
Norin tuman Maktabgacha va Maktab talimi rasmiy kanali.
⭐️
LOGOPEDIYA – TA’LIMDAGI TAMAL TOSH
✍️
agar u, vaqtida o‘z joyiga o‘rnatilmasa, natijalar ijobiy bo‘lmaydi.
🎚️
Haqiqatdan shundaymi?
Norin tumanining “Yashik” mahallasida joylashgan 38-DMTTda logoped-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan “Logopedik faoliyatda sensor integrasion yondashuvdan foydalanish usullari” nomli viloyat seminari
ushbu savolga javob axtardi. Unda sohaning tor doiradagi mutaxassislari ishtirok etdi.
💻
Seminar sho‘x bir raqs bilan boshlandi. Zero, logopediyaning tugal mazmuni shunday: taktil, muvozanat, nafas va harakat. Ularning uyg‘unlashuvi artikulyasion mashqlarni yanada osonlashtiradi.
↗️
Darvoqe, seminar uchun
“O‘yin orqali ravon nutq sari”, nomli rukn tanlanganligining o‘ziyoq, ko‘tarilayotgan masala maktabgacha ta’limga xos bo‘lgan o‘yin asosida hal etilishidan darak
edi.
➡️
Shunday ham bo‘ldi: musiqa sadosi ostida Shavkatbek, Gulnora, Imron, Robiya, Asqarjon singari “sayyoh”lar logoped ustozlari Gulmira Xolmatova bilan yo‘lga tushishdi. Ular “muvozanat yo‘lakchasi”dan o‘tib borishar ekan, bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinlar hosil qilishdi.
➡️
Jarayonlarda esa, tovushlar labaratoriyasida yuz bergan “artikulasion nosozlik” bartaraf etildi.
▶️
Eng muhimi, mazkur logopedik amaliyotda sensor integratsiya elementlaridan foydalanish usullari, maxsus mashqlar va metodik yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Ushbu yondashuv bolalarda nutq faoliyatini faollashtirish, diqqatni yig‘ish, muvozanatni saqlash, xotira va motor ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berdi. Natijada, sensor integratsiyaga asoslangan logopedik ishlar nutq nuqsonlarini samarali korreksiya qilishda muhim vosita ekanligi asoslab berildi.
↪️
Tashkilot logopedi Gulmira Xolmatova tashkil etgan ushbu amaliy mashg‘ulotning nazariy bilimlari ham uning o‘zi tomonidan taqdim etildi. Shu tariqa mavzu mazmuni “Sensor integratsiya nima?” degan savolning javobida tugal mohiyat kasb etdi.
💬
Unga ko‘ra, sensor integratsiya – bu inson organizmining turli sezgi tizimlari orqali (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teginish, vestibulyar va propriotseptiv sezgilar) kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, tartibga solish va ularni bir butun holatda qayta ishlash jarayoni ekanligi bayon etildi.
➡️
Soddaroq aytganda, sensor integratsiya – bu miyamizning tanamiz va atrof-muhitdan kelayotgan signallarni “tartibga solib”, ularga mos ravishda to‘g‘ri javob berish qobiliyati, deb aytildi.
↪️
Haqiqatdan ham seminarning amaliy mashg‘ulotlarida o‘yin o‘ynagan bolalar ta’mni, rangni, og‘irlik va yengillikni, hatto, mehr-muhabbatni xis etishdi. O‘rganishdi. Ularning qalbiga olamning dastlabki sirlari muhrlandi.
✅
Tadbir so‘ngida tuman MMTB boshlig‘i Farhod Pahritdinov bo‘lib o‘tgan seminar ishiga yuqori baho berdi. Tashkilot jamoasi va direktoriga rahmatlar aytdi.
😊
Saidolim ABDURAHMONOV, viloyat MMTB matbuot kotibi
✅
@press_Namangan_MMTB
🏫
Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)?
➖
Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi.
🔰
Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak?
Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l...
Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal?
➖
Sog‘lom rejim:
Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti!
➖
Vaqt tejalishi:
Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin.
➖
Xavfsizlik va xotirjamlik:
Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir.
➖
Ijtimoiy muhit va do‘stlar:
Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi.
Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima?
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
Норинда туман ҳокими кубоги учун мини футбол мусобақаси якунланди
Норин туманида ташкилот, корхона ва муассасалар ўртасида ўтказилган туман ҳокими кубоги учун мини футбол мусобақаси қизғин ва муросасиз баҳсларга бой тарзда якунланди.
Мусобақада туманнинг турли ташкилотларидан жамоалар иштирок этиб, спорт орқали бирдамлик ва жамоавийликни намоён этдилар.
Мусобақа якунида туман ҳокими Жўрабек Нурматов бошчилигида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар раҳбарлари иштирокида ғолиб ва совриндорлар тақдирланди. Уларга эсдалик совғалари ва ташаккурномалар топширилди.
Якуний натижаларга кўра:
1-ўрин — туман ИИБ жамоаси
2-ўрин — туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими
3-ўрин — туман Кабағалликни қисқартириш ва бандлик бўлими
Мазкур мусобақа спортни оммалаштириш ва жамоалар ўртасида дўстона муносабатларни мустаҳкамлашда муҳим аҳамият касб этди.
#Вазир_жамғармаси
#диққат_эълон
📣
Hurmatli pedagoglar!
✅
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi tegishli qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan malakali pedagoglarga har oylik ustamalar toʻlab kelinmoqda.
👉
Maʼlumot uchun:
2026-yil uchun mazkur ustama toʻlanadigan pedagoglarning cheklangan soni (yillik kvota) 1 900 nafar etib belgilangan:
➡️
1400 ta –umumiy oʻrta taʼlim maktablari pedagoglari uchun;
➡️
100 ta – ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari pedagoglari uchun;
➡️
400 ta – maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun ajratilgan.
