
NamDu sirtqi 309
⚡️
Super-kontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi
!
Beshala yo‘nalishga ham kira olmagan abituriyentlar
kontrakt.edu.uz
sayti orqali super-kontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.
❕
Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan
birinchi yo‘nalishga
super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari
bazada ko‘rinmaydi.
Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga
rasman ruxsat berilgani yo‘q.
Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda.
Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda
ariza bermasdan kutib turishni
maslahat beraman.
✔️
Shuningdek, birinchi yo‘nalishdan yiqilgan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan
birortasiga o‘qishga kirganlar
ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, unda hozir bunga imkoniyat yo‘q.
kontrakt.edu.uz
sayti orqali
faqat o‘qishga kirgan
universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Bunday toifadagi abituriyentlar ham biroz kutib turishlari kerak. Hozirda shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Balki tez unda o'qishga kirganlar uchun ham birinchi yo'nalishga super-kontraktda o'qishga ruxsat berilishi mumkin.
💰
Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
✅
Namangan davlat universitetining rasmiy sahifalari:
🤩
Veb-sayt
|
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📺
Youtube
Бугунги кунда НамДУ сиртқи таълим йўналишларида 9337 талаба бўлиб, уларни барчаси
https://t.me/NamDU_sirtqi1
телеграмм каналига аъзо бўлишлари шарт. Бунинг учун гуруҳ сардорлари маъсул ҳисобланади. Янги каналга ўқув жараёнига оид барча маълумотлар ташлаб борилади ҳамда барча талабаларни бир вақтда хабардор бўлиши таъминланади.
Наманган давлат университети ректори Собитхон Турғуновнинг мамлакатимиз мустақиллигининг 32 йиллиги муносабати билан
БАЙРАМ ТАБРИГИ
Ассалому алайкум, азиз дўстлар, қадрли ҳамкасблар, талаба ўғил-қизларим!
Барчангизни энг улуғ, энг азиз айём - жонажон Ўзбекистонимиз мустақиллигининг 32 йиллиги билан табриклайман ва қалбимдаги энг самимий тилакларимни изҳор этаман!
Шубҳасиз, Ўзбекистоннинг давлат мустақиллиги халқимизнинг миллий манфаатларини, тинч ва осуда ҳаётини таъминлаш, мамлакатимизнинг халқаро миқёсдаги обрў-эътиборини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдевори бўлиб келмоқда.
Бу йил юртимизда истиқлол айёми “Янги ҳаёт учун, Янги Ўзбекистон учун!” деган бош ғоя остида нишонланмоқда ва бу сўзлар моҳияти ислоҳотлар самарасида ёрқин акс этмоқда. Ҳар бир оила ва хонадон, қишлоқ ва маҳалла, шаҳар ва туманлар тобора ободлик касб этиб боряпти.
Эътироф этиш жоизки, Президентимиз ташаббуси билан халқ манфаатини таъминлаш, инсон қадрини улуғлашга қаратилган ҳаракатларни давом эттириш мақсадида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ишлаб чиқилди. Бу муҳим ҳужжатда Ватанимиз мустақиллиги ва тинчлигини асраш, кучли иқтисодиётни шакллантириш, халқимиз ҳаётини обод ва фаровон қилиш, фарзандларимизни баркамол этиб тарбиялаш вазифалари белгилаб берилди.
Қолаверса, жорий йил "Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили" деб эълон қилинди ва Давлат дастури асосида белгиланган соҳаларни устувор даражада ривожлантириш ва ислоҳ этиш бўйича кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда.
Жумладан, университетимизда ҳам етук ва малакали мутахассисларни тайёрлаш учун барча имкониятлар ишга солинмоқда. Айни пайтда университетимиз ўнлаб нуфузли хорижий олий таълим муассасалари билан ҳамкорлик қилмоқда. Таълим йўналишлари, ўқитиш сифати ва илмий салоҳиятнинг тобора ортиб бораётгани ҳам эътиборга молик жиҳатлардир.
Бир сўз билан айтганда, халқимиз, жумладан, университетимиз жамоаси бу йилги мустақиллик байрамини улкан ютуқларга эришган ҳолда ёруғ юз билан қарши олмоқда.
Хабарингиз бор, куни кеча Президентимиз фармонига биноан бир гуруҳ юртдошларимиз юксак давлат мукофотлари билан тақдирланди. Улар қаторида Наманган давлат университетининг икки нафар талабаси - бокс бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси Аълохон Абдуллаев ҳамда футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси аъзоси Умарали Раҳмоналиевлар "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотландилар. Бу бутун жамоамиз учун чинакам байрам туҳфаси бўлди.
Қадрли дўстлар!
Сиз, азизларни Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллик байрами билан яна бир бор чин қалбимдан табриклайман.
Барча пок ниятларимиз ижобат бўлишини, Яратганнинг ўзи юртимизни, тинчлигимизни асрашини, халқимиз ўртасидаги бирдамлик, дўстлик ва аҳиллик туйғулари янада зиёда бўлишини сўраб қоламан.
Сизларга сиҳат-саломатлик, хонадонларингизга файзу барака ва фаровонлик тилайман. Мустақиллик қадри боқий, байрам шукуҳи файзли, истиқлолимиз абадий бўлсин!
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YO’NALISHLARINING O’QUV JARAYONI GRAFIGI TASDIQLANDI
Dars jarayonlari faqat "offline" tarzda o'tiladi.
Faylda kurslar kesimida dars mashg'ulotlari qaysi sanadan boshlanib, qaysi sanada tugashigacha batafsil ko'rsatib o'tilgan.
#Bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda
xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi
haqidagi xabarlar
aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda
.
Ushbu xabarlar yuzasidan
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
quyidagilarni ma’lum qiladi.
Prezidentning 289-son
qarori
ga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
faqat sirtqi ta’lim shakliga
qabul amalga oshirilmadi
(
ro‘yxat
)
, qolgan
kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha
hujjatlar qabul qilish belgilangan.
Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga
kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari
tasdiqlangan. Bular:
1.
Boshlang‘ich ta’lim
2.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3.
Musiqa ta’limi
4.
Jismoniy madaniyat
5.
Texnologik ta’lim
Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi
barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli
bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (
o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno
).
Biroq, ushbu yo‘nalishlarning
kunduzgi va kechki ta’lim shakllari
uchun qabul amalga oshirish mumkin.
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
👇🏻
Twitter
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
Qabul-2023
test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan Namangan davlat universitetining Sirtqi ta'lim shakli yo'nalishlari bo'yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar quyida ko'rsatilgan hujjatlarni Chust shahrida joylashgan sirtqi bo’lim binosiga olib kelib topshirishlari so`raladi.
Hujjatlar ro'yxati
:
👇
1. Onlayn ariza
2. Diplom va diplom ilovasi yoki (attestat)
3. 2 dona pasport yoki ID kartasi nusxasi
4. 8 dona 3x4 hajmdagi fotosurat.
5. Abituriyent ruxsatnomasi
6. Titul varaqasi
7. Bog`lanadigan ipli papka (1 dona)
8. Agar talaba imtiyozli tartibda qabul qilingan bo‘lsa imtiyozini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasi (tavsiyanoma, sertifikat, diplom).
9. To`lov-kontrakt boyicha qabul qilingan talabalar uchun yuqoridagilarga qo`shimcha shartnoma va to`lov kvitanstiyasidan nusxa
📍
Lokatsiya:
https://goo.gl/maps/EvrrGEHUraWwf72S8
Izoh: shartnoma qog’ozlari
Kontrakt.edu.uz
sayti orqali olinadi.
☝️
☝️
Xurmatli talaba endi siz, parolingiz esingizdan chiqib qolsa dekanatga murojaat qilishingiz shart emas....
✅
Xemis tizimiga talabalarning parollarini tiklash funksionali qoʻshildi.
➡️
Parolni tiklash uchun PIN kod orqali talabaning xaqiqiyligi tekshiriladi va uning profilidagi elektron pochta manziliga va telefon raqamiga PIN koddan iborat xabar yuboriladi. SMS xabar pullik (40 soʻm), talabaning hisobidan olinadi.
❓
Funksionaldan foydalanish uchun talabaning profiliga elektron pochta manzili yoki telefon raqami kiritilgan boʻlishi shart.
Ushbu faylda funksiyadan foydalanish yoʻriqnomasi keltirilgan.
▶️
Barcha guruhlarga tarqating bizga qo'shiling.
👇
👇
👇
👇
👇
https://t.me/namdu_sirtq_hemis
Eslatma: ushbu qo'llanmani barcha OTM lar foydalanish mumkin. NamDU=>
student.namdu.uz
Kontrakt to‘lovlari uchun hisobvaraq.
Kontrakt to‘lov uchun shu tartibda shartnoma sanasi, raqami va talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilishi va qavs ichida JSHSHIR yozish shart.
To‘lov-kontrakt bo‘yicha shartnoma olmagan talabalar
kontrakt.edu.uz
sayti orqali elektron ariza yuborishlari va shartnomani elektron yuklab olishlari mumkin.
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIGA IKKINCHI OLIY TA’LIM OLISH UCHUN ARIZA TOPSHIRGANLAR
DIQQATIGA
!
👉
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha), Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) (ruscha) va Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili yo’nalishlariga kirish imtihonlari
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan
2023-yil 30-avgust kuni test shaklida o’tkaziladi.
📍
Manzil:
Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko'chasi 23-uy
🕰️
Test sinovlari 1-smena soat 6:30da, 2-smena 13:30 da boshlanadi. (Smenalar to’g’risidagi ma’lumotlar talabgorlarning shaxsiy telefon raqamlariga SMS shaklida yuboriladi)
👉
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, Iqtisodiy xavfsizlik, Buxgalteriya xisobi va audit, Matematika, Oziq-ovqat texnologiyasi (mahg‘sulot turlari bo‘yicha), hamda Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlarga kirish imtixonlari 2023-yil 30-avgust kuni soat 09:00 da Namangan davlat universitetda boshlanadi.
📍
Manzil:
Namangan viloyati, Namangan shahri, Boburshox ko’chasi 161-uy.
Talabgorlar test sinovi va imtihonlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kelishlari kerak.
👉
@namdu309