
NORIN YOSHLARI
🎬
Yoshlar uchun zamonaviy MEDIA MARKAZ tashkil etamiz!
📹
Bugungi kunda yoshlar orasida video suratga olish, montaj, dizayn, SMM va kontent yaratishga qiziqish juda katta. Ammo ko‘plab iqtidorli yoshlar uchun zarur texnika va sharoitlar yetarli emas.
🔈
Shu sababli
Open byudjet
doirasida hududimizda
Yoshlar Media markazini
tashkil etish loyihasini taklif etildi.
⭐️
Qadrli yoshlar!
🤝
Ushbu loyihani
qo‘llab-quvvatlab, ovoz berishingizni so‘raymiz. Sizning ovozingiz yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!
📲
Ovoz berish havolasi:
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/53/3e9f6cdc-37f0-48d2-aac0-3b517d1fc397
⭐
Birgalikda yoshlar uchun yangi media maydonini yaratamiz!
🚀
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
Sirdaryo viloyatiga keldik
O’rganishlar davomida Guliston tumanida qurilayotgan “Yoshlar markazi” faoliyati bilan tanishdik.
“Yoshlar markazi” o’z ichiga IT markaz, dars qilish uchun kovorking zonalar, xorijiy tillarni o’rgatadigan o’quv markazlar va kutubxonani qamrab oladi.
Navbatdagi manzil Boyovut tumani.
@alisher_sadullaev
📢
DIQQAT TANLOV!
Yoshlar ishlari agentligi Norin tumani boʻlimi.
🎬
Mobilagrafiya va video montaj bilan shug‘ullanadigan
yoshlar hamda havaskorlar uchun tanlov e’lon qilinadi!
Agar siz:
📱
Telefon orqali sifatli video olsangiz
🎞
Video montaj qilishni bilsangiz
💡
Kreativ g‘oyalarga ega bo‘lsangiz
Unda bu tanlov aynan siz uchun!
🎯
Tanlov maqsadi:
Mobilagrafiya va video montaj bilan shug‘ullanadigan iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash.
🏆
G‘oliblar uchun sovg‘alar va rag‘batlantiruvchi mukofotlar mavjud va Volontyorlika qabul qilinadi.
📅
Sana:
12.03.2026
📍
Manzil:
Norin tumani Yoshlar markazi.
📞
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:Mahalla yoshlar yetakchisiga muroja’t qiling.
Barcha qiziqqan yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
O‘z iqtidoringizni ko‘rsating va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiriting!
🚀
Xalqaro sertifikatlash imkoniyati bilan bepul IT-ta’lim boshlandi
IT Park oflayn ta’lim dasturini ishga tushirdi:
📍
Samarqand — Cloud Engineering
📍
Namangan — 2D / 3D-modellashtirish
📍
Toshkent — AI / ML
📍
Farg‘ona — Game Development
Dastur
American International University-Bangladesh xalqaro standartlari
asosida hamda
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
,
IT Park Uzbekistan
va
World Bank
ko‘magida amalga oshiriladi.
Ta’lim ingliz tilida olib boriladi
va
apreldan dekabrgacha ikki bosqichda
tashkil etiladi.
Eng yaxshi bitiruvchilarga IT/ITES kompaniyalarida ishga joylashishda ko‘mak beriladi.
👥
Yosh: 18–30
👩💻
50% ta’lim joylari — qizlar uchun
🎓
Ta’lim bepul
⏳
Ta’lim oluvchilar soni cheklangan
📌
Ishtirokchilar
saralash asosida tanlab olinadi
Bu — qisqa muddatda zamonaviy IT kasbini egallash va xalqaro darajaga chiqish imkoniyati.
📅
Arizalar qabul qilish muddati — mart oyi oxirigacha
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish
—
🚀
Free IT Training with International Certification Now Open
IT Park launches an offline training program in four regions:
📍
Samarkand — Cloud Engineering
📍
Namangan — 2D / 3D Modeling
📍
Tashkent — AI / ML
📍
Fergana — Game Development
The program follows the
international standards of American International University-Bangladesh
and is implemented with the support of the
Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan
,
IT Park Uzbekistan
, and the
World Bank
.
Training will be conducted in English
and will run
from April to December in two cohorts
.
Top graduates will receive employment support in IT/ITES companies.
👥
Age: 18–30
👩💻
50% of seats reserved for women
🎓
Fully funded training
⏳
Limited seats available
📌
Participants will be selected through a screening process
This is your opportunity to gain in-demand IT skills and accelerate your career in just a few months.
📅
Application deadline — end of March
🔗
Register here
LinkedIn
|
Facebook
|
Instagram
|
Website
DIQQAT E'LON
Namangan viloyatiIIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmatining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarida boʻsh boʻlgan lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 2-mart kunidagi 114-sonli buyrugʻi talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga qo‘yiladigantalablar:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan erkaklar va ayollar;
- doimiy yashash joyi boʻyicha Namangan viloyati hududida roʻyhatda turishi;
- erkak nomzodlar ishga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi kerak kerak;
- yoshi 18 yoshdan kichik va 27 yoshdan katta boʻlmasligi;
- boʻyining uzunligi erkaklar nomzodlar uchun 175 (bir yuz yetmish besh) santimetrdan, ayol nomzodlar uchun 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past boʻlmasligi;
- maʼlumoti jihatdan oʻrta, oʻrta-maxsus va oliy maʼlumotga ega boʻlishi (taʼlim tashkilotlarida kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotganlar tavsiya etilmaydi).
Oʻtkaziladigan tanlov tadbirlari:
- dastlabki oʻrganish (boʻy uzunligi va hujjatlarning muvofiqligi oʻrganiladi);
- intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
- Jismoniy tayyorgarlik holatini baholash;
- Tibbiy ko‘rik;
- Hujjatlarni toʻplash.
Arizalar
kb.iiv.uz
sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
Roʻyhatdan oʻtish muddati 2026-yilning 8-mart kunidan 15-mart kuniga qadar.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni
kb.iiv.uz
sayti, telegram ijtimoiy tarmogʼidagi Namangan viloyati IIB ning
namanganiib.uz
rasmiy kanali yoki
NAZORAT24.uz
kanallari orqali, shuningdek 69-227-05-81, 69-227-28-43 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Telegram
|
Instagram
Namanganda yoshlar siyosati doirasida muhim tadbirlar tashkil etildi
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
Zamonaviy o‘quv markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Chortoq tumanida “STANDFORD” o‘quv markazining yangi, zamonaviy binosi
foydalanishga topshirildi. Yangi o‘quv maskani yoshlarning sifatli ta’lim olishi, xorijiy tillarni puxta o‘rganishi, IT yo‘nalishlari hamda boshqa zamonaviy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlangan.
Ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi
Shavkatjon Abdurazakov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev,
shuningdek, nuroniylar, faxriy pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlar uchun barpo etilayotgan bunday zamonaviy ta’lim maskanlari ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kelajakda yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
📎
Shundan so'ng mazkur o'quv markazida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ishtirokida
viloyatda faoliyat yuritayotgan o‘quv markazlari, nashriyotlar va kitob do‘konlari rahbarlari bilan ochiq muloqot
tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
💐
Barcha munis
onajonlarimiz
va
opa-singillarimizni
nafosat bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz.
⚡️
Aytgancha
“Bek va Lola”
YouTube tarmog‘ida
257 milliondan
ortiq ko‘rildi! Bayram munosabati bilan ayol-qizlarimizga bag‘ishlangan maxsus sonini tomosha qiling va yaqinlaringizga ham ulashing:
👉
https://www.youtube.com/watch?v=1wv-47Y1Yt0
Yoshlar yetakchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi
Namangan viloyatida yoshlar siyosatini yanada samarali amalga oshirish, mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook