Tajribali rus tili ustozimisiz ?
Sizni
Registan LC Rus tili ustozi
lavozimiga ishga taklif qilamiz!
📍
Toshkent shahar va Toshkent viloyati
Talablar:
— Milly sertifikat: A/A+
— Ustozlikda eng kamida 1 yillik tajriba;
— Rus tilida erkin og'zaki va yozma muloqot darajasi;
— Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi, xushmuomalalik, kirishimlilik;
Ish vaqti
:
— 8:00 - 14:00 va 14:00 - 20:00, 6/1
Takliflar:
— O'zbekistondagi yetakchi ta'lim markazlaridan birining a'zosi bo'lish imkoniyati;
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar;
— Shaxsiy va professional o'sish imkoniyati;
— Do'stona va ahil jamoa;
💡
O'qituvchilikda karyerangizni keyingi darajaga olib chiqing - bizga qo'shiling!
👉
Anketa to'ldirish uchun bosing
Murojat uchun:
@registan_lc_hr
*Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!
❗️
Oliy ta’lim muassasalarida 7 kunlik tizim, ya’ni yakshanba kuni ham darslar o‘tilishi haqida mazmundagi xabarlar tarqaldi.
Mazkur masala yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Sardor Radjabov
tomonidan rasmiy izoh berildi.
@NUU_students