➖
Nizomga koʻra, joriy yilgi saralash jarayonlarining 1-bosqichi sifatida 2025-yilda oʻtkazilgan bahorgi va kuzgi malaka sinovlarida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha umumiy ballning
kamida 80 foizini
(64 ball)
qoʻlga kiritgan 36 000 nafardan ortiq
nomzodlarning natijalari tahlil qilindi hamda:
➖
umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun ajratilgan
(1 400 ta)
kvota uchun
—
4 200 nafar;
➖
ixtisoslashtirilgan maktablar pedagoglari uchun ajratilgan
(100 ta)
kvota uchun
—
281 nafar;
➖
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun ajratilgan
(400 ta)
kvota uchun
—
223 nafar nomzod saralab olindi.
✅
Bu haqida mazkur pedagoglarning
pedagog.uzedu.uz
platformasidagi shaxsiy kabinetlariga tegishli (nomzod sifatida tavsiya etilgan yoki etilmaganligi xususida) xabarlar yuborildi.
🔹
Ammo pedagoglardan ushbu tahlil natijalari boʻyicha turli savollar kelib tushayotganligi sababli,
pedagog.uzedu.uz
platformasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi tanlovining 1-bosqich natijalari boʻyicha eʼtiroz va savollar yuborish imkoniyati yaratilganligini maʼlum qilamiz.
👉
Ushbu murojaatlar joriy yilning 17-aprel (shu kuni ham) soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
✅
Kelib tushgan murojaatlar tegishli Nizom talablari
(mavjud malaka toifasi, ish staji kabi)
asosida koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🧠
Zakovat — bu shunchaki o‘yin emas, bu fikrlar jangidir.
Norin tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini Zakovat NNT Namangan viloyati bo'limi, Norin tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Norin tumani Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etgan jamoalar o‘zlarining keng bilim doirasi, tezkor fikrlashi hamda mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatlari bilan ajralib turdilar. Har bir savol o‘quvchilardan chuqur tafakkur va jamoaviy hamkorlikni talab qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rinni – 42-maktab jamoasi,
🥈
2-o‘rinni – 30-maktab jamoasi,
🥉
3-o‘rinni – 13-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, viloyat bosqichlarda ham faol ishtirok etishlariga tilak bildirildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
#Натижа
Бизнинг шундай фидойи устозларимиз бор!
Норин туманидаги 27-сонли умумтаълим мактабининг тарих фани ўқитувчиси Абдулла Каримов Абдураҳим ўғли малака тоифа синовларида юқори натижа — 92 балл билан муваффақиятли иштирок этди.
У нафақат олий малака тоифасини муносиб ҳимоя қилди, балки 70 фоизлик устамани ҳам қўлга киритди.
Бундай ютуқ — устознинг меҳнати, билимга бўлган садоқати ва юксак масъулияти самарасидир.
Устозимизга кейинги фаолиятида ҳам улкан омадлар, янги ютуқлар ва зафарлар тилаб қоламиз!
Норинда “Ёш қутқарувчи” мусобақаси ўтказилди
Норин туманида 7–11-синф ўқувчилари иштирокида “Ёш қутқарувчи” мусобақасининг туман босқичи бўлиб ўтди. Унда иштирокчилар ҳарбий-ватанпарварлик, фуқаро муҳофазаси ва фавқулодда вазиятларда тўғри ҳаракат қилиш бўйича ўз билим ва кўникмаларини намойиш этдилар.
Мусобақа якунларига кўра, 1-ўринни 27-мактаб, 2-ўринни 16-мактаб, 3-ўринни эса 42-мактаб жамоалари эгаллади.Ғолиб ва совриндорлар диплом ҳамда эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Норин туман ҳокимлиги Ахборот хизмати
📣
Ertaga, 7-aprel kuni bahorgi attestatsiya sinovlari boshlanadi (kimyo fani)
📍
Malaka sinovlari avval
eʼlon qilingan manzillarda
real vaqt rejimida
barcha oʻquv fanlari boʻyicha test (shu jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida
oʻtkaziladi.
Test jarayonlarida ishtirok etishdan oldin yuqoridagi video-rolikni koʻrib chiqishni tavsiya qilamiz.
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning;
➖
birinchi bosqichida
– pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida
40 (35 ta mutaxassislik fandan+5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan)
ta test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi
2 ball bilan baholanib,
test sinovlari uchun
jami 80 ball
beriladi.
➖
ikkinchi bosqichda
– pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha
10 ta topshiriq beriladi.
Har bir toʻgʻri berilgan javob
2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
💻
Har ikkala bosqich ham
bir vaqtda kompyuter dasturlari
orqali amalga oshiriladi.
📌
Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya fanlariga
120 daqiqa,
qolgan fan yoki (lavozim)larga
90 daqiqa
vaqt ajratish rejalashtirilmoqda.
Attestatsiyaga oid bepul namunaviy testlar
👉
@uztditestbot
📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktab o‘qituvchilari bilan kibermadaniyatni yuksaltirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
#ПКА_2026
#Педагогларга_ёрдам
Наманган вилояти педагоглари учун эълон!
Ҳудуд номи-
Наманган вилояти;
Малака (тест) синовлари ўтказиладиган жойи
-
Наманган шаҳридаги 15-умумий ўрта таълим мактаби
(Наманган шаҳри, Ғишткўприк МФЙ, Уйчи кўчаси, 329-А уй, мўлжал - Чорсу);
Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси
-
2026 йил 7 апрель куни;
Малака (тест) синовларида иштирок этадилар
- у
мумтаълим мактабларининг
Кимё
фани ўқитувчилари
‼️
Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади -
Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА
Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot